Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc


Download 281.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/84
Sana14.07.2023
Hajmi281.28 Kb.
#1660215
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
139
Turibman qo‘limda qadah shu palla
Demak, jom so‘zimni aytmasam bo‘lmas 
Sizga baxt tilashim mumkin baralla, 
Lekin baxtli qilish qo‘limdan kelmas. 
Tilayman albatta sog‘liq va umr, 
Tuhfa qilolmasman lekin ularni. 
Tilayman hech so‘nmas ilhom va surur, 
Garchand berolmasman bu tuyg‘ularni. 
Men faqat siz uchun orttirib alam, 
Yo‘lingiz to‘smasman devorga o‘xshab. 
G‘alvali dunyoda shuning o‘zi ham, 
Mening nazarimda juda katta gap. 
2000 yil, oktyabr 
* * * 
Mana bu hikmatga, do‘stim, sol quloq, 
Balki senu menga bo‘lgay bir saboq. 
Posbonning qovog‘i uyilgan bo‘lsa, 
Hatto jannatga ham tortmaydi oyoq. 
2000 yil 4 dekabr 
XAROBAZOR 
Dunyoda ming yillik xarobalar ko‘p, 
Urushlardan yodgor, sellardan yodgor. 
Mozorlar qalashib yotibdi to‘p-to‘p, 
Aslida ular ham cho‘ng xarobazor. 
Vujudimni teshar yillar shamoli
Yurak tilka-tilka turfa ozordan. 
Bolam, xabar olgin, tutmay zavoli, 
Shoir deb atalgan xarobazordan. 
2000 yil 4 dekabr 
O’ZBEKMAN 
Yangi bir asrning ostonasi bu
Yetishdim umrimning qutlug‘ yoshiga. 
Tilimda shukrona, dilimda g‘ulu, 
Tarix sarkotibin keldim qoshiga: 
- Mana, men - O’zbekman, qo‘limda tu 
Va barcha a’molim bitilgan kitob. 
Shuning ichidadir borim va yo‘g‘im, 
Shuning ichidadir men uchun oftob. 


Saylanma. Abdulla Oripov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
140
O’zbekman, inshoolloh, iymonim butun 
Tilim qisiq emas bashariyatdan. 
Kimgadir tengdirman, kimdandir ustun 
Zuvalam qorilgan samimiyatdan. 
O’zbekman, gohida iqbolim kulib, 
Gohida o‘zimdan chiqqan ofatim. 
Dunyoni olsam-da jahongir bo‘lib, 
Go‘dak yig‘isiga yo‘qdir toqatim. 
O’zbekman, qanchalik jafo chekmayin
O’zimga haq bo‘ldim, o‘zimga haqman. 
Yashadim yovlarga bo‘yin egmayin, 
Bu kun o‘z erkiga erishgan xalqman. 
Istiqlol, ketma yurt peshonasidan, 
Tole, tark etmagin bizni ilohim. 
Mana, yangi asr ostonasidan 
O’tdim. Bismillohir rahmonir rohiy 
2000 
NAVRO’Z 
Avval yuragingga mo‘ralaydi u, 
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z. 
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu
Demak, Bahor keldi
Kelmoqda Navro‘z. 
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy, 
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz. 
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy, 
Demak, Bahor keldi, 
Kelmoqda Navro‘z. 
Ona bag‘ri kabi iliqdir olam, 
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz. 
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am, 
Demak, Bahor keldi, 
Kelmoqda Navro‘z. 
Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi, 
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z. 
Yana dildorlikning fursati yetdi
Demak, Bahor keldi, 
Kelmoqda Navro‘z. 
2001 

Download 281.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling