1-mavzu. Lirik asarlarni sharhlash tamoyillari. Reja: Sharh, tahlil, talqin, tafsir, ta’vil


Download 22.5 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1562639
1   2   3
Bog'liq
1-Mavzu Lirik asarlarni sharhlash

Badiiy tahlil (yozuvchining hayot materialini tahlil qilishi emas) deyilganda mana shu tahlil tizimini aniq badiiy matnga nisbatan qo‘llanilishi nazarda tutiladi. Prof. Q.Yo‘ldoshev bu jarayonga shunday ta’rif beradi: “Adabiy asarning yozilgan hamda tekshirilayotgan vaqtdagi badiiy va hayotiy mantig‘i hamda estntik jozibasini anglashga yo‘naltirilgan intellektual-hissiy faoliyat badiiy tahlildir”4.
2. Uyg‘urlar orasida Alisher Navoiy asarlari shoir hayotligidayoq keng tarqalib, qo‘lyozmalari ko‘plab ko‘chirilgan, maktab va madrasalarda o‘qitilgan. Bu xalq orasida shoir she’rlari asliyatda o‘qilib, dostonlarining nasriy bayonlari yaratilgan. Jumladan, Umar Boqiy 1792-- yilda “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlarini nasrda oddiy va tushunarli tilda qayta yozib chiqadi. Ular “Qissai Farhod-Shirin” va “Kitobi Layli-Majnun” nomlari bilan 1909, 1910, 1912, 1915 yillarda Toshkentda toshbosmada nashr etilgan. Mulla Siddiq Yorkandiy esa (yana bir nomi Mirzo Muhammad Husaynbek) “Farhod va Shirin”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” va “Lison ut-tayr” dostonlarini nasriy bayon qilib, “Bulbuli gulshani Navoiy” nomi bilan kitob qilgan. Shoir Nizoriy 1806 yili “Navoiy” nomli darslik yozib tarqatgan. Muhammad Saburiy 1806 yili “Navoiyning adolatparvarligi xususida” nomli monografiya yozib, “Saddi Iskandariy” asarini tahlil qilgan. Uyg‘ur xalqi orasida navoiyxonlik kechalari keng tarqalgan. Shoirning yuzga yaqin she’rlari uyg‘ur “O‘n ikki maqom”iga kiritilgan. 1940 yilda Ali Domullo “Farhod va Shirin”dan ilhomlanib, “Ming uy va Farhodu Shirin” dostonini yaratgan. O‘tgan asrning 80–90-yillarida Navoiyning deyarli barcha asarlari Shinjonda nashr etilgan [16,48–54; 14,3–5].
2-reja: “Alisher Navoiy ijodini yangicha tilshunoslik va adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish XX asr boshlarida ijod qilgan jadid yozuvchilari va olimlari faoliyati bilan bog‘liqdir. Bu o‘rinda professor Abdurauf Fitrat xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim bo‘ladi. Fitrat mumtoz adabiyotimiz tarixi haqidagi ilmiy tadqiqotlarida, adabiy mavzulardagi maqola va taqrizlarida adabiyotshunos olim sifatida Alisher Navoiyning ijodini sinchkovlik bilan o‘r gandi. Jumladan, Abdurauf Fitratning 1928 yilda nashr qilingan “O‘zbek adabiyoti namunalari” nomli majmuasida Navoiyning deyarli barcha asarlariga murojaat qilib, milliy adabiyotimizning nodir namunalari jamlaganligi hamda uni keng xalq ommasiga etkazish ishiga bel bog‘laganligi Navoiyning shaxsi va ijodiga yangicha munosabat, yangicha qarashning ilk mahsuli edi. Quyidauning bu xizmatlari barobarida
Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling