Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


I BOB XALQARO TALABNOMA VA XALQARO IZLASh


Download 318.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/36
Sana26.10.2023
Hajmi318.62 Kb.
#1725684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

I BOB
XALQARO TALABNOMA VA XALQARO IZLASh
3-modda
Xalqaro talabnoma
(1) Ixtirolarni muhofaza qilish uchun talabnomalar Ahdlashuvchi davlatlarning istalgan birida
ushbu Shartnomaga muvofiq xalqaro talabnomalar sifatida berilishi mumkin.


(2) Xalqaro talabnoma ushbu Shartnomada va Yo‘riqnomada belgilanganidek ariza, ixtiro
tavsifi, ixtiro formulasining bitta bandi yoki bir necha bandi, bitta yoki bir nechta chizma (agar bu
zarur bo‘lsa) va referatni ichiga olishi kerak.
(3) Referat faqat texnik axborot maqsadlari uchun xizmat qiladi va boshqa maqsadlarda,
xususan so‘ralayotgan muhofaza hajmini talqin qilish uchun e’tiborga olinishi mumkin emas.
(4) Xalqaro talabnoma:
(i) belgilangan tilda tuzilgan bo‘lishi kerak;
(ii) xalqaro talabnomani rasmiylashtirish uchun belgilangan talablarga javob berishi kerak;
(iii) ixtironing birligiga doir belgilangan talabga javob berishi kerak;
(iv) belgilangan bojlar to‘lanishi bilan birga yuritilishi kerak.
4-modda
Ariza
(1) Ariza quyidagilarni ichiga oladi:
(i) xalqaro talabnoma ushbu Shartnomaga ko‘ra ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida iltimosnoma;
(ii) Ahdlashuvchi davlatni yoki xalqaro talabnoma asosida ixtiro muhofazasi so‘ralayotgan
davlatlarni ko‘rsatilishi (“ko‘rsatilgan davlatlar”); agar biror-bir ko‘rsatilgan davlatga nisbatan
mintaqaviy patent so‘rash mumkin bo‘lsa va talabnoma beruvchi milliy patent emas, balki
mintaqaviy patent olishni istasa, arizada bu bayon qilinishi kerak: agar mintaqaviy patent
to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq talabnoma beruvchi o‘z talabnomasini ushbu shartnoma
ishtirokchisi bo‘lgan alohida davlatlar bilan cheklash imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ushbu
davlatlardan bittasini ko‘rsatilishi va mintaqaviy patentni olish haqidagi iltimos ushbu shartnoma
ishtirokchilari bo‘lgan barcha davlatlarni ko‘rsatilishi sifatida ko‘rilishi kerak; agar ko‘rsatilgan
davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq ushbu davlatni ko‘rsatilishi mintaqaviy patent uchun
talabnoma kuchiga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatma mintaqaviy patentni olish niyati sifatida ko‘rib
chiqilishi kerak;
(iii) talabnoma beruvchi va agent (agar u mavjud bo‘lsa) nomi hamda u haqida aniqlangan
boshqa ma’lumotlar;
(iv) ixtironing nomi;
(v) ixtirochi nomi va u haqida aniqlangan boshqa ma’lumotlar, agar ko‘rsatilgan davlatlardan
eng kamida bittasining milliy qonunchiligi ushbu ma’lumotlar milliy talabnoma berish bilan bir
vaqtda taqdim etilishini talab qilsa. Aks holda mazkur ma’lumotlar milliy qonunchiligi ularni taqdim
etishni talab qiladigan, ammo ularni milliy talabnoma berilganidan keyin taqdim etishga ruxsat
beradigan davlatning har bir ko‘rsatilgan idorasiga yo‘llangan arizada yoki alohida xatlarda taqdim
etilishi mumkin.
(2) Ahdlashuvchi davlatlardan har birini ko‘rsatganlik uchun belgilangan boj belgilangan
muddatda to‘lanadi.
(3) Agar talabnoma beruvchi 43-moddada sanab o‘tilgan muhofaza turlaridan birortasini
so‘ramasa, davlatni ko‘rsatilishi so‘ralayotgan muhofaza ko‘rsatilgan davlat tomonidan yoki ushbu
davlatga nisbatan patent berilishidan iboratligini anglatadi. Ushbu band maqsadlari uchun 2(ii)-
moddasi qoidalari qo‘llanilmaydi.
(4) Arizada ixtirochi nomi va u haqida aniqlangan boshqa ma’lumotlarning yo‘qligi milliy
qonunchiligi ushbu ma’lumotlar taqdim etilishini talab qiladigan, ammo ularni milliy talabnoma
berilganidan keyin taqdim etishga ruxsat beradigan har qanday ko‘rsatilgan davlatda hech qanday
oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Mazkur ma’lumotlarni alohida xatda taqdim etilmasligi milliy
qonunchiligi ushbu ma’lumotlar taqdim etilishini talab qiladigan har qanday ko‘rsatilgan davlatda
hech qanday oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.

Download 318.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling