Xviii asr ikkinchi yarmida Eronda ijtimoiy-siyosiy ahvol. Eronda Qojarlar sulolasi taxtga kelishi va faoliyati. Eronda ro’y bergan “Bobiylar” qopzgpaloni haqida
Download 322.59 Kb.
|
Mallayev Avazbek Osiyo Afrika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar: 1. I.Aliyev “Eron tarixi” . 2004 2. M.Lafasov “Jahon tarixi “ . 2001 3. Internet ma‘lumoti file.uz
Reja: XVIII asr ikkinchi yarmida Eronda ijtimoiy-siyosiy ahvol. Eronda Qojarlar sulolasi taxtga kelishi va faoliyati. Eronda ro’y bergan “Bobiylar” qopzgpaloni haqida XVIII asr ikkinchi yarmidagi o’zaro urushlari Eronni yanada zaiflashtirdi. Bularning barchasi keyinchalik Eronga Yevropa kapitalistik savdo monopoliyalarining kirib kelishi va mustahkam o’rnashib olishini osonlashtirdi. Eronda aholining asosiy qismini feodalga qaram bo’lgan dehqonlar – raiyat tashkil etardi. Ko’chmanchilar (ilotlar) o’troq dehqonlarga nisbatan ancha erkin yashardilar. Ularda patriarxal tartiblar va an’analar saqlanib qolgan bo’lib, xonlar hokimyati ma’lum darajada cheklanib qo’yilgan edi. Ko’chmanchilar uncha katta bo’lmagan soliq to’lardilar, harbiy xizmatni o’tagan taqdirda esa soliqdan ham ozod qilinardilar. Bir asrlik turkiylar hukmronligi yakuni. Pahlaviylar sulolasining Eron taxtini egallab olishi Qadimdan fors madaniyati va fani Sharq olamida muhim o‘ringa ega bo‘lib kelgan. Forslar ancha davrlardan buyon hozirgi Eron davlati hududida yashab keladi. XI asrgacha ushbu hududda yashab, hukmronlik qilgan fors qabilalari keyingi o‘n asrlikda bu yerlar ustidan hukmronlikni yo‘qotadi. Eron nomi ham VII asrdan so‘ng deyarli muomaladan chiqadi. XX asrgacha bu hududlarda asosan turkiy-mo‘g‘ul qabilalari hukmronlik qiladi. Faqatgina 1925-yilga kelib forsiy pahlaviylar sulolasi turkiy qojarlar sulolasini taxtdan ag‘daradi va mamlakatga forslar boshqaruvi va Eron nomini Ma’lumki, mamlakatning Eron nomi birinchi bor afsonaviy Sosoniylar sulolasi davrida ishlatilgan. Sulola asoschisi Ardasher I o‘zini “shahan shohi Eron” nomi bilan ataydi. Shundan keyin sosoniylar sulolasi shohlari ham o‘zlarini “shohi Eron” deb atay boshlaydi. Sosoniylar sulolasi hukmronligiga Arab xalifaligi tomonidan barham berilgach Eron nomi ham keng muomaladan chiqadi (turli viloyatlar o‘z nomi bilan, umumiy hudud Fors nomi bilan ataladi). Xalifalikdan so‘ng Fors hududlarini qisqa vaqt Safforiylar sulolasi boshqaradi. Keyinchalik Eron mayda davlatlarga bo‘linib ketadi. 1037-yili Eron tarixida turkiylar davri boshlanadi. Dastlab Saljuqiylar, so‘ng Xorazmshohlar hukmronligi ostida bo‘lgan Fors 1221-yildan mo‘g‘ullar nazorati ostiga o‘tadi. Mo‘g‘ullarning Elxoniylar davlati qulagach, Eronda boshlangan o‘zaro kurashlarni sohibqiron Amir Temur to‘xtatadi va butun Fors ustidan nazorat o‘rnatadi. Amir Temur vafot etganidan so‘ng ham Eron biroz vaqt Temuriylar qo‘li ostid bo‘ladi. Qora va oqquyunli turkmanlarning G‘arbiy Erondagi qisqa hukmronligidan keyin sahnaga Eronning hozirgi chegara va davlatchilik ustunlarini o‘rnatishda asosiy rol o‘ynagan kuch — Safaviylar kirib keladi. Eron Ozarbayjonining(janubiy Ozarbayjon) Ardabil shahrida tug‘ilgan turkiyzabon yosh Ismoil I Safaviy o‘n yil ichida Eronning katta qismini egallaydi va Safaviylar davlatiga asos soladi. Ismoil I Safaviy asos solgan davlat o‘z davrida “davlati qizilbosh” (islomning shia oqimiga mansub bo‘lgan safaviylar qizil salla o‘rab yurgan) yoki “qizilboshlar podshohligi” nomi bilan ataldi . Safaviylarni Fors taxtidan turkmanlarning afshor qabilasi yetakchisi Nodirshoh yiqitadi. Afg‘on qabilalari poytaxt Isfahonni egallab, mamlakatni talon-toroj qilayotgan vaziyatda Nodirshoh ozodlik kurashini boshlaydi va bir necha yillik urushlar natijasida Eronni ulkan davlatga aylantiradi. Nodirshoh davrida Xiva va Buxoro xonliklari ham uning davlati tarkibiga qo‘shib olinadi. Nodirshoh o‘limidan so‘ng uning avlodlari taxtda ko‘p o‘tirmadi. Endilikda Eron oliy hokimiyatini kurdlarning zend qabilasi egallab oladi. Biroq qirq to‘rt yillik kurdlar hukmronligiga turkiylarning qojarlar sulolasi xotima beradi. Qudratli va shafqatsiz hukmdor Og‘a Muhammadxon 1781-yili zendlarni mag‘lub etib, Fors taxtini yana turkiylarga qaytaradi. Qojarlar davrida Eron. Og‘a Muhammadxon 1794-yili rasman shoh unvoni bilan taxtga o‘tiradi va Eronda qojarlar sulolasi hukmronligini boshlab beradi. Og‘a Muhammad Shoh harbiy yurish paytida zaharlanib vafot etgach taxtga jiyani Fath Ali Shoh o‘tiradi. Fath Ali Shoh davrida Eron tashqi siyosatda bir qator muvaffaqiyatsizliklarga uchraydi. Rossiya bilan bo‘lib o‘tgan ikki urushdagi mag‘lubiyatdan so‘ng 1828-yili Turkmanchoy shartnomasi tuziladi. Shartnomaga ko‘ra, qojarlar Rossiya foydasiga Shimoliy Ozarbayjon(bugungi Ozarbayjon davlati), Gruziya va Armanistondan voz kechadi. Fath Ali Shoh va uning vorisi Muhammad Shoh Qojar davrida mamlakatda G‘arb ta’siri kuchayib boradi. Muhammad Shohdan so‘ng taxtga o‘tirgan Nasriddin Shoh qojarlar sulolasining eng dono va iste’dodli hukmdori edi. Uning hukmronlik yillarida mamlakatga G‘arb ilm-fani, texnologiya va ta’lim usullari kiritiladi hamda mamlakatni modernizatsiya qilish boshlanadi. Nasriddin Shoh Qojar Eron mustaqilligini saqlab qolishda Rossiya-Buyuk Britaniya qarshiligidan unumli foydalanadi. Nasriddin Shoh uch ming yillik Eron tarixida eng uzoq hukmronlik qilgan uchinchi hukmdor ham hisoblanadi. Qojarlar davrida Eron Nasriddin Shoh Qojar mutaassiblar tomonidan o‘ldirilgach, taxtga o‘tirgan Muzaffariddin Shoh davrida Fors mamlakati ancha zaiflashadi. G‘arb davlatlaridan katta qarz olinadi va shohning o‘zi bir necha bor ulkan xarajatlarga olib kelgan Yevropa sayohatlarini uyushtiradi. Parijga tashrif buyurgan Muzaffariddin Shoh Qojar Eron kinematografiyasiga asos soladi. Shoh ziyoli, zodagon va diniy ulamolar talabi bilan 1906-yilda Eron tarixidagi ilk Konstitutsiyani qabul qiladi. Muzaffariddin Shoh Qojardan so‘ng taxtga o‘tirgan Muhammad Ali Shoh qojar sulolasining inqirozini boshlab beradi. Ikki yilgina hukmronlik qilgan shoh parlamentni tarqatib yuborgach bundan norozi bo‘lgan kuchlar tomonidan uning o‘zi mamlakatdan haydab yuboriladi. Aynan shu voqeadan so‘ng qojarlar sulolasi real hokimiyatni qo‘ldan chiqaradi. Taxtga Muhammad Ali Shoning o‘n bir yoshli o‘g‘li Sulton Ahmad Shoh o‘tqaziladi. Amalda esa hokimiyat baxtiyorlar qabilasi yetakchilari o‘rtasida taqsimlanadi. Bu paytda Fors deyarli Rossiya tomonidan boshqarilayotgan edi.To‘ntarish va shohning quvg‘in qilinishi Birinchi Jahon urushi boshlanishi bilan Eron shimolidagi rus qo‘shinlari mamlakatni tark etadi. Biroq forslarning mustaqilligi uzoq davom etmaydi. Mamlakat rus, ingliz, nemis va usmonli qo‘shinlari o‘rtasidagi jang maydoniga aylanadi. Rossiyada hokimiyat bolsheviklar qo‘liga o‘tgach sovet hukumati Erondagi imtiyozlaridan voz kechadi. Natijada Buyuk Britaniya Forsdagi yagona katta kuch bo‘lib qoladi. Biroq Eron parlamenti inglizlarning noteng shartnomasini qabul qilishdan bosh tortadi. Shundan so‘ng ichki noroziliklar va xalqaro bosim sabab ingliz qo‘shinlari ham Forsdan chiqib ketadi. Lekin ketishdan oldin inglizlar, fors kazak qo‘shini sarkardasi Rizo Xonga yordam beradi. General inglizlar yordamida Eron shimolida alohida davlat tuzishga intilgan G‘ilon ayirmachilari harakatini bostirib. 1921-yili Rizo Xon va siyosiy arbob Ziyovuddin Tabatayi birgalikda davlat to‘ntarishi uyushtiradi hamda bosh vazir Fathullaxon Akbar hukumati ag‘dariladi. Keyingi ikki yil mamlakatda Rizo Xonning kuchayib borish 1923-yilda bosh vazir lavozimini egallagan Rizo Xon butun hokimiyatni qo‘lga olish haqida o‘ylay boshlaydi. Shu yili sog‘lig‘i yomonlashgan Ahmad Shoh Qojar davolanish uchun Fransiyaga ketadi. Mamlakat to‘liq Rizo Xon ixtiyoriga qoladi. Dastlab u Mustafo Kamol Otaturk singari respublika tuzumini o‘rnatish va prezident bo‘lish haqida o‘ylaydi. Biroq shia ulamolari va inglizlarning qarshiligidan so‘ng bu fikridan qaytadi. 1925-yil 31-oktabr kuni Eron parlamenti hisoblanuvchi Majlis Ahmad Shoh Qojaring taxtdan tushirilgani haqida qaror qabul qiladi. Shohning Yevropaga tashrifi uning surguniga aylanadi. 1925-yil 12-dekabr kuni esa Rizo Xon Rizo Shoh Pahlaviy nomi bilan taxtga o‘tiradi. Eron tarixida Pahlaviylar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Shu bilan Fors tarixidagi turkiylar davri tugaydi. Eron — “oriylar davlati” .Aynan pahlaviylar hukmdori Rizo Shoh mamlakat nomi sifatida rasmiy ravishda Eron nomini qo‘llashni boshladi. 1935-yil shoh Millatlar Ligasiga yuborgan maktubida mamlakat nomini hujjatlarda Eron deb o‘zgartirishni so‘raydi(bungacha Fors (Persian) deb atalgan). Shundan so‘ng xalqaro aloqalarda mamlakat Eron deb atala boshlanadi. Eron so‘zi “eroni “ ya’ni “oriylar mamlakati” degan ma’noni berdi. Biroq mamlakatdagi ko‘pchilik ziyolilar Fors nomining yo‘qolishi tarixning katta qismi yo‘qolishiga olib kelishi mumkinligini aytib norozilik bildirgach, hukumat 1959-yil xalqaro va ichki doiralarda mamlakatning ikki nomidan (Fors va Eron) nomidan parallel ravishda foydalanishga ruxsat beradi. Shu tariqa Eron tarixidagi turkiy-mo‘g‘ullar davriga yakun yasagan pahlaviylar sulolasi mamlakatga qadimgi nomini hham oldi XIX asrning 30-40-yillarida Eron mehnatkashlarining ahvoli juda og’irlashdi. Qoloq feodal tuzum, shoh hokimyatining zo’ravonligi, feodallarning o’zboshimchaligi ustiga chet el sarmoyasining kirib kelishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Mehnatkashlarni asoratga solish kuchaydi, ijara haqi va boshqa to’lovlar hosilning 2/3 va hatto 4/5 qismini tashkil etardi. Shaharlarda chet el tovarlarining ko’plab paydo bo’lishi hunarmandlarning xonavayron bo’lishiga olib keldi. Eronda har yili ro’y berib turadigan hosilsizlik, qurg’oqchilik, kasalliklar epidemiyasi ming-minglab odamlarni o’limiga sabab bo’lardi. XIX asr birinchi yarmida mamlakat aholisi bir necha millionga qisqardi. Shaharlarda kambag’al aholining noroziligi kuchaydi. Ularga oddiy ruhoniylar, shu jumladan saidlar ham qo’shildi. Ruhoniylarning yuqori boy qatlami mujohidlar va ulamolardan farq qilgan holda, quyi qatlam ruhoniylari o’z mehnati orqasidan kun ko’rardilar. Ana shu quyi qatlam ruhoniylari vakillari boshlanib ketgan xalq harakatining mafkurachilari sifatida chiqishib, bu harakatga diniy ruh berdilar. Shu bilan birga bu harakat hukmron ijtimoiy tuzumga qarshi qaratilganligi sababli u rasmiy din – shiachilikga ham qarshi qaratilgan edi. 1844 yilda Sherozda savdogar oilasidan chiqqan 23 yoshli said Alimuhammad (1820-1850) o’zini “Bob” ya’ni xalq bilan imom Mahdiy o’rtasida vositachi deb e’lon qildi. (“Bob” so’zi arabchada eshik, darvoza ma’nosini anglatadi). Islom dini sektalarida payg’ambar avlodidan bo’lgan imom Mahdiy qiyomat kuni kelib, yomonlarni jazolab, adolat o’rnatilishi haqida rivoyatlar bor. Bob ta’limotiga ko’ra imom Mahdiy rivoyatlarda aytilganidek uzoq kelgusida emas, balki eng yaqin vaqt ichida aynan Eronda paydo bo’lishi kerak edi. Shia ta’limotiga ko’ra imom Mahdi yer yuzi baxtsizlik va azob-uqubatlarga to’lib ketganda odamlar oldiga kelishi kerak edi. Bob esa ana shunday vaqt kelganligini, hokimyat va ulamolarning zulmi natijasida xalqning sabr kosasi to’lganligini, shuning uchun ham imom Mahdiy keladigan vaqt bo’lganligini aytadi. Bobning aytishicha Mahdiyning kelishi bilan Eronda adolatli podsholik o’rnatiladi, har qanday zulm tugatiladi, hamma odamlar, erkak va ayollar teng bo’lib, baxtli va farovon hayot kechiradilar. Bob o’z zimmasiga Mahdiy kelguncha haqiqatni xalq ommasiga yetkazish va odamlarni Yangicha hayot kechirishga tayyorlash vazifasi yuklatilganini e’lon qiladi. Bobning targ’iboti nafaqat diniy, balki ijtimoiy-siyosiy xarakterga ham ega edi. Qisqa davr ichida Bobning izdoshlari – bobiylar soni keskin ko’paydi. Hokimyat bobiylar harakatini bo’g’ib tashlashga intildi. 1847 yilda Alimuhammad qamoqqa olindi. U qamoqda bo’lishiga qaramay o’ziga sodiq odamlar yordamida o’z tarafdorlari bilan aloqa o’rnatdi. U qamoqda o’zining asosiy asari “Bayon”ni yozib tugatdi. Bu kitob bobiylar uchun asosiy dasturilamal, go’yo yangi Qur’on bo’lib qoldi. Shundan keyin Bob o’zini Mahdiy deb e’lon qildi. Bob ta’limoti va ijtimoiy talablari o’zining mo’’tadilligi bilan ajralib turardi. Uning maqsadi Eron hukmdorlariga ahloqiy jihatdan ta’sir o’tkazib, ularda adolat hissini uyg’otish edi. Bobga nisbatan xalq bilan ancha yaqin aloqada bo’lgan uning izdoshlari ancha radikal dasturni ilgari surdilar. Mozandarondagi bobiylar harakatining rahbari Barforushlik mulla Muhammadali qat’iy ravishda hukumatga bo’ysunmaslikga va boylarning mol-mulkini tortib olishga da’vat etdi. U Qur’on va shariat o’z kuchini yo’qotganligini e’lon qildi. Odamlar endilikda o’z xo’jayinlariga nisbatan barcha majburiyatlarni bajarishdan, shu jumladan soliqlarni to’lashdan ozod bo’lganliklarini bildirdi. Bobiylar ta’limoti xalq ommasi ichida keng yoyildi. Xurosonda bu ta’limotning otashin targ’ibotchisi Bushruy qishlog’ilik mulla Xusayn edi. Qazvinda esa Qurrat-ul-ayn taxallusini olgan Zarrin Toj ismli yosh ayol o’z chiqishlari bilan mashhur bo’lgan edi. SHoirtabiat go’zal bu ayol bobiylar g’oyasi uchun o’z uyi va oilasidan ham voz kechgan edi. 1848 yil yozida Muhammadali va Qurrat-ul-ayn boshchiligidagi bobiylarning katta guruhi Mozandaron va Xuroson chegarasidagi Bedasht qishlog’iga to’planib, bir necha kun davomida yangi ta’limotning tamoyillarini muhokama qildilar. Bedashtdagi yig’ilishlarda ularning kelgusidagi faoliyatiga asos bo’lgan demokratik dasturi shakllandi. Bobiylar o’z dasturlarida keng xalq ommasi talablariga katta o’rin berdilar. Bedashtdagi chiqishlarda hukmron tuzumga qarshi oshkora kurash boshlashga chaqiriqlar yangradi. Bu voqea Eronda bobiylar qo’zg’oloni boshlanganligini bildirardi. Eron hukumati Bedashtga qo’shin yuborib, bobiylarni quvg’in qildi. Ulardan ko’pchiligi, shu jumladan Qurrat-ul-ayn ushlab olinib, turmaga tashlandi. Mulla Muhammadali va Xusayn Barforush shahriga keldilar. Barforush bobiylar harakatining asosiy markaziga aylandi. 1848 yil kuzida 700 ga yaqin bobiylar mulla Muhammadali boshchiligida Barforushni tashlab chiqib, uning yonidagi Shayx Tabarsi maqbarasini va uning atrofini egallab oldilar. Ular o’zlarining ijtimoiy g’oyalarini amalga oshirish uchun shu yerga o’rnashib olishga qaror qildilar. Bobiylar Shayx Tabarsi ziyoratgohi atrofiga qal’a, uylar qurib, yashay boshladilar. Ularning butun mulki umumiy bo’lib, umumiy qozonda ovqat qilinardi. Mamlakatning turli tomonlaridan bu yerga bobiylar tarafdorlari kela boshladilar. Bu yerdagi bobiylar soni 2 mingdan oshib ketdi. Tevarak-atrofdagi xonlar Shayx Tabarsini egallab olishga harakat qildilar, lekin bobiylar ularning hujumlarini qaytardilar. Atrofdagi shahar va qishloqlardan ko’plab odamlar ularga yordamga keldilar. Shoh hukumati bobiylarga qarshi 2 ming kishilik doimiy qo’shin yuborib, Shayx Taborsiyni qamal qila boshladi. Lekin 1849 yil yanvarda bobiylar qal’adan chiqib, shoh qo’shinini tor-mor qildilar. Bu g’alaba natijasida bobiylar harakati Zanjonda (Eron Ozarbayjoni) va Fors viloyatida keng yoyildi. Tehronda ham bobiylar targ’iboti kuchaydi. Hukumat doiralarida va feodallar ichida sarosima boshlandi. Hukumat Mazondaronga yana katta qo’shin va artilleriya yubordi. Lekin Shayx Tabarsini hujum bilan olib bo’lmadi. Shundan keyin bobiylar qal’asi to’la qamal qilishga o’tildi. Bobiylar ichida ochlik, o’q-dori, porox etishmasligi boshlandi. Shunga qaramay ular qahramonlarcha jang qildilar. Xusayn ham jangda halok bo’ldi. Bahorga kelib qal’a himoyachilarining soni 250 kishiga etmas edi, shoh qo’shini bu vaqtda 10 ming kishini tashkil qilardi. Ochlikdan azob chekkan bobiylar muzokara boshlashga majbur bo’ldilar. Hukumat qo’shinining boshlig’i kurashni to’xtatgan bobiylarni ozod qilishga tantanali so’z berdi. Lekin 1849 yil may oyining boshida tirik qolgan bobiylar qal’adan chiqqanlarida, ularni o’rab olib, qurolsizlantirdilar. Bobiylar harakatining oddiy a’zolari shu yerning o’zida otib tashlandi. Muhammadali va bobiylarning boshqa rahbarlarini Baforushga olib borib, og’ir qiynoqlardan keyin qatl qildilar. 7 oy davom etgan Mazondaron bobiylarining qo’zg’oloni ana shunday yakunlandi. Lekin mamlakatdagi g’alayonlar to’xtamadi. 1850 yil boshida Yazdda ham bobiylar qo’zg’oloni bo’lib o’tdi. Tehron bobiylari shohga va Mirzo Tog’ixonga qarshi fitna tayyorladilar, lekin fitna fosh bo’lib, 7 nafar bobiy qatl qilindi. O’limi oldidan ular o’zlarini Bob ta’limotiga sodiq ekanliklarini e’tirof etdilar. 1850 yil Zanjonda va Neyrizda (Fors viloyati) yangi yirik qo’zg’olonlar ko’tarildi. SHoh hukumati bobiylarni qo’rqitish maqsadida 1850 yil iyulda Bobni qatl qildi, lekin qo’zg’olonlar davom qilaverdi. Zanjondagi qo’zg’olonni bostirish uchun 30 ming kishilik armiya yuborildi, lekin qo’zg’olonchilar taslim bo’lmadilar. Natijada uzoq vaqt davom etgan qamal boshlandi. Faqat 1850 yil dekabrga kelib qo’zg’olon bostirildi. Taslim bo’lgan bobiylar shafqatsizlik bilan qirib tashlandi. Bu bilan bobiylar qo’zg’olonining asosiy o’choqlari tugatildi va qo’zg’olon mag’lubiyatga uchradi. Neyriz qo’zg’oloni ham bir necha oydan keyin bostirildi. Asir olingan bobiylarga shafqatsizlarcha azob berildi. Neyriz qo’zg’oloni bobiylarning so’nggi ommaviy chiqishlari edi. 18511852-yillarda ham bobiylar bir necha marta qurolli kurashga ko’tarildilar, lekin keng xalq ommasi bu harakatdan chetlashgan edi. Bobiylar qo’zg’olonlari uzuqyuluq, birlashmagan holda yuz bergani uchun hukumat qo’shinlari ularni tez orada bostirar edi. Bobiylarning omon qolgan rahbarlari yakka terror yo’liga o’tdilar. 1852 yil avgustda Nasriddinshohga suiqasd uyushtirildi. Suiqasd amalga oshmadi, shoh engil yarador bo’ldi, suiqasdchilar qo’lga olinib, qattiq qiynoqlardan keyin qatl qilindilar. Mamlakatda bobiylar va ularga xayrihohlarga nisbatan shafqatsiz jazolash boshlandi. Bobiylar harakatida hech qachon ishtirok etmagan yuzlab kishilar qatl etildi. Bobiylar harakati tor-mor etilgach feodal zodagonlar avvalgi eski tartiblarni to’la qayta tikladilar. Natijada Eronning ichki va xalqaro ahvoli yanada yomonlashdi. Bobiylar qo’zg’oloni dehqonlar, hunarmandlar, mayda savdogarlarning feodalizmga va chet elliklar zulmiga qarshi qaratilgan chiqishlari edi. Xitoydagi taypinlar qo’zg’oloni, Hindistondagi xalq qo’zg’oloni kabi bobiylar qo’zg’oloni ham Osiyo xalqlarining XIX asr o’rtalaridagi ozodlik kurashining yorqin namunalaridan biri edi. Lekin taypinlar qo’zg’olonidan farq qilgan holda, bobiylar qo’zg’oloni dehqonlar urushiga aylanib ketmadi. Bu kurashda Erondagi ba’zi shaharlar atrofidagi dehqonlar ishtirok etdi xolos. Bobiylar qo’zg’oloni stixiyali xarakterga ega bo’lib, mamlakatning turli viloyatlaridagi qo’zg’olonlar o’rtasida aloqa yo’q edi. Eronda XIX asr o’rtalarida hali feodalizm va chet elliklar zulmi ustidan g’alaba qozonish uchun ob’ektiv shart-sharoitlar yo’q edi. Dehqonlar kurashini birlashtiradigan va unga rahbarlik qila oladigan burjuaziya va ishchilar sinfi hali shakllanmagan edi. Dehqonlarning chiqishlari uzuk-yuluq va mahalliy xarakterga ega edi. Lekin shunga qaramasdan bobiylar qo’zg’oloni keyinchalik Eronda avj olib ketgan ozodlik kurashining muhim tayyorgarlik bosqichi bo’ldi. Shuning uchun ham hukmron feodal tuzumni emirgan bobiylar harakati va bobiylar qo’zg’oloni muhim ijobiy ahamiyatga ega bo’ldi. Nodir afg’onlarni Erondan quvib chiqargach turklarga qarshi 1730 yilda urush boshlab, Xamadon, Kermonshox va Ozarbayjon shaharlarini egalladi. Lekin shoh Tahmasp II bilan bo’lgan jangda engilib, bu joylarni qo’ldan boy berdi. Nodir Xurosondagi afg’onlar qo’zg’olonini bostirgach, Taxmasp II ni taxtdan tushirdi va taxtga uning bir yashar o’g’lini o’tqazib, o’zi uning regenti bo’ldi. Nodir 1732-1733 yillarda turklar bosib olgan barcha hududlarni ulardan tortib oldi. 1732 yildagi Eron-Rossiya shartnomasiga ko’ra Astrobod, G’ilyon, Mozandaron, 1735 yilda Boku va Darbant ham Eronga qaytarib berildi. 1736 yil boshiga kelib Nodir ilgari Safaviylar davlati tarkibiga kirgan barcha hududlar ustidan o’z hokimyatini o’rnatdi. 1736 yilda Nodir Tahmaspni taxtdan tushirib, Eron shohi tojini kiydi. Nodirshoh qudratli feodallarning ta’sirini cheklab qo’yish siyosatini olib bordi. Viloyat noiblariga beriladigan yer mulklarni bekor qilib, ularga maosh belgiladi. Bir qator feodallarning, shuningdek diniy va xayriya tashkilotlari hini musodara qilish hisobiga davlat hini kengaytirib bordi. Nodirshoh hukmronligi davri (1736-1747 yy.) to’xtovsiz urushlar bilan o’tdi. 1737 yilda Qandahor qo’lga kiritildi va bu shahar Eron qo’shini tomonidan talanib, vayron qilindi. Nodirshoh 1738 yilda Xaybar tog’ yo’lini qo’riqlayotgan mo’g’ul shohi Muhammadning qo’shinini tor-mor etib, Peshavor va Panjob hududlarini egalladi. 1739 yilda esa Dehlini bosib oldi. Bu yerda u aholini talab va qirib, juda katta boylik bilan – 700 mln. rupiylik qimmatbaho toshlar va boshqa o’ljalar bilan Hindistondan chiqib ketdi. Mo’g’ul shohi bilan 1739 yilda tuzilgan shartnomaga muvofiq Hinddan g’arbdagi nerlar Nodirshohga tegishli bo’ldi, Lahor hukmdori esa unga har yili 2 mln. rupiy o’lpon to’laydigan bo’ldi. Nodirshoh 1740 yilda O’rta Osiyoga yurish qilib, Buxoro va Xiva xonligini bosib oldi. Xiva xoni Elbarsxon unga qattiq qarshilik ko’rsatgani uchun qatl qilindi. Bu ikki davlat Eron vassaliga aylandi. 1741-1743 yillarda Nodirshoh Dog’istonga yurish qildi, lekin mahalliy qabilalarning qarshiligini sindira olmay, chekinishga majbur bo’ldi. Nodirshohning bosqinchilik urushlari natijasida ulkan feodal imperiya tashkil topdi. Uning tarkibiga Erondan tashqari Armaniston, Gruziya, Dog’iston, Ozarbayjon, Buxoro va Xiva xonliklarining bir qismi, Afg’oniston, Belujiston kirardi. Nodirshoh yer munosabatlarida va ma’muriy siyosatda hokimyatni markazlashtirishga va davlatning rolini oshirishga harakat qildi. Uning davrida qizilbosh feodallarining yerlarini, shuningdek qisman vaqf yerlarini musodara qilish hisobiga davlat yerlarining hissasi ko’payib bordi. Bunday siyosat Nodirshohning xalq ichidagi obro’sini oshishiga yordam berishi kerak edi. Lekin vaziyat boshqacha bo’lib chiqdi. Keksayib qolgan shoh hammadan shubhalanadigan va juda maydachi bo’lib qoldi. Uning shafqatsizligi hukmron doiralar ichida ham, aholi o’rtasida ham norozilikni kuchaytirdi. Keyingi yillardagi harbiy muvaffaqiyatsizliklar natijasida Nodirshoh soliqlarni keskin oshirdi. Nodirshoh olib borgan ko’p sonli urushlar mamlakat xazinasini bo’shatib qo’ygan edi. Soliq to’lashga qurbi etmagan aholi qul qilib sotilardi. Nodirshoh zulmiga qarshi xalq qo’zg’olonlari davom etardi. Qo’zg’olonchilar bir necha marta shoh qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratdilar, lekin baribir kuchlar teng emas edi. 1746 yilda Seistonda yirik qo’zg’olon boshlandi. Qo’zg’olonni bostirish uchun u yerga yuborilgan Nodirshohning qarindoshi Aliqulixon ham qo’zg’olonchilar tomoniga o’tib ketdi. Qo’zg’olonni bostirish uchun Nodirshohning o’zi Seistonga yo’l oldi. U Xurosonga etib kelgach Xabushonda ham kurdlar qo’zg’oloni boshlanganligidan xabar topdi. Nodirshoh Xabushon yaqinidagi lagerda turgan vaqtida afg’on harbiy zodagonlarining fitnasidan xabardor bo’ldi. U o’zida xizmat qilayotgan afg’on va o’zbek yollanma qo’shini yordamida bu afg’on xonlarini qirib tashlamoqchi bo’ldi. Lekin fitnachilar undan oldinroq harakat qildilar. Ular kechasi shoh chodiriga bostirib kirib, uni o’ldirdilar va uning boshini qarindoshi Aliqulixonga yubordilar. Afg’on otliqlari guruhi Eron shohi qo’shiniga qarshi jang boshladi. Lekin shoh qo’shini son jihatdan ustun edi. Shuning uchun ham Ahmadxon va boshqa afg’on harbiy boshliqlari shoh xazinasi va artilleriyasining bir qismini olib, Qandahorga ketdilar. Bu yerda 1747 yilda mustaqil afg’on davlati tashkil topdi. Nodirshoh o’ldirilgach Eron chuqur siyosiy inqirozni boshdan kechirdi, mamlakatda o’zaro urushlar avj olib ketdi. Eron davlati bir qancha mustaqil mulklarga ajralib ketdi. Xurosonda Nodirshohning nabirasi Shohrux hukmronlik qilardi. Shimoliy Ozarbayjon, Armaniston xonliklari, shuningdek Gruziya amalda mustaqil bo’lib qoldilar. Shimoliy Eronning bir qismini Hojarlar qabilasi boshliqlari, Janubni esa zendlar qabilasi boshliqlari bosib oldilar. Sharqiy Eron yana afg’onlar qo’l ostiga tushib qoldi. Mamlakat tushkun ahvolda bo’lib, ekin maydonlari qisqarib ketdi, ocharchilik, kasallik tufayli aholining katta qismi qirilib ketdi. 1758 yilda zendlik Karimxon Hojarlar va ozarbayjonliklar ustidan g’alaba qozonib, Eronning katta qismini o’z qo’li ostida birlashtirdi va deyarli 20 yilcha mamlakatni muvaffaqiyat bilan boshqardi. U mahalliy feodallarning o’zboshimchaligini cheklashga, shaharlar va hunarmandchilikni qayta tiklashga, soliqlarni tartibga solishga qaratilgan bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Rossiya bilan ham savdo-diplomatik aloqalar yo’lga qo’yildi. Karimxon 1779 yilda vafot etgach Eron yana inqiroz ko’chasiga kirdi. Xonlar o’rtasida hokimyat uchun kurash kuchaydi. Ana shunday sharoitda Karimxon tomondan qamoqqa tashlangan Hojarlar qabilasi boshlig’i Og’a Muhammadxon qamoqdan qochib chiqishga muvaffaq bo’ladi va qattiq kurashlardan keyin 1796 yilda o’zini Eronning yangi shohi deb e’lon qiladi. Bu bilan Eronda Hojarlar sulolasining hukmronligi boshlandi. Shoh mamlakat poytaxtini Tehron shahriga ko’chirdi Tehronda 1905 yil 12 dekabrda mavjud tartib qoidalardan o’z noroziliklarini bildirgan bir necha savdogarlar qamoqqa olinib, kaltaklandi. Shu vaqtda poytaxtda Kerman gubernatorining aholini shafqatsizlik bilan jazolagani haqidagi xabar ham tarqaldi. Bularning hammasi poytaxt aholisini g’azablantirib yubordi. 13 dekabrda Tehrondagi barcha bozorlar, do’kon, ustaxonalar yopildi. Machitlarning birida to’plangan aholi gubernatorning iste’foga chiqarilishini, hokimyat vakillari tomonidan bo’layotgan suiiste’molliklarni tekshirish uchun komissiya tuzilishini talab qildilar. Miting tarqatib yuborildi, lekin hukumatga qarshi chiqishlar davom etdi. Ertasi kuni ruhoniylar yuqori tabaqasi vakillarining bir guruhi poytaxtni tashlab, shahardan ancha yiroqdagi mashhur bir machitga yo’l oldilar. Aholi ularning ketishlarini hukumatga qarshi qaratilgan namoyish sifatida qabul qildi. Ruhoniylarga ko’p sonli mullalar, savdogarlar, hunarmandlar ham qo’shildi. Tez orada 2 mingga yaqin odam to’plandi va hokimyat faoliyatiga qarshi norozilik sifatida best boshladilar. (Best, bestga o’tirish – Eronda eski urf-odatlarga ko’ra daxlsizlik huquqiga ega bo’lgan boshpanalarga (machit, elchixona va sh.o’.) odamlarning kelib o’tirishlari, yashirinishlari. Hokimyat shunday boshpanalarga yashiringan odamlarga nisbatan qamoqqa olish yoki kuch ishlatish kabilarni qo’llashi mumkin emas). Best ishtirokchilari boshqa shaharlarga ham o’z vakillarini yubordilar. Sheroz va Mashhadda ham namoyishlar va best boshlandi. Best ishtirokchilari Bosh vazirning iste’foga chiqarilishini, eng yomon amaldorlarni qamoqqa olinishini, hammaning qonun oldida tengligi asosida aholi shikoyatlarini odil hal qilish uchun “Adolat uyi”ni tashkil qilishni, belgiyalik Nausni bojxona vaziri lavozimidan bo’shatishni talab qildilar. Tehron garnizonining harbiy qismlarida ham norozilik kuchaydi. Xalq harakatidan qo’rqib qolgan Muzaffariddin shoh yon berishga majbur bo’ldi. U Tehron va Kermon gubernatorlarini vazifasidan bo’shatdi, “Adolat uyi”ni tashkil qilish to’g’risida farmon chiqardi. 1906 yil yanvarda best ishtirokchilari Tehronga qaytib keldilar. Lekin shoh o’z va’dalarini bajarishni turli yo’llar bilan orqaga sura boshladi. Bu esa norozilikni yangidan kuchayishiga olib keldi. 1906 yil bahorida ko’pgina shaharlarda inglizlarning Shahanshoh bankini boykot qilish boshlandi, bir qancha shaharlarda bankning bo’limlari ostin-ustun qilindi. 1906 yil yozida inqilobning yangidan ko’tarilishi yuz berdi. Bozorlarda, maydonlarda, machitlarda ko’p kishilik mitinglar yig’ilardi. 10 iyulda Tehronda mashhur bo’lgan targ’ibotchi shayx Muhammad qamoqqa olinganida olomon uni kuch bilan ozod qildi. Askarlar namoyishchilarga qarata o’q uzdilar, bir necha odam yaralandi, sayidlardan biri halok bo’ldi. Ertasi kuni barcha bozorlar, do’konlar, hunarmandlarning ustaxonalari yopildi. Namoyishchilar bayroq o’rnida halok bo’lgan sayidning kiyimlarini ko’tarib oldilar. Bu namoyishlar 12 iyulgacha davom etdi. Siyosiy vaziyat juda keskinlashdi. 15 iyulda ruhoniylar yuqori qatlamining 200 vakili namoyishkorona Tehrondan Qumga chiqib ketdilar. 16 iyul kuni Tehronning taniqli savdogarlarining bir guruhi Angliya missiyasining bog’ida bestga o’tirdilar. Bir necha kundan keyin best qatnashchilarining soni 13 ming kishiga etdi. Ular katta chodirlar qurib, gulxanlar yoqardilar. Mitinglar deyarli to’xtovsiz davom etardi. Bestda o’tirganlar harakatga rahbarlik qilish uchun komissiya tuzib, Qumdagi ruhoniylar bilan, boshqa shahar va provintsiyalardagi harakat ishtirokchilari bilan aloqa o’rnatdilar. Best harakati qatnashchilarining shohga yo’llagan talablarida ilgarigi Bosh vazirni ishdan bo’shatish to’g’risidagi talabga yangi talab – konstitutsiya joriy qilish va majlis (parlament) chaqirish to’g’risidagi talablarni ham qo’shdilar. Tehrondagi voqealar boshqa shaharlarga ham etib bordi va bu shaharlarda Tehron bilan birdamlik harakati keng yoyildi. Qumdagi ruhoniylar Tehrondagi best ishtirokchilarining talablari bajarilmaydigan bo’lsa, ular Erondan chiqib ketishlarini bildirdilar. Bu xabar musulmonlarga katta ta’sir ko’rsatdi. Tehronga keltirilgan harbiy qismlarda ham hukumatga qarshi kayfiyat kuchaydi, bu qismlardan biri best ishtirokchilari tomoniga o’tdi. Shoh xalq ommasi talablarini qabul qilishga majbur bo’ldi. Iyul oyi oxirida liberal kayfiyatdagi amaldor Nasrulloxon Moshir ud Davla hukumat boshlig’i bo’ldi, avgust boshida majlisga saylovlar to’g’risida farmon chiqarildi. Shundan keyin best to’xtatildi, yuqori tabaqa ruhoniylari Qumdan Tehronga qaytib keldi. Oktabr oyida Eronning birinchi majlisi (parlament) o’z ishini boshladi. Majlis tarkibining asosiy qismini feodal zodagonlari, pomeshchiklar, ruhoniylar, savdogarlar tashkil qilardi. Lekin u inqilob natijasida yaratilgan parlament bo’lib, uning majlislari oshkora holda o’tardi. Aholi majlis muzokaralarida ishtirok etib, turli masalalarni majlis muhokamasiga kiritardi. Bu harakatlar oziq-ovqat narxlarini pasaytirish, milliy bankni tashkil qilish kabi ijobiy tadbirlarni amalga oshirishga yordam berdi. Muzaffariddin shoh 1906 yil dekabri oxirida parlament tomonidan ishlab chiqilgan “Asosiy qonun”ni tasdiqladi. Majlis (parlament) chaqirilishi va “Asosiy qonun”ning qabul qilinishi inqilobning dastlabki yutug’i edi. Bu davrda inqilobga rahbarlik to’la holda liberal elementlar – ruhoniylar, liberal pomeshchiklar, yirik savdogarlar qo’lida edi. Bu davrda inqilobiy harakatning liberal va demokratik qanotlari o’rtasida ko’zga ko’rinarli ajralish yo’q edi. Lekin inqilobning kengayib borishi davomida unda ishtirok etayotgan sinfiy kuchlar o’rtasida ham ajralish kuchayib bordi. Qo’lga kiritilgan yutuqlar liberal elementlarni qanoatlantirardi. Ular inqilobiy harakatni to’xtatishga intilardilar. Burjuaziyaning demokratik unsurlari va keng xalq ommasi inqilobni yanada rivojlantirish uchun kurashardilar. 1907-yilda ommaviy harakatning yanada ko’tarilishi kuzatildi. Isfaxon, Resht, Tabriz,Zanjon va boshqa shaharlarda shoh hukumati va feodallarning zo’ravonligi, suiiste’molliklariga qarshi namoyishlar, best harakatlari bo’lib o’tdi. Chet el imperialistlariga qarshi bevosita chiqishlar bo’ldi. Aholi chet el tovarlarini boykot qildi. 1906-yil oxiridan Rossiya bilan chegaradosh Shimoliy provintsiyalarda dehqonlarning stixiyali chiqishlari bo’ldi va bu harakatlar janubiy hududlarga ham yoyildi. Dehqonlar pomeshchiklarga soliq va boshqa to’lovlarni to’lashdan bosh tortdilar, xonlar qasrlariga hujum qilib, tortib olingan mahsulotlarni kambag’allar o’rtasida taqsimlab berdilar. 1907-yilda Eron ishchilari va xizmatchilarining dastlabki ish tashlashlari bo’lib o’tdi, kasaba uyushmalari tuzish uchun harakatlar bo’ldi. Haydar Amuo’g’li va boshqa markschilar tomonidan bir qator shaharlarda tashkil qilingan sotsialdemokratik to’garaklar o’zlarini Eron sotsial-demokratik partiyasi deb atay boshladilar. Eron sotsial-demokratlari “Mujohidlar jamiyati” (mujohid – haq ish uchun kurashchi) bilan yaqindan bog’langan edi. 1905 yildan boshlab Eronning shimoliy hududlarida savdogarlar, hunarmandlar, ruhoniylarning quyi qatlami vakillari, dehqonlar, shahar kambag’allari, ishchilarni o’z ichiga olgan mujohidlar tashkilotlari tuzila boshlagan edi. Mujohidlarning dasturida umumiy saylov huquqini joriy qilish, so’z, matbuot, yig’ilishlar o’tkazish, jamiyatlar tuzish, ish tashlashlar huquqlarini joriy qilish, shoh va pomeshchik hini banklar orqali sotib olish yo’li bilan dehqonlarga berish, 8 soatlik ish kunini o’rnatish, maktablarda umumiy bepul majburiy ta’lim joriy qilish, adolatli soliq tizimini o’rnatish kabi radikal burjua-demokratik talablar bor edi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. I.Aliyev “Eron tarixi” . 2004 2. M.Lafasov “Jahon tarixi “ . 2001 3. Internet ma‘lumoti file.uz Download 322.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling