Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
FAXR Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
FAXR
Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 127 Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashi sessiyasida o‘qilgan she’r Kimdir maqtanadi san’ati bilan, Birov ilmu fanga rag‘bati bilan. Kimdir she’ri bilan maqtansa, kimdir Maqtanar mol-dunyo, davlati bilan. Kimdir o‘rmonlarin ko‘kka ko‘tarsa, Kimdir gerdayadi shaxmati bilan. Ularning bari-ku insonga xosdir, Birma-bir kelgaydir navbati bilan. Toshkentda haykal bor bir oilaga, Shon topmish yetimga shafqati bilan. Ahli Kesh maqtansa arziydi - Temur Jahonni zabt etdi sarvati bilan. O’zbekning boshidan zar sochsin dunyo, Topdi u rizqini zahmati bilan. Uning asosidir - buyuk bobolar Bizga ibrat bo‘ldi mehnati bilan. Bizdek nochorlar-ku yerga qaraymiz, Kimdir osmon bo‘ldi savlati bilan. Qashqadaryo xalqi faxr etar doim Islomi yaratgan shavkati bilan. 1998 yil, iyun HISOBOT Hayotda uchraydi turli hodisot, Balki biri yaxshi, boshqasi yomon. Lekin har biriga bordir hisobot, Qayda u yuz berdi? Kim bilan? Qachon? Necha buyuk zotlar o‘tdi hasratda, Bog‘larda quzg‘unlar oshiyon qurdi. Mana shu asrda, shu mamlakatda, Kelgindi kimsalar davrini surdi. Men-ku, o‘ylamasman o‘zimni bukun, Har qalay, el bilan o‘lmagan jonman. Battol asr hali topmasdan yakun Ozod bo‘la olgan O’zbekistonman! Sharaflab taqdirning iltifotini Mujdalar kelmoqda ovuldan, kentdan. Qarangki, Istiqlol mukofotini Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 128 Olibmiz Birinchi Prezidentdan! 1998 TUSHMASIN U yiroq tog‘larga qor tushsa tushsin, Sening bog‘laringga zinhor tushmasin O’rtaga ayriliq, zor tushsa tushsin, Va lekin hech qachon ag‘yor tushmasin. Men sekin kuzatdim shitob dunyoni, Nechog‘ omonatdir odamzot joni. Qo‘ling endi oshga yetgani oni, Boshingga nogahon cho‘qmor tushmasin. Birov tinglamasa suxan ne kerak, Har kimga buyursin sirdosh bir yurak Agarda bor bo‘lsa sodiq do‘st-tirgak, Oraga to‘g‘anoq - devor tushmasin. Uchragay dunyoda turfa xil armon, Gohi g‘olibdirsan, goh mag‘lub, nolon. Ko‘nikkay bariga hayotda inson, Lekin g‘am ustma-ust, takror tushmasi Tepangda bor ekan Parvardigoring, Magarki elu yurt nomus va oring. Vatanni kuylamak bo‘lsa shioring. Dilingga boshqa hech qaror tushmasin. 1998 Download 281.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling