Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc
Download 281.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She\'rlar
O’ZBEK ONASI
Mushtipar ham o‘zing, buyuk ham o‘zing, Kuyinchak ham o‘zing, kuyuk ham o‘zing, Olamga tatirlik suyuk ham o‘zing, Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 134 Seni To‘maris deb, maqtaganim bor, Sen Temur beshigin tebratgan bedor, Sensan Bibixonim, Nodirai zor, Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. Vatanni Ona deb bekor aytilmas, Ona buyurganda yo‘ldan qaytilmas, Sen o‘zing Ka’bamsan, Baytul muqaddas, Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. Boshingdan nimalar o‘tmadi axir, Vatandek taqdiring bo‘ldi goh taxir, Bobur shoh bo‘lsa-da, qoshingda faqir, Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi, Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. Kelajak toychog‘u toyingizdadir, Jannat ham, albatta poyingizdadir, Vatan-ku, Siz turgan joyingizdadir, Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. Sizga ta’zim qilib turibman bu payt Sizga baxshidadir eng shohona bayt, Aziz Yurtboshingga duolaring ayt, Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi Ey, o‘zbek onasi, o‘zbek onasi. 1999 yil, 6 mart TUSH Agarda tush bilan o‘zgarsa dunyo, Tush bilan aylansa vaqtu zamonlar, Yomon tush ko‘rganlar ko‘karmay aslo, Qirilib ketardi allaqachonlar. Yaxshi tushlar ko‘rsin har kim ham, biroq Bu bilan ham bitmas dunyo ishlari. Yaxshi tush ko‘rganlar g‘am bilmay mutloq, Baxtli yashar edi ehtimol bari. 1999 OLIY NE’MAT Pir Xoja yo‘liqdi nogahon dardga, Holi tang, rangi ham aylangan zardga. Saylanma. Abdulla Oripov www.ziyouz.com kutubxonasi 135 Qilmagan doriyu darmon qolmadi, Yelib-yugurishdan armon qolmadi. Dunyodan umidin uzar bo‘ldi u, Oxirat kengashin tuzar bo‘ldi u. Xullas, paymonasi to‘lganda butkul, Kirdi eshigida ishlab yurgan qul. Qulning tabiblikka daxli bor edi, Unga shu asnoda omad yor edi. Quldan bo‘ldimikan, Xalloqdanmi yo, Hoja shifo topdi, ba haqqi xudo: Ayo, qul, sen bo‘lding dardim davosi, Qilgan xizmatingning yo‘qdir bahosi. Sochayin boshingdan oltin va kumush, Olgin xazinamdan eng katta ulush. Istasang, mulkimning teng yarmin beray, Yoki men qulimni shod, xurram ko‘ray. Qul dedi: - Hozirman xizmatingizga, Rahmat ham ayturman himmatingizga. Hattoki xunning ham narxi bor, Xoja Bebahoning bundan farqi bor, Xojam Xoja o‘ylab dedi: - Nima ekan u? Qandayin ne’mat u? Qandayin inju? Aytgin armoningni, bajargum shu zum Axir, sen tufayli ochiqdir ko‘zim. Qul dedi: - Bir ne’mat bordir - bebaho Unga sadqa bo‘lsin molu mulk, dunyo. Falaklar bekordir uning qoshida, Malaklar bekordir uning qoshida. Unga nisbat bersa - qafasdir jannat U shundoq tansiq his, tengi yo‘q ne’mat. - Uning nomi ne deb, qistardi Xoja Sirni bilmoqlikni istardi Xoja. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling