Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 1 Buyuk o'zbek shoiri.O'zbekiston Qahramoni va O'zbekiston xalq shoiri. Shoir o'z hayot yo'lini shunday tasvirlaydi: Mening tug'ililib o'sgan, bolaligim o'tgan joylar Qarshi (qadimgi Nasaf) shahridan besh-o'n chaqirim shimolroq tomondagi Qo'ng'irtov etaklaridir: Bobolarimizning aytishicha, qaysi bir zamonlarda Navoiy bobomiz Samarqanddan Buxoroga ana shu Qo'ng'irtovni oshib o'tgan emishlar. Albatta, bu gaplar xalqning xotirasida o'qtin-o'qtin chaqnab turadigan xayol uchqunlari bo'lishi mumkin. O'sha Qo'ng'irtovda bizning bolalik yillarimiz o'tgan. Bahor kelganda havoni o't-o'lanning yoqimli xushbo'y hidi qoplar, sharros yomg'ir quyganda biz tog' cho'qqisi unguridagi kichik-kichik g'orlarga bekinib olardik. O'sha yuksaklikdan shimol tarafdagi yam-yashil bepoyon kengliklarni tomosha qilar edim, to'yib-to'yib nafas olar edim. Ayniqsa, bu joylarda janub kechalari, yulduzli osmon nihoyatda go'zal bo'lar edi. Tim qora osmonda qo'l cho'zsang yetgudek ulkan-ulkan novvotrang yulduzlar charaqlab turadi. Hayotimda bunday go'zal manzaralarni keyin uchrata olmadim. Biz oilada to'rt o'g'il, to'rt qiz o'sganmiz. Akalarim Buxoro, Toshkent oliy o'quv yurtlarida til-adabiyot fakultetlarida o'qishardi. Tabiiyki, ular ko'tarib yurgan kitoblarning aksariyati badiiy adabiyot namunalari edi. Mening allaqachon savodim chiqqan, kitoblarni sharillatib o'qiy olardim. Men bugungi kunda g'oyatda ajablanib shularni eslayman. Negadir bolaligimda hotiram nihoyatda kuchli edi. Bir o'qiganim esimda qolaverar edi. Radio, televidenie yoxud boshqa tomoshalar bolmaganidan keyin ermagim kitob edi-da. Duch kelgan narsalarni o'qib, duch kelgan narsani yodlab olardim. Bu kitoblar orasida halq dostonlari ham, Navoiy bobomizu Pushkindan tarjimalar ham, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon she'riyati va yana boshqa ko'p ro'monu qissalar bo'lardi. Darvoqe, qish kunlarida to'ylarga qo'shni tumanlardan nomdor baxshilar kelib, tong otguncha doston aytishardi. Biz bolalar baxshini tinglay-tinglay bir-birimizga biqinishib uxlab ham qolar edik. Yanglishmasam, o'shanda Umur shoir degan baxshining dostonlarini ko'p eshitganman. Endi birinchi she'rlar yoza boshlaganimga nima turtki bo'lganini aniq bilmayman. Har holda so'zlarni qofiyalashga ishqiboz bo'lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib, nimanidir yozgim kelaverardi. Fikr esa yo'q. Yozmaslikning ham iloji yo'q. Shuning uchun ona, ota, maktab, brigadir Nodir kabi gaplarni o'zimcha she'rga solib aylantirib yurardim. Maktabni oltin medal bilan bitirdim va 1958 yil Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetining jurnalistika bo'limiga kelib qoldim. Saylanma. Abdulla Oripov Download 281.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling