1-mavzu. Lirik asarlarni sharhlash tamoyillari. Reja: Sharh, tahlil, talqin, tafsir, ta’vil


Download 22.5 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi22.5 Kb.
#1562639
1   2   3
Bog'liq
1-Mavzu Lirik asarlarni sharhlash

lug‘atchilik sohasidagi, ya’ni Navoiy asarlari tilida qo‘llangan so‘zlarning izohi masalasidagi izlanishlari haqida fikr yuritmoqchimiz. Navoiyning avlodlariga qoldirgan saboqlari bisyor bo‘lib, shulardan biri uning til, so‘z haqidagi saboqlaridir. Fitrat bu masalaga alohida e’tibor qaratgani holda majmuada “Muhokamat-ul-lug‘atayn” asaridagi mutafakkir shoir qo‘llagan so‘zlarning ma’no, mazmun-mohiyatini yoritishga harakat qiladi, o‘sha davr kitobxoni uchun tushunarsiz bo‘lgan sof turkiycha, arabcha va forscha so‘zlarni sharhlab, izohini havolalar yoki maqola oxrida maxsus lug‘at tarzida berib o‘tadi. Muallif “Muhokamat-ul-lug‘atayn” asaridan namunalar keltirar ekan, Navoiy keltirgan fors tilida muqobili bo‘lmagan 100 ga yaqin sof turkiycha fe’lni o‘ziga xos tarzda sharhlaydi. Masalan, quvarmoq (turli tusda ko‘rinmoq), iglanmak (mahkamlanmoq), sig‘riqmoq (qochmoq), chiqanmoq (oyoq osti bo‘lmoq), ko‘nkurdamak(qarimoq), yodamoq (holsiz qolmoq), jirg‘amoq (kayf-safo qilmoq), o‘sanmoq (bezmoq) kabi fe’llarning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarining Parij, Boqchasaroy, Qo‘qon nusxalarida berilishini biri-biriga solishtiradi va ayni paytda matndagi xatoliklarni ham ko‘rsatib o‘tadi: “...Qikzamoq: Parij bosmasida shunday yozilg‘an. Qo‘qon bosmasida “qingramoq” shaklida ko‘rsatilgan,to‘g‘risi shu “qingramoq”dir...”;“...mungg‘aymoq: “munglanmoq”. Qo‘qon bosmasida “mungg‘anmoq”yozilg‘an, yanglishdir...”. Ko‘rinadiki, professor Fitrat matndagi sof turkiycha so‘zlar ma’nosi va uning izohiga jiddiy e’tibor qaratgan, chunki bu o‘rinda Navoiy asarlari mazmunini o‘z holichakeng xalq ommasiga etkazish vazifasi birinchi galdagi vazifa hisoblansa, o‘sha davr, ya’ni XXasr boshlaridagi adabiy tilimiz leksik fondidagi arabcha hamda forscha leksemalarni turkiycha so‘zlar bilan almashtirish zarurati, kerakli o‘rinlarda mumtoz badiiy asarlarimiz tilidan ular o‘rniga sof turkiycha muqobillarini topish vazifasi ham kun tartibidagi masalalardan edi. SHuningdek, muallif so‘zlar izohi jarayonidaAlisher Navoiy keltirgan turkiycha ish-harakat leksemalarini Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”, Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy” (XIX asr) asarlarida berilgan varianti bilan o‘zaro muqoyasa qiladi: “...Quvarmoq: “turlicha tusda ko‘rinmak”. SHayx Sulaymonning “Lug‘ati chig‘atoyi” da “quvadmoq” yozilg‘an, bu bosmaxona yanglishidir...”;“...Jijchaymoq: anglashilmadi. SHayx Sulaymon lug‘atida “qattig‘ kulmak” ma’nosida“jirjaymoq” so‘zi bor. Balkim, buning ham to‘g‘risi shudir...”.
E’tibor berganimizdek, muallif Navoiy qeltirgan turkiycha so‘zlarning to‘g‘ri izohini berishda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ish tutgan, imkon qadar so‘zlar ifodalagan to‘g‘ri ma’nolarni izlab topishga,ba’zida esa ishonchli manbalar asosida ma’lumotlar olishga harakat qilgan. So‘z tilning oynasi sanaladi. Davrlar bilan bog‘liq fonetik va grammatik o‘ziga xosliklar, avvalo, so‘zda o‘z aksini topadi. Buni yaxshi anglagan Fitrat so‘zlar ma’nosini izohlashda ularning etimologiyasi hamda davrlar o‘tishi bilan sodir bo‘ladigan turli tovush o‘zgarishlarini ham hisobga olgan holda mantiqiy xulosalar chiqaradi:“...siqirmoq: “nola qilmoq”, “sig‘tamoq: “qattiq yig‘lamoq”. Navoiy “Muhokamatul lug‘atayn”da buni siqtamoq shaklida ko‘rsatadir.Yuqoridagi “siqirmoq” ham shu tomurdandir. Bizda bukun “yig‘i, sig‘i”, “yig‘lab, sixtab” so‘zi borkim “sig‘i” shu tomurdandur”.
Yuqoridagi tahlillar asosida shuni aytishimiz mumkinki, filologiya ilmining barcha sohalari bilan jiddiy shug‘ullangan Abdurauf Fitratning lug‘atchilik sohasida olib borgan izlanishlarini ham maxsus tadqiq qilish, so‘zlarni izohlashdagi tamoyillarini o‘rganish hamda o‘zbek lug‘atchiligining shakllanishi va rivojlanishidagi xizmatlarini belgilash bugungi kun o‘zbek leksikografiyasi fani uchun qimmatlidir

Xo‘sh nima uchun Alisher Navoiy asarlarga sharh yozish, ularning nasriy bayonlarini yaratish, lug‘utlar tuzishga ehtiyoji bor:


1. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Majolis un-nafois” va yaqinda H. Islomov tayyorlagan “Nasoyim ul-muhabbat”dan tashqari asarlari tom ma’nodagi ilmiy-tanqidiy matni yo‘q. Hozirgi paytda mavjud yigirma jildning Navoiy “Mukammal asarlari to‘plami” va boshqa nashrlar ilmiy-ommabop nashrlardan iborat. Birinchi navbatda Navoiyning adabiy va ilmiy merosini to‘lig‘icha ilmiy-tanqidiy matnini yaratish va shu matn asosida har bir asarning sanama so‘zligini yaratish kerak. Navoiy asarlarining to‘liq matni shoir hayotlik davrida Abdujamil kotib, Sulton Ali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgan nusxalari faksimile shaklida chop etilishi kerak. Hozircha J. Jo‘raev tomonidan nashrga tayyorlangan xattot Abdujamil kotib ko‘chirgan “Xamsa” ning faksimilesidan boshqa asarlarining faksimilesi nashr etilmagan.
2. Navoiy asarlarining she’riy qismi to‘liq sharhlanishi va undagi lug‘aviy, majoziy, diniy-irfoniy ma’nolari konkordans asosida sharhlanishi kerak. Hozirda Hofiz Sheroziy, Sa’diy, Jaloliddin Rumiy asarlarining o‘nlab sharhlari mavjud, holbuki Alisher Navoiy asarlarining g‘azallarining N.Komilov boshlab bergan 50 g‘azali va yaqinda B.To‘xliev nashrga tayyorlagan 28 g‘azalining nasriy bayon, sharh va izohlaridan boshqa hech narsa yo‘q.
Xulosa qilib aytganda,Alisher Navoiyning yozgan har bir satri hozirgi va kelajak avlod uchun bitmas-tuganmas ma’naviy boylik va olamshumul ahamiyatga ega. Uni ko‘z qorachig‘iday asrashimiz va hozirgi avlodning ongiga singdirishimiz kerak. Yillar o‘tgan sayin asarlarining tili hozirgi va kelajak avlod lar uchun tobora tushunishi qiyinlashib bormoqda. Navoiyshunoslarning endigi vazifasi uning asarlariga keng qamrovli lug‘atlar tuzib, eng nozik ma’no jilolarigacha tushunarli qilishdir.


1 Қаранг: К о м и л о в Н. Бир шарҳ хусусида // Таржима назарияси масалалари. ТошДУ илмий ишлар тўплами. № 606. – Тошкент, 1979. 26-бет.

2 Бу ҳақда қаранг: В а л и х ў ж а е в Б. Хожа Аҳрор тарихи. – Тошкент: “Ёзувчи”, 1994. 75-бет.

3 Қаранг: Ҳ а с а н х о ж а Н и с о р и й. Музаккири аҳбоб (И.Бекжон таржимаси). – Тошкент: “Халқ мероси”, 1993. 172-бет.



4 Йўлдош Қ., Йўлдош М. Бадиий таҳлил асослари. Т.: Kamalak, 2016. Б. 70-71.

Download 22.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling