10 rasm.
Malum vaqtdan keyin suyuqlikning A kesimi A1 holatiga, B kesimi esa B1 holatiga otadi.
Suyuqlik ustunlarining kochishida tashqi kuchlar bajargan ishni hisoblaymiz. Bu ish ikki qismdan iborat: ogirlik kuchi bajargan A1 ish bosim kuchi bajargan A2 ish.
A1=mg(h1-h2) (5)
A2=V(P1-P2) (6)
Bajarilgan umumiy ish quyidagiga teng:
A=A1+A2=mg(h1 - h2)+V(P1 P2) (7)
Ikkinchi tomondan tashqi kuchlar bajargan ish nayning birinchi va ikkinchi qismlaridagi kinetik energiyaning ozgarishiga teng:
(8)
(7 va (8) dan m= V ekanligini etiborga olib, quyidagini yozamiz.
(9)
bundan
(10)
yoki
Bu tenglamani 1738 yil Shvetsiya olimi Bernulli chiqargan. Bu yerda P – static bosim, ρgh – gidravlik bosim, - dinamik bosim.
Demak ideal suyuqlikning statsionar oqimida static, dinamik va gidravlik bosimlar yig’indisi oqim nayining har qanday kesimida ozgarmasdir.
Agar oqim nayi gorizontal bolsa, Bernulli tenglamasi quyidagicha yoziladi
Umuman suyuqlik oqimi laminar yoki turbulent turlarga bolinadi.
Suyuqliklar yopishqoqligi
Mexanika bolimida ideal suyuqlikning harakat qonunlarini korib chiqqan edik. Ideal suyuqlik yopishqoqlikka ega emasligi takidlangan edi. Lekin, barcha real suyuqliklar yopishqoqlikka ega. Gazlarning ichki ishqalanish kuchini hisoblaydigan Nyuton qonuni suyuqliklar uchun ham oz kuchini saqlaydi.
Suyuqliklarning yopishqoqligi gazlarnikiga nisbatan yuzlab marta katta. Shuning uchun suyuqliklar yopishqoqligiga doir ikkita qonunni qarab chiqamiz.
1841 yilda fransuz olimi Puazeyl quyidagi qonunni yaratdi:
Suyuqlikning nay boylab Laminar oqimining ortacha tezligi bosim gradienti ga, nay radiusining kvadrati r2 ga togri proporsional bolib, suyuqlikning yopishqoqlik koeffisienti η ga teskari proporsionaldir.
(1)
manfiy ishora oqim tezligining bosim gradientiga teskari yo’nalganligini ifodalaydi. Δt vaqt ichida naydan oqib o’tayotgan suyuqlikning Δv hajmini hisoblaymiz:
(2)
(1) va (2) dan:
(3)
Yopishqoqlik tufayli suyuqlikda harakatlanayotgan jismga ishqalanish kuchi tasir qiladi. Ingliz olimi Stoks bu kuchni aniqlaydigan qonunni yaratdi:
Uncha katta bolmagan tezlik bilan harakatlanayotgan shar uchun suyuqlikning F qarshilik kuchi harakat tezligi ga, shar radiusi r ga va suyuqlikning yopishqoqlik koeffisienti η ga proporsional
(4)
Do'stlaringiz bilan baham: |