1-Mavzu: Kompyuter haqida tushuncha Reja: Kompyuter haqida tushuncha. Kompyuterning asosiy vazifasi
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar
Download 1.34 Mb.
|
konspekt
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar.
66-modda O’n olti yoshga to’lguncha, voyaga yetmagan bolaning familiyasi ma’lum maqsadda ota-onasi birgalikda qabul qilgan qarori bilan o’zgartirilishi mumkin. Agar u o’n olti yoshga to‘lgan bo’lsa, uning ismi yoki tamiliyasini o‘zgartirish faqat uning roziligi bilan amalga oshiriladi. Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas. Shuningdek, ota-ona harn voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas. Voyaga yetmagan bola o’z ota-onasidan yoki boshqa insonlandan qonun doirasida ta’minot olishga haqli. Bunda bolaga tegishli har qanday mablag', xoh u pensiya bo‘lsin, xoh boshqa turdagi nafaqa bo‘lsin. uning ota yoki onasi tomonidan uning ta’minoti. ta’lim-tarbiya olishi uchungina sarflanishi kerak bo‘ladi. Qolaversa. ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo’lishi ham mumkin. Birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va ulardan foydalanishlari mumkin. Va nihoyat, voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek. shaxsiy melmati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi. Xuddi shu tariqa, voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishdagr buyumlari (kiyim-kechak. turli ish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulki hisoblanadi. Amerikalik bir do‘stimning uyiga mehmonga bordim. Do‘stim bilan hol-ahvol so‘rashib turgandim, uning o‘g‘li o‘qishdan keldi. Ota men keldim. “Salom” dedida (inglizchada) yuqori qavatdagi o‘z xonasiga chiqib ketdi. Biroz vaqt o‘tib, allaqandav rok guruhining musiqasi uyni to‘ldirib yangray boshladi. Men do‘stimga, hozir bosh og’rig‘idan shikoyat qilayotgan eding, o’g‘lingga aytsang bo’lmaydimi, sal pasavtirsin, dedim. Do‘stim menga: “Bu o‘g‘limning huquqi, men unga pasaytir deya olmayman, u dam olyapti”, deb javob berdi. Sharhlang! Ota-ona voyaga yetmagan farzandlarining qonuniy vakili hisoblanadi. Bunga sabab ular o‘z huquq va majburiyatlarini mustaqil himoya qila olmasligidandir. Ota va ona bolalarini moddiy jihatdan ta’minlash, jismonan, ruhan va axloqan sogiom qilib tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash borasida bir hil majburiyatga egadir. Ota-onaning huquqi bolaning manfaatiga xizmat qilishi kerak. Bola o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling