1 mavzu. Korxona tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida
Qo’mita tomonidan belgilangan xalqaro bank nazoratining tamoyillari
Download 0.9 Mb.
|
61-мавзу
Qo’mita tomonidan belgilangan xalqaro bank nazoratining tamoyillari:Chet mamlaktlar banklari tomonidan boshqa davlatlarda tashkil qilingan bank muassaslari faoliyatini nazorat qilish ikkala davlat nazorat organlariga yuklatildi. Likvidlik bo’yicha nazorat xorijiy bank muassasasi ochilgan davlat nazorat organlarining vazifasi hisoblanganligi sababli, likvidlikni boshqarishda xorijiy banklar mahalliy me’yorlarga rioya qilishlari lozim. Xorijiy banklarning to’lovga layoqatliligini nazorat qilish ushbu bank joylashgan davlatning nazorat organlariga yuklatiladi. Amaliy xamkorlik xorijiy bank joylashgan va uning muassasasi ochilgan davlatlarning nazorat organlari o’rtasida ma’lumot almashish hisobidan ta’minlanadi. Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Repsublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 sentyabrdagi 326 sonli qarori bilan Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tashkil etildi. Ushbu Fonda barcha tijorat banklari va xorijiy banklarning sho’ba banklari tomonidan jalb etilgan omonatlar sug’urtalanadi. Bunda banklar Fond bilan yozma bitim tuzishlari kerak bo’ladi va majburiy badal to’lovlarnini amalga oshirib boradilar. O’zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi Bank tizimiini yanada erkinlashtirish va isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq 2002 yil 5 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida”gi qonunini qabul qilinishi bilan respublikamizda aholi omonatlarini kafolatlash tizimi tashkil etildi. Majburiy badallar 2 xil bo’ladi: bir yo’la to’lanadigan badalni banklar Fondga a’zo bo’lib kirganda to’laydi va u bank ustav kapitplining 0,1 % miqdorida bo’ladi. kalendar tartibda to’lanadigan badalni banklar yilning har choragida to’lab borishadi. Bu badal bankdagi omonatlarning yil choragidagi o’rtacha miqdorining 0,5% miqdorida bo’ladi. Bu ikkala badallarning umuiy summai omonatlar qoldig’ining 5%ga etganda kalendar tartibda to’lanadigan badallarni to’lash to’xtatiladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling