Filologiya fakulteti


Download 232 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi232 Kb.
#119454
Bog'liq
Xaydaraliyeva Nozima 17.59. AMALIY 2.docx


O
’ZBEKISTON RESPUUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

FILOLOGIYA FAKULTETI

O’ZBEK TILSHUNOSLIGI”KAFEDRASI

BOLALAR ADABIYOTI” FANIDAN

XAYDARALIYEVA NOZIMA ning

AMALIY MASHG’ULOTDAN BAJARGAN

TOPSHIRIG’I 2












T.Adashboyevning sermahsul va mohir tarjimon sifatidagi faoliyati ham o`ziga xosdir. U avvalo, jahon bolalar she’riyatining juda ko`plab yetakchi namoyondalarining she’riy asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilib, bolalar adabiyoti xazinasini boyitishga hissa qo`shadi. Shoirning "Men suv ichgan chashmalar" turkumidagi tarjimalari ijodkor iste’dodi va mahoratining serqirraligini asoslaydi. K.Chukovskiyning "Eshitmadim demanglar", "Toshbaqa", "Kular tipratikanlar", "Jenni", V.Berestovning "Ko`lmakdagi suratlar", "O`qishni bilsang o`zing", B.Zaxoderning "Samovar", "Bo`ri maqtasa…", "Itbaliq", gurizin shoiri Nodar Dumbadzening "Ketino", "Igna", tatar shoiri N.Yusupovning "Kechirasiz", Rustam Ming`alimning "Gilos", "Shamol esgach", yahud shoiri Ovsey Druzning



"Kutilmagan hodisa", "Tarozilar", litva shoiri Y.Markinkyavichyusning "Jang tugadi", "Mening kitobcham", V.Dankoning "Qorbobo bo`lsam agar", "Hasrat", tojik shoiri Saydali Ma’murning "Yaxshi odamlar", "Nima shirin?", qirg`iz shoiri K.Junushevning "Qayiq", "Qaydan bilsin?", "Necha so`mlik bolasan?", "Toshbaqaning shiori", "Boshi bormi?", qozoq shoiri Q.Murzalievning "Xolmirzaning "oti", "Tikan terdi", turkman shoiri O.Annadurdiyevning "Tovus", "Ninachi", "Savol-javob", polyak shoiri Yan Bjexvaning "Tuxum va tovuq", "Tuz haqida ertak", uyg`ur shoiri Uchqunning "Muhammadning savollari", arman shoiri G.Gabrielyanning "Misol", "To`g`ri javob", "Vachikning panjasi", belorus shoirasi N.Tulupovaning "Dars", "Nikitaning yoshlari", arab shoiri Bayon as Safadiyning "Rimaning savollari", "Shamol ham yig`laydimi?", ingliz shoiri Uolter De La Merning "Pat saqlanar yostiqda", "Berkinmachoq" she`rlari, "Otboqar" nomli nemis xalq ertagi, makedoniya xalq she`riyatidan "Teskari hisob" she’rlari tarjimalari shular jumlasidandir.

T.Aadashboyevning har bir she’rida bola hayoloti bilan sug’orilgan misralar ko’p uchraydi. Uning "Do`ppi", "Kesib turdim", "Mayiz" nomli she’rlari quvnoq yumor bilan sug`orilgan bo`lib, ularda kichkintoylarning goh sodda, goh beg`ubor, goh esa ozgina quv, ayyor xarakteri ochib beriladi. Aytaylik, "Mayiz" she’rining qahramoni – Lola ismli jajji qizcha. U mehmon tog`aning savollariga juda aqlli javob qaytaradi:

Oting nima, qizaloq?

– Men-mi, tog`a, Lolaman.

– Ol mayizdan bir hovuch,

– Yo`q, odobli bolaman.

Hovuchingiz kattaroq,

Siz bersangiz olaman…

“Sumalak” nomli qisqa she’rida esa yumoristik kayfiyat bola hayolotidagi singari ochib beriladi:

Boychechaklar nish urib,

To turguncha o’rnidan.

Bahor qishni tarnovga,



Osib qo’ydi burnida


Shoir salkam ellik yillik ijodi davomida ko`plab ballada, ertak va dostonlar yaratgan. "Ustaning baxti", "Dovonlar", "Burgutning o`limi", "Qismat" balladalari; "Sirli sharshara", "Nur daryo" dostonlari; "Adolatli qozi", "Oriyatli xo`roz", "Oltin yolli tulpor qissasi", "Roston xola - doston xola" ertaklari xalq og`zaki ijodi ta`sirida yozilgan.

Uyg`ur xalq ertagi asosida qayta yaratilgan "Adolatli qozi" ertagi sujetini jo`jalarga qiron keltirayotgan Tulki ustidan tovuqlarning qoziga arz qilishi bilan bog`liq voqealar tashkil etadi. Majoziy usulda bitilgan ushbu ertakda birinchi qozi - Arslon. Tovuqlarning arz-dodini tinglagan qozi haqiqatni ayon qilish uchun Tulkini so`roqqa chaqirtiradi:

Paydo bo`ldi quv Tulki, Yetmish yetti bukilib. Qo`ltig`ida paryostiq,

Ta’zim qilar yukinib:

Davlatingiz bir umr,

Bo`lsin bekam, ziyoda.

Yetmish yetti bukilib.

Qo`ltig`ida paryostiq,

Ta’zim qilar yukinib:

– Davlatingiz bir umr,

Bo`lsin bekam, ziyoda.

Ayyor, xushomadgo`y Tulki men tovuqning go`shtiga emas, patiga o`chman, chunki men yostiqdo`zman, mana, tovuq patlaridan sizga atab paryostiq tikdim, deya paryostiqni Qozining yonboshiga suyaydi. Sovg`a-salom olgan qozi ishni tekshirtirishni orqaga tashlaydi. Natijada Tulki qutulib qoladi.

Kun ortidan tun o`tib,

Falak charxi aylandi.

Bu orada Qashqir

Qozi qilib saylandi.

Tovuqlar endi bu qozi haqiqatni ro`yobga chiqarar, jinoyatchining jazosini berar degan umidda Qashqirga murojaat qiladilar. Tulki yana eski usulni qo`llaydi, bu qoziga ham paryostiq sovg`a qilib, qutulib qoladi. Ammo uchinchi marta Tayg`on qozi etib saylangan vaqtda tulkining hiylasi o`tmaydi. Shu sababli Qozi:
- Bu makkorni hoziroq,

Qirga quvib chiqinglar.

Tulki zoti uchrasa,

Tutib somon tiqinglar…

deb farmon beradi. Shu tariqa, xalq ertaklaridagidek, yaxshilik murodiga yetadi.

"Oltin yolli tulpor qissasi"da Olabuqa qishlog`idan o`n chaqirim naridagi Chotqol tizma tog`larining etagida joylashgan, "chor atrofni archazorlar kiprik misol to`sgan" Tulporko`l afsonasi qalamga olinadi. Bu adabiy ertakda inson tabiatidagi azaliy ochko`zlik, boriga qanoat qilmaslik oqibatlari xalq ertaklariga monand aks etgan. Adabiy ertakdan ma’lum bo`lishicha, Chotqol tomondan baytalini yeldirib, ovuliga qaytib kelayotgan cholning ayni peshin chog`ida Tulporko`l bo`yiga yetib kelishi voqea sujetiga asos bo`lgan. Chol issiqdan tolganligi sababli ko`lning yam-yashil qirg`og`i yaqinida bir pas dam olmoqchi, qolaversa, peshin namozini o`qish niyatida otdan tushadi. U namoz o`qish bilan mashg`ul bo`lgan vaqtda esa ko`lning o`rtasidan oltin yolli tulpor chiqib, "ko`kka sapchib pishqirib, ko`zi yonib, shaylanib", bo`z baytal atrofidan uch marta aylanadi.

Cho`pon esa beg`am, befarq,

Ibodatin buzmasdan-

Turib boqsa duldul ayg`ir

Sho`ng`idi ko`l qatiga.

…Oradan o`n ikki oy o`tib, cholning baytali oltin yolli qulun tug`adi. Ammo mol-dunyoga hirs qo`ygan kampir yana bitta shunday qulunli bo`lish dardida qaysar cholni aldab-avrab, Tulporko`lga qayta borishga ko`ndiradi. Chol baytalni minib, ko`l tomonga yo`l oladi, oltin yolli toychoq ham onasining ketidan qolmay, ularga ergashadi. Chol yana avji peshin chog`ida ko`l bo`yiga yetib keladi va:

Yozdi shoshib chakmonin

Olib-olmay tahorat.

Chol shunchaki, nomi uchun

Namoz o`qib o`tirar.

Oltin yolli ot tashvishi

Yuragini o`pirar.

Shunga yarasha, ko`ldan chiqqan tulpor toychoqning bo`ynidan tishlab, o`zi bilan ko`l ostiga olib ketadi. Chol esa barmog`ini tishlab qolaveradi.

Bu adabiy ertakda ham xalq og`zaki ijodi va A.S.Pushkin ertaklariga o`xshash insonning ochko`zligi, qanoatsizligi tufayli boridan ham ajrab qolishi, mahrum bo`lishi haqqoniy ochib berilgan.

T.Adashboyev umrining oxirigacha qalbi bolalik beg`uborligi, samimiyati, soddaligi, yorqin hayrat-u quvnoq topqirliklari olamida sobit turdi. Binobarin, shoir ijodi adabiyotshunoslikda keng o`rganilib, alohida tadqiqot mavzuiga ham aylanib ulgurgan. Jumladan, B.Ashurov o`z ishida shoir ijodining uch asosiy bosqichini ajratib ko`rsatadi:

1. XX asrning 60-70-yillari. Bu davrda u xalq og`zaki ijodi, jahon bolalar adabiyoti hamda o`zbek bolalar adabiyoti yetakchi namoyandalarining eng yaxshi an`analarini o`zlashtirgan.

2. XX asrning 80-yillari. Bu davrda T.Adashboyev o`zbek bolalar adabiyotida o`z o`rniga, o`z so`ziga ega bo`lgan shoir sifatida shakllandi, ijtimoiy dolzarb masalalarni bolalar she’riyatiga olib kirdi.

3. Istiqlol davri. Bu davr T.Adashboyev ijodiy kamolotiga rivoj qo`shdi. U ona-Vatan, kindik qoni to`kilgan muqaddas tuproq, milliy, tarixiy, madaniy va adabiy qadriyatlarimiz haqida to`lib-toshib kuylovchi, yosh avlodni ularga sadoqat ruhida tarbiyalashga da’vat etuvchi sermahsul ijod bilan mashg`ul bo`ldi.

T.Adashboyevning Vatan va tabiat mavzusiga bag’ishlangan she’ridan tahlili.


T.Adashboyev o`zi tug`ilib o`sgan qardosh Qirg`iziston Respublikasi O`sh viloyati tabiatini shu qadar mehr, samimiyat bilan tasvirlaydiki, ko`z oldingizda marjon-marjon manzaralar xushbo`yini sochib tizilaveradi:

Asqar tog`dan suv tushar

Qoyalarda yanchilib.

Deysan, nahot qarag`ay

Ko`kda qolgan sanchilib.

Kelar chanqoq bosgani

Kiyik, qulon ohista,

Arxar shohi ilinib

To`kilar xandon pista.

Qorli cho`qqi eslatar

Qirg`iz og`am tumog`in.

Tog` asalning hididan

Bitib qolar dimog`ing.

("Sarichelak")

Ijodkor tababiat hodisalarini shuqadar ipga teradiki uni o’qigan o’quvchining ko’z oldida bor manzara gavdalanadi.Bolalarch beg’uborlik aks etadi.

T.Adashboyev she`rlarida bola qalbining quvonchi, hayratlari, beg`uborliklari ufurib turadi:

Chaqmoq ko`kda yong`oq chaqdi,

Qizg`aldoqlar selda oqdi,



Quyosh yana kulib boqdi.

T. Adashboyev she`rlarining qahramonlari "Loyni bir oz tindirib suv zahrini sindirib" g`isht quyayotgan, "Sapchib oqqan suv bilan kim o`zarga yugurgan", xolasiga yordam uchun "... nonni botirib, qotirib qaymoq yegan", "Tog`dan ko`tarilgan quyoshni onasi yopgan patirga" o`xshatgan, buvisining ajinlariga qarab "Dazmol bosib olsangiz, tekis bo`lib ketardi", deb maslahat beradigan, kun bo`yi bog`dagi sirpanchiqda "vagon" bo`lib uchishgach, "Oqshom uyga... Shimning orti suzilib" qaytadigan quvnoq, topqir, xayolparast, mehnatkash, zavqi-yu ishtahasi tobida bo`lgan bolalardir.
Download 232 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling