1-mavzu. Korxona boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobining ahamiyati reja
Download 231.79 Kb.
|
Doniyor G\'aniyev
3-muomala. Materiallarni temir yo‘l stantsiyasidan korxona omboriga tashib keltirganligi uchun transport tashkilotiga 3000 so‘m hisoblandi. Ushbu summa transport-tayyorlov xarajatlarini aks ettiradi va olingan materiallarning haqiqiy tannarxiga qo‘shilishi lozim. Ushbu xarajatlarning ko‘payishi 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotining debetida ham yozilish mumkin. Ushbu summaga 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti kreditlanadi, chunki uning kreditida transport tashkilotiga bo‘lgan qarzning ko‘payishi aks ettiriladi.
Dt 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyoti 3000 so‘m Kt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilargi to‘lanadigan schyotlar» schyoti… … … 3000 so‘m 4-muomala. Sotib olingan materiallar shartnoma bahosi bo‘yicha (60000 so‘m) omborga kirim qilindi. Ularning kirimi 1010-«Xom-ashyo va materiallar» aktiv schyotining debetida aks ettiriladi. 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyoti debetida avval aks ettirilgan faktura qiymati (60000 so‘m) uning krediti bo‘yicha hisobdan chiqariladi. D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» schyoti – 60000 so‘m. K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyoti – 60000 so‘m Muomalalarni sintetik schyotlarda aks ettirish bilan bir vaqtning o‘zida «A» va «B» materiallarni hisobga oladigan analitik schyotlarda ham ularning ulgurji baholari bo‘yicha, ya’ni «A» material – 20000 so‘m va «B» material 40000 so‘m aks ettiriladi. 5-muomala. Mol yetkazib beruvchilardan olingan materiallar bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlariga to‘g‘ri keladigan farq summa (4200 so‘m) aniqlandi (2-muomala bo‘yicha 1200 so‘m + 3-muomala bo‘yicha 3000 so‘m). Ushbu summa 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotining debet oboroti (64200 so‘m) va kredit oboroti (60000 so‘m) ni solishtirish natijasida aniqlanadi. Mazkur schyotni yopishda farq summa (4200 so‘m) 1610-«Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotining debetiga olib boriladi, ya’ni: D-t 1610-«Materiallar qiymatidagi farqlar» schyoti 4200 so‘m K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyoti 4200 so‘m 6-muomala. Mol yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq o‘tkazilgan 15 foizlik oldin to‘lov (bo‘nak) – 9180 so‘m hisobga qabul qilindi: D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» – 9180 so‘m K-t 4310-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘langan bo‘naklar» schyoti– 9180 so‘m. Download 231.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling