1-mavzu. Korxona boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobining ahamiyati reja


Download 231.79 Kb.
bet12/17
Sana30.04.2023
Hajmi231.79 Kb.
#1414218
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Doniyor G\'aniyev

1-muomala. Mol yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq 15 % bo‘nak o‘tkazildi.
Dt 4310-«TMQlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» schyoti 9180
Kt 5110-«Hisob-kitob schyoti» schyoti 9180
2-muomala. Mol yetkazib beruvchilardan quyidagi materiallar korxonaga keltirilgan, so‘m hisobida:
«A» material – 20000 so‘m (1000 kg x 20 so‘m)
«B» material – 40000 so‘m (1000 kg x 40 so‘m).
Jami 60000 so‘m
Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish qiymati korxona hisobiga mol yetkazib beruvchilar tomonidan to‘langan.1200 so‘m
H a m m a s i: 61200 so‘m
Materiallarning shartnoma narxlari bo‘yicha sotib olinishi dastavval 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotining debetiga yoziladi. Materiallarni temir yo‘l orqali tashib keltirish uchun transport-tayyorlov xarajatlarining summasi ham ushbu schyotga olib boriladi. Lekin ushbu summalar alohida kolonkalarda aks ettiriladi (1510-schyot). Ushbu muomala bo‘yicha 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti kreditlanadi. Chunki, bu schyot passiv bo‘lib, sotib olingan materiallar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan qarzlarning ko‘payishi uning kreditida aks ettiriladi. Shunday qilib, mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan qarzlarning umumiy summasi 61200 so‘mni tashkil etadi.

Dt 1510«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyoti

61200 so‘m.

Kt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti

61200 so‘m.

Ushbu muomalani rasmiylashtirishda 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotida sotib olingan materiallarning shartnoma narxlari bo‘yicha qiymati – 60000 so‘m va transport-tayyorlov xarajatlari – 1200 so‘m alohida aks ettiriladi.

Download 231.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling