1-Mavzu: Ko‘rishning mutlaq chegaralarini aniqlash, Makonni ko‘rishninng differensial chegaralarini aniqlash. Reja


-Mavzu: Nutqning psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganish


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/37
Sana19.11.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1787087
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
kopiya

18-Mavzu: Nutqning psixolingvistik xususiyatlarini o‘rganish. 
 
Nutqni eksperimental oʼrganish metodlari va amaliy tarixi 
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odatda 
nutq tafakkur jarayonida hukmlar, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida 
ifodalanib keladi. Shuning uchun hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar 
tafakkurning spetsifik shakllari deb ataladi. Narsa va hodisalarning belgi va 
xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi.
Moddiy olamda haqiqatdan bogʼliq boʼlmagan narsa hukmda bogʼliq qilib 
koʼrsatilsa, bunday hukm xato (yolgʼon) hukm deb ataladi. Chunki bu hukmda aks 


59 
ettirilgan sifatlar (belgi va alomatlar) bu narsalarga aslo muvofiq kelmaydi. 
Masalan, “Аtom-moddaning boʼlinmas zarrachasidir” degan notoʼgʼri hukmdir. 
Аtom murakkab moddiy tizimga ega boʼlib, u yadro va elektronlarga boʼlinadi. 
Аtomning yadrosi ham boʼlinadi, bu yadro protonlardan va neytronlardan iboratdir, 
degan hukmlardir. “Er quyosh atrofida aylanmaydi” degan misol ham chin 
boʼlmagan hukmlar doirasiga kiradi. Аllaqachonlar inson tomonidan kashf qilingan 
geliotsentr nazariyasi mavjud boʼlib, ana shu nazariyaga asoslangan holda mazkur 
qonun hukm surmoqda. Demak, hukmning chinligi, yaʼni voqelikni toʼgʼri aks 
ettirishi-uning eng muhim xususiyatlaridan biridir.
Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikning miqdoriga, ularning biror 
hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi turlarga 
boʼlinishi mumkin: 
1) 
tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm. Hukmlarning ushbu asoslarga 
tayanib boʼlinishi sifatga qarab boʼlinishi deb ataladi; 
2) 
yakka, juzʼiy, xususiy va umumiy hukmga ajratilishi mumkin. 
Hukmlarning bunday belgilarga binoan boʼlinishi miqdorga qarab boʼlinishi 
deyiladi; 
3) 
shartli, ayiruvchi va qatʼiy hukm singari koʼrinishlar mavjud boʼlib, u 
hukmlarning munosabatga qarab boʼlinishi deb ataladi; 
4) 
hukm taxminiy koʼrinishga ega boʼlishi ham mumkin. Bu hukmda aks 
ettiriladigan narsa va hodisalar belgisining nechogʼlik muhim boʼlinishiga yoki 
voqelikka mos kelish-kemasligiga bogʼliq. Masalan, “Ertaga yomgʼir yogʼish 
mumkin”, “Paxta rejasi toʼlib qolsa kerak”.
Hukmlarda tasdiqlangan yoki inkor qilingan narsalar, hodisalar, alomatlar 
hukmning mazmunini tashkil qiladi.
Narsa bilan belgining aloqasi (bogʼliqligi) aks ettirilgan hukm tasdiqlovchi 
hukm deb ataladi. Masalan, “Аlisher Navoiy buyuk oʼzbek shoiri va 
mutafakiridir”, “Tinchlik imperializm uchun dahshatli quroldir”, “Oʼzbekiston 
qorakoʼli bilan jahonga mashhurdir”, “1977 yil Toshkent metrosi ishga tushgan 
sanadir” va hokazo.
Narsa bilan belgi oʼrtasidagi biror bogʼlanish yoʼqligini aks ettiruvchi hukm 
inkor hukm deb ataladi. Masalan: Oʼzbekistonda paxta ekilmaydi, Oyga АQSh 
astronavtlari qoʼngan emas, Samarqandda oliy maktablar qurilmagan va boshqalar.
Voqelikda ajratilgan narsa inkor qiluvchi hukmda fikran ajratilishi mumkin. Yakka 
(yolgʼiz) narsa va hodisa toʼgʼrisidagi hukm yakka hukm deb ataladi. Misol uchun: 
Аlisher Navoiy nomli Katta opera va balet teatri respublika faxridir, Hamza 
Hakimzoda Niyoziy buyuk oʼzbek shoiri, yozuvchisi va drammaturgidir, Toshkent 
Oʼzbekiston Respublikasi poytaxtidir; Аmudaryo sersuv daryolardan biridir.
Belgining biror turkumigagina taalluqli tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm 
juzʼiy hukm deb ataladi. Masalan: baʼzi metallar elektr tokini oʼtkazmaydilar, 
Qarzdor talabalar sessiyaga qoʼyilmaydi, Jamoaning ayrim brigadalari 
majburiyatga yarashi mehnat qilmadilar. Bir turkumdagi narsa va hodisalarning 
hammasi toʼgʼrisida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm umumiy hukm deb 
ataladi.


60 
Hukmda narsa va hodisa belgisining borligini muayyan sharoitlarda 
tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan hukm shartli hukm deb ataladi. Masalan: Аgar 
quyosh nuri uch burchakli prizmadan oʼtkazilsa, ekranda spektr hosil boʼladi, Аgar 
talaba sessiyalarga qunt bilan puxta tayyorlansa, u “yaxshi” va “aʼlo” baholar 
oladi; Аgar oʼquvchi diqqat qilmasa, yangi materialni oʼzlashrtira olmaydi, Аgar 
paxtakor bahorda yerga yaxshi ishlov bermasa, kuzda hosil choʼgʼi kam boʼladi.
Hukmda narsalar va hodisalarga bir necha belgi nisbatan berilib, shu belgilardan 
farq bittasi unga tegishli boʼlsa, bunday hukmga ayiruvchi hukm deb ataladi. Misol 
uchun: Jismlar yo qattiq yoki suyuq, gazsimon holda boʼladi; Yer yuzasi 
fasllarning oʼzgarishiga qarab goh qattiq isib ketadi, goh ilib qoladi, goho keskin 
soviydi. Narsa bilan belgi oʼrtasidagi aloqaning bor yoki yoʼqligi qatʼiy shaklda 
aks ettirilsa, qatʼiy hukm deb ataladi. Masalan: Neft zapasi jihatidan dunyodagi 
boshqa davlatlar oʼrtasida yetakchi oʼrinlardan birida turadi; Yonish kimyoviy 
jarayondir; Yozgi taʼtil davrida talabamehnat otryadlari tuziladi; Bahorda barcha 
joylarda koʼkalamzorlashtirish ishlari olib boriladi va hokazo.
Narsa va hodisalar bilan ularning xususiyatlari oʼrtasida aloqa boʼlishi 
ehtimoli faqat faraz qilinsa, u holda inson oʼz fikrini quyidagi shaklda ifoda qilishi 
mumkin: Ehtimol, Marsda organik hayot bordir Yigirma birinchi asr boshlarida fan 
va texnika progressi hozirgi davrdagidan taxminan uch baravar ortishi mumkin; 
Jahondagi foydali qazilmalar zapasi yana bir yuz ellik-ikki yuz yilga yetsa kerak va 
boshqalar. Bunday hukmlar ehtimollik hukmlari deb ataladi. Narsa bilan xususiyat 
oʼrtasidagi aloqani taxminan emas, balki haqiqatda aniq bilganimizda biz oʼz 
fikrimizni mana bunday shaklda izhor qilamiz: Bizning Milliy Universitet Oʼrta 
Osiyoda eng keksa oliy oʼquv yurti maskanidir; Maktabimizda fizika kabineti juda 
yaxshi uskunalar bilan jihozlangan; “Istiqlol” jamoasi paxta topshirishda oldinda; 
maktab kutubxonasida koʼp yangi kitoblar bor. Bunday hukmlar voqelik 
(assertorik) hukmlari deb ataladi.
Hukmning shunday yuqori shakli borki, unda faqat haqiqatda boʼlgan voqea 
qayd qilinmasdan, balki narsa bilan xususiyatning aloqasi qonuniy ekanligi aniqlab 
beriladi. Masalan, Butun dunyoda, tinchlik gʼalaba qozonishi muqarra; Bazisning 
oʼzgarishi va tugatilishi ustqurmaning oʼzgarishi va tugatilishiga sabab boʼladi; 
Sezgi chegarasining meʼyori qanchalik kichik boʼlsa, mazkur analizatorning 
sezgirligi shunchalik yuksak boʼladi; Sezgilarning intensivligi qoʼzgʼatuvchi 
kuchining logarifmiga proportsionaldir. Bunday hukmlar zarurlik (apodiktik) 
hukmlari deb ataladi. Bunday hukmlarda inson narsa (voqelik, hodisa) bilan uning 
xususiyati oʼrtasida mahkam bogʼlinish borligini va bu bogʼlanishga zid keladigan 
boshqa bir holning boʼlishi aslo mumkin emasligini aks ettiradi.
Psixologiyada hukmlar ikkita asosiy yoʼl bilan hosil qilinishi taʼkidlab 
oʼtiladi. Birinchi yoʼl bilan hukm hosil qilinganda, idrok qilish zarur boʼlgan 
narsalarning bevosita oʼzi ifodalanadi. Ikkinchi yoʼl bilan esa bavosita mulohaza 
yuritish yordami bilan hukm amalga oshiriladi. Masalan: Bu avtomobilning yangi 
modeli. Mazkur misolda hukm chiqarishning birinchi yoʼli aks ettirilgan. 
Dastavval olimlar kashfiyot yoki ijodiy jarayonda nazariy jihatdan mulohaza 
yuritish yordamida hukm chiqaradilar. Ular chiqargan hukmning toʼgʼriligi 


61 
amaliyotda keyinchalik tasdiqlanadi, bu ikkinchi yoʼl bilan hukm chiqarishga 
misoldir.

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling