1-mavzu. Korxonalarni soliqqa tortish va soliq yukini pasaytirish


Korxonalarda soliqlar va majburiy to’lovlar hisobini


Download 47.55 Kb.
bet2/4
Sana30.10.2023
Hajmi47.55 Kb.
#1733436
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu. Korxonalarni soliqqa tortish va soliq yukini pasaytiris-fayllar.org

Korxonalarda soliqlar va majburiy to’lovlar hisobini


tashkil etish zarurati
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy vazifasi ichki va tashqi foydalanuvchilarni axborot bilan ta’minlashdir. O’zbekistan Respublikasi Soliq Kodeksida belgilanganidek,-soliqlar muayyan miqdorlarda undiri- ladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va begaraz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yunaltiriladigan majburiy pul to’lovlaridir. Soliq Kodeksida soliq to’lovchilar zimmasiga soliqka oid bir kator majburiyatlar yuklatilgan. Ushbu majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik soliq to’lovchiga nisbatan moliyaviy va ma’muriy yoki jinoiy jazo choralarini kullashga sabab buladi.
Soliq majburiyati - ma’muriy huquqiy munosabati bo’lib, unga asosan soliq to’lovchi soliq qonun xujjatlarida belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlarida hisobda turish, soliq va majburiy to’lovlarni belgilangan tartibda hisoblash, byudjetga to’lash, buxgalteriya hamda soliq hisob-kitoblarini yuritish va vakolatli organlarga topshirishdir.
Soliq majburiyatlari:

  • qonun xujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini to’zishi


  • soliq majburiyatlarini o’z vaqtida va tulik hajmda bajarishi


  • davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi,


shuningdek mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga tuskinlik kilmasligi shart.


  • davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi xujjatlarni takdim etittti


  • soliq tekshiruvlari o’tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish, to’lash bilan bog’liq xujjatlar hamda ma’lumotlarni takdim etishi


  • soliq to’lovchilarga to’lanadigan mablag’lardan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’g’ri va o’z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab kolishi hamda byudjetga va davlat maqsadli jamgarmalariga o’tkazishi;


  • soliq to’lovchilarga to’langan daromadlarning, ushlab kolingan hamda byudjetga va davlat maqsadli jamgarmalariga o’tkazilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisobini yuritishi, shu jumladan har bir soliq to’lovchi bo’yicha aloxida-aloxida hisob yuritishi shart.


Soliq to’lovchidan soliq majburiyatlarini o’z vaqtida va tulik hajmda bajarishi uchun quyidagi vazifalarni bajarishni talab etadi.


  • davlat soliq xizmati organlarida hisobda turish;


  • yuridik manzili o’zgargan takdirda, davlat soliq xizmati organlariga xabar berish;


  • hisoblangan soliq va majburiy to’lovlarni o’z muddatida to’lash.


Xo’jalik jarayonlarini o’z vaqtida, to’g’ri va aniq xujjatlashtirish


nafaqat buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etishga balki, soliq ob’ektlari hamda u bilan bog’liq ob’ektlar hisobini tashkil etish va soliq bazasini to’g’ri aniqlashga xizmat qiladi. Moliyaviy hisob ma’lumotlari soliq hisobotlarini to’zish uchun yetarli bulmaydi. SHuning uchun moliyaviy hisob ma’lumotlari asosida korxona buxgalteriya xizmati tomonidan soliq hisobotlarini to’zish uchun zarur kushimcha soliq hisobi registrlari, ma’lumotnomalar to’zilishi kerak.
Soliq maslaxatchisi o’z xizmat vazifasini yuqori darajada bajarishi uchun buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy tahlil metodologiyasini chukur bilishi zarur. Bu sohalar bo’yicha bilimga ega bo’lgan soliq maslaxatchisi mijozga soliq harajatlarini optimallashtirish bo’yicha to’g’ri maslaxatlar bera oladi.
Soliq maslaxatchilari tashkilotlari:

  • buxgalteriya hisobini yo’lga quyish, tiklash va yuritish;


  • moliyaviy hisobot to’zish;


  • buxgalteriya hisobi, menejment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari bo’yicha konsalting xizmatlarini xam ko’rsatishi mumkin.


Respublikamizda soliq siyosati yildan yilga takomillashib bormoqda. Yangi taxrirdagi O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksini ishlab chiqish zaruriyati:


-soliq tizimining murakkablashuvi;
-soliq qonunchiligining bir xil talkin qilinmasligi;
-to’g’ridan - to’g’ri amal kiluvchi xujjat bo’lmaganligi;

  • soddalashtirilgan soliq solish tartibi va ayrim soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarni soliq kodeksi bilan emas, balki me’yoriy xujjatlar bilan tartibga solinishi.


Mustaqillik yillarida O’zbekistonda soliq tizimining shakllanishi, soliq siyosatining takomillashishi buxgalteriya hisobini rivojlanishi va uning uslubiyotini takomillashuviga olib keldi. Respublikamizda «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi ^onunni qabul qilinishi, buxgalteriya hisobi milliy standartlarining (BX,MS) ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq qilinishi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlarini tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizom 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarorini qabul qilinishi (keyingi o’zgarishlari bilan) soliq siyosatining yanada takomillashuviga asos buldi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga mos bo’lgan buxgalteriya hisobining huquqiy-me’yoriy asosi yaratildi degan xulosaga kelishimiz mumkin.


  1. Korxonalarda soliqlar va majburiy to’lovlar hisob- kitoblarining hisobini tashkil qilish


Korxonalarda byudjet bilan bog’liq munosabatlarda soliqlar va majburii to’lovlar buiicha davlat va soliq to’lovchilar urtasidagi moliyavii munosabatlar sifatida makon va zamonda hisobga olinishi lozim. Bular, bir tomondan, soliq to’lovchi shaxs, ikkinchi tomondan, soliqni davlat foIdasiga undirib oluvchi shaxs, ya’ni soliq idoralari. Birinchi shaxs soliqlarni to’lovchi sifatida hisob yuritsa, ikkinchi shaxs esa ularni undirib oluvchi shaxs sifatida hisob yuritadi.


Soliqlar va majburiI to’lovlar hisobining ushbu ikki turi bir - biridan maqsadi, vazifalari, yuritilish tartibi, uslubi va usullari, texnikasi, xujjatli rasmiIlashtirilishi hamda boshqa jihatlari bilan bir-biridan tubdan farq qiladi.
Bozor munosabatlariga utish, ushbu sharoitda mamlakatimiz uchun butkul yangi soliq qonunchiligi xujjatlarini yaratilishi hamda xayotga jorii etilishi umuman buxgalteriya hisobining, shu jumladan soliqlar hisobining yangi munosabatlarga, yangicha xo’jalik yuritish talablariga mos bo’lgan kontseptual asoslarini yaratish masalasini kundalang qilib quydi.
Bundai turdagi qonunbo’zarliklar bosh omili hisob-kitob ishlarini to’g’ri yuritmaslik hisoblanadi. SHu tufayli soliq to’lovchilarda buxgalteriya hisobining to’g’ri yuritilishini nazorat qilish muxim iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy axamiyatga masalalardan biridir.
Mamlakatimizda soliqlar va majburiy to’lovlar buxgalteriyada hisobga olish “Buxgalteriya hisobining milliy andozalari”da belgilangan tamoyillar asosida har bir soliq turi bo’yicha aloxida-aloxida olib boriladi. Soliqlarning buxgalteriya hisobini tashkil etish, avvalo soliq to’lovchining hisob siyosatida o’z aksini topmogi lozim.
Amaldagi qonunlarda soliq to’lovchi yuridik shaxs mansabdor shaxslari daromadini yoki soliq solishning boshqa ob’ektlari hisobining yukligi, bu hisobni belgilangan qonunchilikni bo’zgan holda yuritilganligi, shuningdek soliq organlariga soliqdarni hisoblash va to’lash uchun zarur bo’lgan hisobotlar, hisob-kitoblar hamda boshqa xujjatlarni o’z vaqtida takdim etmaganligi, foydani yoki boshqa soliq solish ob’ektini yashirganligi (kamaytirib ko’rsatganligi) uchun jazoga tortilishi belgilab qo’yilgan.
Lekin qonunchilik soliq to’lovchilarni soliq hamda boshqa majburiy to’lovlar summalari tulanmagan yoxud butunlay tulanmaganlikka olib kelgan xatolarini soliq organining tekshiruvidan oldin aniqlagan, buxgalteriya hisobida hamda soliqlar va to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblarga to’zatishlar kiritgan takdirda, ularni jazodan ozod etishni xam nazarda tutadi.
Demak, yuridik shaxslar tomonidan hisoblangan soliqlar va ularni byudjetga o’tkazish, amalga oshirilgan harajatlar, soliqlar va buxgalteriya hisobini aniq va to’g’ri tashkil etish, soliq to’lovchilar majburiyati bo’lib kolmasdan, balki bundan ularni manfaatdorligini xam keltirib chiqaradi. SHuningdek, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat urtasidagi munosabatlar tahlil qilib borilib, islohotlarni amalga oshirish istiqbollari xam belgilab boriladi.
SHu sababli soliqlar hisobini to’g’ri tashkil etish va yuritish korxonani katta miqdorda jarimalar to’lashni oldini olishga, davlatga esa belgilangan tushumlarni o’z vaqtida byudjetga tushishini ta’minlaydi. Bayon etilganlardan ko’rinadiki, hisob tizimida amalga oshirilgan islohotlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda sodir etilgan jarayonlar hamda ular harakatini xalqaro andozalar asosida to’g’ri va o’z vaqtida aks ettirib borish imkoniyatini bermoqda.
Hozirda buxgalteriya hisobi tarkibiy qismlari "Moliyaviy hisob" va "Boshqaruv hisobi"ning urni va axamiyati keng ochib berildi. Lekin bu hisob va audit tizimida olib borilayotgan islohotlar tugadi deyish uchun asos bula olmaydi. CHunki amaldagi "Moliyaviy hisob" va "Boshqaruv hisobi" tizimida soliqlar hisobiga yetarli e’tibor berilmagan. Yuqorida ta’kidlanganidek olimlar tomonidan “Soliqlar hisobi” qanday bo’lishi va u kaysi tarkibda bo’lishi to’g’risida aniq tuxtamga kelinmagan. Xrlbuki, soliqlar hisobi bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida muxim axamiyatga ega. CHunki soliqlarni to’g’ri hisoblash va byudjetga belgilangan muddatlarda to’lash tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy holatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliqdar va yigimlarni o’z vaqtida to’g’ri hisob-kitob qilish va tulab borish natijasida korxona iqtisodiy zarar kurmaydi. Aksincha esa korxona iqtisodiy zarar kuradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek soliqlar davlat va soliq to’lovchilar urtasidagi moliyaviy munosabatlar sifatida makon va zamonda hisobga olinishi lozim. Soliqlar hisobining makon va zamondagi makomi, uning hisob tizimidagi urni masalasi bo’yicha mualliflar qarashlari uchta guruxga ajratish mumkin ekanligini ko’rsatdi.
  1. gurux - bu soliqlar va majburiy to’lovlar hisobini korxonalar ichki hisob tizimining bir turi sifatida e’tirof etish.


  2. guruxga soliqlar va majburiy to’lovlar hisobini buxgalteriya hisobining bir turi deb hisoblaydigan olimlarni kiritish mumkin.


Xorijiy mamlakat olimlarining aqsariyati soliqlar hisobini buxgalteriya hisobining quyi tizimi, deb e’tirof etadilar. Soliqlar va majburiy to’lovlar hisobi mazmun va moxiyatiga, tashkiliy va boshqa jihatlariga ko’ra korxonalar buxgalteriyasiga yuklatilgan funktsional majburiyatlardan bir hisoblanadi. Soliqlar hisobining to’g’ri va o’z vaqtida yuritilishiga respublikamiz qonunlariga muvofiq korxona rahbari va bosh hisobchi moliyaviy va ma’muriy jihatdan javobgardir.


Korxonada urnatilgan hisob siyosatiga ko’ra soliqlar hisobi bosh hisobchining o’zi yoki aloxida bulim, mas’ul shaxs (shaxslar) tomonidan bosh hisobchi javobgarligida olib boriladi. Bulardan xulosa qiladigan bo’lsak, soliqlar hisobini korxonalar tomonidan yuritiladigan buxgalteriya hisobidan ajratib bulmaydi. Demak, soliqlar hisobi umuman olganda so’zsiz buxgalteriya hisobiga tegishlidir. Soliqlar hisobining predmeti bo’lib soliq to’lovchilar tomonidan tulanadigan soliq to’lovlari
hisoblanadi. Soliqlar hisobining ob’ekti har bir soliq turi, ular bo’yicha soliqka tortiladigan baza, soliq imtiyozlari, soliqka doir joriy va kechiqtirilgan harajatlar, joriy va o’zoq muddatli majburiyatlar, soliqlar bo’yicha moliyaviy, ma’muriy jarimalar, ularni undirilishi va hisobdan chiqarilishi kamda boshqalar hisoblanadi. Har bir soliq turi bo’yicha hisobning ushbu ob’ektlari o’zining mazmun va moqiyatiga, xususiyatlariga egadir. Ushbu xususiyatlar davlatimizning soliq qonunchilik kujjatlarida tulik o’z aksini topgan, ular to’g’risida ishimizning keyingi bulimlarida yana alokida tuxtalamiz.
Soliqlar hisobining sub’ektlari bo’lib, yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, turli mulkchilik shaklidagi va tashkiliy-kukukiy makomdagi korxonalar hisoblanadi. Hisob birligi sifatida ushbu korxonalar turli soliq rejimlarida faoliyat ko’rsatuvchilar bo’lib hisoblanadi.
Soliq to’lovlarini hisobga olishda buxgalteriya hisobining metodini tashkil kiluvchi usullarning barchasidan foydalaniladi. Lekin, shuning bilan birga ushbu usullarni soliq hisobida kullash o’ziga xos xususiyatlarga ega buladi. Misol uchun, bakolash usuli negizida yotuvchi kiymat tushunchasi turli maqsadlarda turlicha mazmun kasb etadi. CHunonchi, K^Sni hisob-kitob qilishda bojxona kiymati, sotish kiymati, sof sotish kiymati, kakikiy tannarxdagi kiymati, urtacha kiymat, qoldiq kiymat va shu kabi kiymatning boshqa turlari qo’llaniladi. Boshqacha aytganda soliqlarni hisob-kitob qilishda soliq solish ob’ektini topish uchun yaxlit shakl va mazmundagi kiymatdan foydalanib bulmaydi.
Soliqlar hisobini yuritishga asos buluvchi bosh kujjat bo’lib asosan maxsus hisob-kitob shakllari hisoblanadi. CHunonchi, ushbu hisob-kitoblar turli soliqlar bo’yicha turli shakl va mazmunga ega buladi. Soliqlarning tizimli hisobini yuritish schyotlar va ularga ikki yokdama yozuv usulidan keng foydalanishni takozo etadi. SHuning bilan birga byudjet oldidagi qarzlarni hisobi uchun muljallangan umumiy buxgalteriya schyotlari soliqlarning batafsil (keng mazmundagi) hisobi uchun yetarlicha bulmaydi.
SHu sababli xam soliqdarning batafsil hisobini yuritish uchun aloxida maxsus schyotlarni yuritish lozim. Ushbu schyotlar tizimini har bir xo’jalik yuritish sub’ekti o’zining hisob siyosatiga karab belgilaydi.
Buxgalteriya hisobining umumiy usullari bo’lgan balans va hisobotda soliqlarning hisoblangan, o’tkazib berilgan summalari, shuningdek ular bo’yicha debitorlik va kreditorlik qarzlarning holati to’g’risida yigma ma’lumotlar aks ettiriladi. Soliqlarning batafsil hisobi korxonalar moliyaviy hisobining ushbu shakllari beradigan ma’lumotlarni yanada xam boyitib, ularning ichki va tashqi axborot iste’molchilari uchun foydalalik darajasini oshirish imkonini beradi.




  1. Download 47.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling