1-mavzu. Korxonalarni soliqqa tortish va soliq yukini pasaytirish


Soliq yuki ko’rsatkichini hisoblash metodikasi


Download 47.55 Kb.
bet3/4
Sana30.10.2023
Hajmi47.55 Kb.
#1733436
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu. Korxonalarni soliqqa tortish va soliq yukini pasaytiris-fayllar.org

Soliq yuki ko’rsatkichini hisoblash metodikasi

Iqtisodiyotni barqaror o’sishini harakterlovchi asosiy ko’rsatkich- lardan biri - bu soliq yuki ko’rsatkichidir. Bu ko’rsatkichni makro-, mezo- va mikrodarajada hisoblash hamda tahlil qilish muxim iqtisodiy axamiyatga egadir. Soliq yukini mikrodarajada tahlil qilishga qaratish korxonalarga soliq yukini hisoblashni turli tavsiflari mavjud.


Mikrdarajada, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ekt darajasida, soliq yukini hisoblashda xam qarashlar turlicha bo’lib, turli ko’rsatkichlarga nisbatan aniqlash uslublari mavjud. Korxonaning soliq yukini byudjetga soliq va yigim shaklida olinadigan yoki soliq to’lovlarining umumiy summasi sifatida olinadigan daromadning ulushi sifatida kurib chiqadi. Mualliflarning ikkinchi guruxi soliq yukini xo’jalik yurituvchi sub’ektga soliq solish samarasining murakkab tavsifi sifatida belgilaydi. Soliq yukini bir emas, balki bir nechta ko’rsatkichlarga nisbatan aniqlash kerakligini bildirishadi. Uchinchi gurux olimlari soliq yukini korxona moliyaviy yukining bir qismi sifatida qarashadi. SHunday qilib, A.N.TSыgichko soliq yuki ostida korxonalarni kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun resurslarni cheklaydigan umumiy moliyaviy yukning bir qismi tushuniladi. U soliq yukini moliyaviy bosimning boshqa tarkibiy qismlari - inflyatsiya, kreditlar stavkasi, tabiiy monopoliyalarning ta’riflari va boshqalar bilan birgalikda kurib chiqish kerak, deb hisoblaydi. Xdkikatan xam, davlatga majburiy to’lovlardan tashqari kompaniya qonuniy ravishda nodavlat tashkilotlarga sugurta mukofotlari va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyatini oladi.
Turtinchi gurux esa soliq yukini korxonada soliq ma’muriyatchiligi, tahlil qilish yoki soliq rejalashtirish vositasi sifatida kurib chiqadigan mualliflarni o’z ichiga oladi. Xo’jalik sub’ektlarida soliq yukini hisoblashning zamonaviy holati mamlakatimizda bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat soliq kumitasi tomonidan takdim etilgan uslubiyot asosida hisoblanadi. Unga ko’ra soliqdar va to’lovlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot sotish hajmiga nisbatan hisoblanadi.
U quyidagicha:


SYu = soliqlar va to’lovlar/mahsulot sotish uajmi x 100 %
Bu yerda:
SYu-xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda soliq yuki.
Bu usulda soliq yukini hisoblash xo’jalik sub’ektlarida soliq yukini ancha foizli punktga kamaytirib ko’rsatadi va natijada ushbu sub’ektlar faoliyati noto’g’ri baholanib, bir qancha iqtisodiy kiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Ya’ni davlatning ushbu soha bilan shugullanuvchi tashkilotlarining ma’lumotlariga tayanib davlat byudjet dasto’rini to’zadi va unga asoslanib ish kuradi. Natijada soliq yuki yanada ogirlashishi mumkin.
SHuningdek, soliqlarning absolyut va nisbiy soliq yuklarini farqlash mumkin. Absolyut soliq yuki - korxonalardagi soliq va ijtimoiy sugurta badallari yukini ifodalab, ular byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga o’tkaziladi, xo’jalik sub’ektlari soliq majburiyatlarining absolyut miqdoridir. Nisbiy soliq yuki absolyut miqdorning yangidan yaratilgan
kiymatiga nisbati deb ifodalanadi va quyidagi formula orqali
aniqdanadi:
DN=ST+IA/YaYaK x 100 %
Bu yerda:
Dn - xo’jalik yurituvchi sub’ektlardagi nisbiy soliq yuki;
ST - soliq to’lovlari
IA - ijtimoiy extiyojlarga ajratma
YaYa^ - yangidan yaratilgan kiymat.
SHuningdek, boshqa uslubiyotga ko’ra korxonalarda soliq yukini hisoblash uchun quyidagicha, ya’ni:
SYuk = BS+MT / IX+SF+BS+MT x 100 %
Bunda, SYuk-soliq yukining miqdori;
Bs-jami tulanuvchi soliq summasi;
Mt-jami tulanuvchi majburiy to’lovlar summasi;
IX-ish xaki harajatlari;
SF-sof foyda usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Mazkur formula asosida soliq yukini hisoblashning yutuq tomoni shundaki, soliq yukini hisoblash jarayoni sodda bo’lib, oddiy tadbirkor uchun xam tushunarli hisoblanadi. Bu esa, soliq to’lovlarini doimiy tahlil qilib borishi, soliq to’lovlarini boshqarish, boshqa faoliyat turlarida mavjud bo’lgan soliq yuklari darajasi bilan takkoslash jarayonlarini yengillashtiradi. Eng muximi korxona tomonidan tulanuvchi barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ogirlik darajasini tulik kamrab oladi.
Yuqorida e’tirof etilgan soliq yuki ko’rsatkichini hisoblash metodlarining modellari 1-jadvalda umumlashtirildi.
Amaliyotda soliq yukini aniqlashda barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summasining yigindisini olishib, soliq yuki ogir buldi
deyishadi. Aslida esa, yuqorida kayd etilgandek, harajatlar sifatida tan olingan summalar olinishi zarur.

2018 yilda soliq yuki ko’rsatkichlarining tahlili




Download 47.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling