«tasdiqlangan»


Download 395.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.09.2017
Hajmi395.58 Kb.
  1   2   3   4

O‘zbekiston Respublikasi 

O‘zbekiston Respublikasi 

Adliya vazirligida 

Davlat patent idorasi direktorining 

2004 yil 22 martida 

2004 yil 2 fevraldagi 

1329-son bilan 

9-son buyrug‘i bilan 

«RO‘YXATGA OLINGAN» 

«TASDIQLANGAN» 

IXTIROGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PATENTINI BERISH UCHUN 

TALABNOMA TUZISH, TOPSHIRISH VA KO‘RIB CHIQISH QOIDALARI  

Mazkur Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma 

tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish Qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb 

yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat 

namunalari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda ixtiroga patent 

berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi. 

Qisqartirishlar ro‘yxati 

Qonun – O‘zbekiston Respublikasining «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat 

namunalari to‘g‘risida»gi Qonuni 



Patent idorasi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi 

Talabnoma – ixtiroga patent berish uchun talabnoma 

Parij konvensiyasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining 

O‘zbekiston Respublikasi uchun amaldagi tahriri 



Konvensiya talabnomasi – Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasiga 

muvofiq topshirilgan talabnoma 



XPK – Xalqaro patent klassifikatsiyasi 

BIMT – Butunjahon intellektual mulk tashkiloti 

I bob. Ixtiroga patentni berish uchun talabnoma tuzish va topshirish. 

Talabnoma topshirish huquqiga ega shaxslar 



1-§. Ixtiroga patentni berish uchun talabnoma 

1. Qonunning 6-moddasiga muvofiq agar ixtiro sifatida ko‘rsatilgan obyekt 

yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, u huquqiy 

muhofaza qilinadi. 

Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan malum bo‘lmasa, u yangi deb 

hisoblanadi. 



Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi ma’lumotlardan yaqqol ayon 

bo‘lmasa, ixtirolik darajasiga ega bo‘ladi. 

Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo‘lgan har 

qanday ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 

Agar ixtiro sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda 

foydalanish mumkin bo‘lsa, u sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi. 

2. Qonunning 6-moddasi sakkizinchi qismiga muvofiq qurilmalar, usullar, 

moddalar, mikroorganizmlarning shtammlari, o‘simliklar va hayvonlar hujayralarining 

turlari, ilgaridan ma’lum bo‘lgan qurilmalar, usullar, moddalarning, mikroorganizmlar 

shtammlarining yangi maqsadda qo‘llanilishi ixtiro sifatida e’tirof etiladi. 

a) Ixtiro turi – «qurilma» 

Ixtiro turi sifatida qurilmalarga konstruksiyalar, konstruktiv elementlar yoki 

ularning funksional konstruktiv birlikda bo‘lgan majmuidan iborat buyumlar kiradi. 

Qurilmalarga mashinalar, asboblar, apparatlar, uskunalar, instrumentlar, 

mahkamlovchi buyumlar, mashina detallari, aloqa vositalari, qurilish konstruksiyalari 

va boshqalar kiradi. 

b) Ixtiro turi – «usul» 

Ixtiro turi sifatida usullarga moddiy obyekt (qurilma, muhit, elektr zaradi, 

magnit maydoni va boshqalar) ustida moddiy vositalar yordamida o‘zaro bog‘liq 

harakatlarni bajarish jarayonlari kiradi. 

v) Ixtiro turi – «modda» 

Ixtiro turi sifatida moddalarga: 

kimyoviy birikmalar, bularga shartli ravishda yuqori molekular birikmalar va gen 

injeneriyasi mahsulotlari bo‘lgan rekombinant nuklein kislotalar, vektorlar kiritilgan; 

kompozitsiyalar (tarkiblar, aralashmalar, qotishmalar, eritmalar va boshqalar); 

yadroviy parchalanish mahsulotlari kiradi. 

g) Ixtiro turi – «Mikroorganizm shtammi, o‘simliklar va hayvonlar hujayralarining 

turlari (liniyalari)» 

Mikroorganizm shtammlari, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari 

(liniyalari)ga: 

bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, mikro suv o‘tlari, mikroskopik zamburug‘lar 

va boshqalarning shtammlari; 

o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari), shu jumladan 

hujayralarning klonlari; 

mikroorganizmlar, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralarining turlari (liniyalari) 

konsorsiumlari; 



xususan mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlarning plazmidlari, vektorlari, 

barqaror transformatsiyalangan hujayralari, transgen o‘simliklar va hayvonlarga doir 

bo‘lgan genetik konstruksiyalar kiradi. 

d) Ixtiro turi – «avvaldan ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi 

maqsadda qo‘llanilishi 

Ixtiro turi sifatida avvaldan ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni 

yangi maqsadda qo‘llanilishiga ularning o‘zgacha maqsadga muvofiq ishlatilishi kiradi. 

Avvaldan ma’lum bo‘lgan (tabiiy va sun’iy yo‘l bilan olingan) moddalarni ijtimoiy 

iste’molni qanoatlantirish uchun birinchi marta ishlatilishi yangi maqsadda ishlatishga 

tenglashtiriladi. 

3. Quyidagilar:  

ilmiy nazariyalar va matematika usullari;  

tashkil etish va boshqaruv usullari;  

shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;  

aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;  

elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;  

binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va sxemalari;  

estetika talablarini qanoatlantirishga yo‘naltirilgan, mahsulotlarning faqat tashqi  

ko‘rinishiga oid yechimlar; 

integral mikrosxemalar topologiyalari; 

o‘simlik navlari va hayvon zotlari; 

jamoa manfaatlari, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar ixtirolar 

deb tan olinmaydi. 

4. Qonunning 15-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta ixtiroga yoki 

yagona ixtirochilik fikrini (ixtiro birligi talabini) tashkil etgan tarzda bir-biri bilan uzviy 

bog‘langan ixtirolar guruhiga taalluqli bo‘lishi kerak. 

Agar ixtiro formulasida bitta ixtiro tavsiflangan bo‘lsa; 

ixtiro formulasida bir turdagi (bir qancha qurilmalar, bir qancha turlar va 

boshqalar), bir xil maqsadda foydalanishga mo‘ljallangan,  prinsipial aynan bir xil yo‘l 

(variantlari) bilan aynan bir xil texnika natijasini olishni ta’minlaydigan obyektlarga 

taalluqli ixtirolar guruhi tavsiflangan bo‘lsa; 

biri ikkinchisini olish (tayyorlash) uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (masalan, qurilma 

yoki modda va qurilma yoki moddani butunlay yoki ularning bir qismini olish usuli); 

biri ikkinchisini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (masalan, usul va 

usulni butunlay yoki uning amallaridan birini oshirish uchun qurilma); 


biri ikkinchisidan (ikkinchisida) foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa (masalan, 

usulda foydalanish uchun mo‘ljallangan usul va qurilma; usul yoki qurilma va uning 

bir qismi; qurilma yoki moddani ulardan yangi maqsadda foydalanish uchun qo‘llash 

va ushbu maqsadga muvofiq ulardan foydalansh usuli; qurilma yoki moddadan yangi 

maqsadda foydalanish va tarkibiy qismi bo‘lgan qurilma yoki kompozitsiya) ixtiro 

birligi talabiga rioya qilingan deb hisoblanadi. 



2-§. Talabnoma tarkibi 

5. Qonunning 15-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma quyidagi 

hujjatlarni o‘z ichiga olishi kerak: 

a) ixtiro muallifi (mualliflari) va nomiga patent berilishi so‘ralayotgan shaxs 

(bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi), shuningdek ularning 

yashash yoki turar joyi ko‘rsatilib, patent berilishi so‘ralgan ariza (1-ilova); 

b) ixtironing uni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan darajada to‘liq bayon 

etilgan tavsifi; 

v) ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to‘la muvofiq bo‘lgan ixtiro 

formulasi; 

g) ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa, chizmalar va boshqa 

materiallar; 

d) referat. 

6. Talabnomaga belgilangan miqdorda boj to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki 

boj to‘lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘luvchi 

hujjat ilova qilinadi. 

7. Patent vakili yoki boshqa ishonchli vakil orqali berilgan talabnomaga 

talabnoma beruvchi tomonidan berilgan ishonchnoma yoxud uning kerakli tarzda 

rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi. 

8. Konvension ustuvorlik so‘rab berilgan talabnomaga (bundan buyon matnda 

konvension talabnoma deb yuritiladi) talabnoma beruvchi tomonidan Sanoat mulki 

muhofazasi bo‘yicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lgan davlatda berilgan birinchi 

talabnomaning (bundan buyon matnda birinchi talabnoma deb yuritiladi) 

tasdiqlangan nusxasi va shu talabnomaning o‘zbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova 

qilinadi va ular konvension talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan sanadan uch 

oydan kechiktirmay berilishi lozim. 

Birinchi talabnoma berilgan sanadan o‘n ikki oy o‘tgandan keyin, lekin o‘n ikki 

oylik muddatdan ikki oydan kechiktirmay berilgan talabnoma bo‘yicha konvension 

ustuvorlik so‘ralganda, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi: 


konvension ustuvorlikni so‘rash muddatini uzaytirish uchun belgilangan 

miqdorda patent boji to‘langanligi tug‘risida hujjat; 

belgilangan o‘n ikki oylik muddatdan kechikib talabnoma berishning talabnoma 

beruvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarini ko‘rsatuvchi hujjat ilova qilinadi va bu 

sabablar Patent idorasiga ma’lum emas deb hisoblansa, ularni tasdiqlovchi dalillar 

keltiriladi. 

9. Konvension ustuvorlikni belgilash to‘g‘risidagi iltimos talabnoma berilgan 

(arizaning tegishli grafasida ko‘rsatiladi) yoki talabnoma Patent idorasiga kelib tushish 

sanasidan boshlab ikki oy ichida berilishi mumkin. 

10. Yangi mikroorganizm shtammi, o‘simlik va hayvonlar hujayralari liniyalariga, 

ularni olish yoki ulardan foydalanishga oid talabnomaga shtammning rasmiy 

vakolatga ega bo‘lgan kolleksiya-depozitariyda deponentlanganligi to‘g‘risidagi hujjat 

ilova qilinadi. 

11. Nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxatini ichiga olgan 

talabnomaga aynan ushbu ro‘yxatning nusxasi yozilgan va BIMTning ST.25 standarti 

talablarini qanoatlantiruvchi axborotni mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchi 

(disketa) (bundan buyon matnda MO‘T deb yuritiladi) hamda talabnoma beruvchi 

tomonidan imzolangan mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan shakldagi taqdim 

etilayotgan axborot bosma ravishda taqdim etilayotgan ro‘yxat bilan bir xil ekanligi 

haqidagi ariza ilova qilinadi. 

12. Ushbu Qoidalarning 5-bandida ko‘rsatilgan, o‘zbek yoki rus tillarida tuzilgan 

talabnoma hujjatlari uch nusxada taqdim etiladi: 2 nusxasi qog‘ozda, uchinchi nusxasi 

sifatida esa axborotni mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchida elektron 

ko‘rinishdagi nusxasi taqdim etilishi mumkin. 

Agar aynan ushbu talabnoma hujjatlari boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa bir nusxada, 

ularning o‘zbek yoki rus tiliga tarjimasi esa uch nusxada: 2 nusxasi qog‘ozda, 

uchinchi nusxasi esa elektron ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin. 

Talabnoma hujjatlari yoki qo‘shimcha materiallarning qog‘ozdagi va axborotni 

mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchidagi mazmuni aynan bir xil bo‘lishi kerak. 

Qog‘ozdagi va axborotni mashinada o‘qish mumkin bo‘lgan tashuvchidagi 

materiallarning aynan bir xil bo‘lishiga talabnoma beruvchi javobgardir. 

Qolgan hujjatlar va agar hujjatlar boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa ularning o‘zbek 

yoki rus tilidagi tarjimalari bir nusxada taqdim etiladi. 

13. Patent berish to‘g‘risidagi ariza ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan 

shaklda o‘zbek yoki rus tillarida beriladi. Agar biron-bir ma’lumotlarni tegishli 

grafalarda to‘liqligicha joylashtirish mumkin bo‘lmasa, u holda ular tegishli grafada 

«davomini qo‘shimcha varaqda qarang» yozuvi ko‘rsatilgan holda qo‘shimcha 

varaqda aynan shunday shaklda keltiriladi. 

Xorijiy nomlar va korxona nomlari o‘zbek va rus tili transliteratsiyasida 

ko‘rsatiladi. 



Talabnoma beruvchining nomi, ixtiro nomi o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi. 

Arizaga ilova qilinadigan talabnomaning boshqa hujjatlari o‘zbek, rus yoki 

boshqa tillarda taqdim etiladi. 

Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda taqdim etilgan bo‘lsa, u holda 

talabnomaga ularning o‘zbek yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilinadi, ular talabnoma 

Patent idorasiga topshirilgan sanadan boshlab ikki oy ichida taqdim etilishi mumkin. 

14. Arizaning «ariza» so‘zidan yuqorida joylashgan grafalari talabnoma Patent 

idorasiga kelib tushgandan keyin ma’lumotlarni kiritish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 

talabnoma beruvchi tomonidan to‘latilmaydi. 

15. (71) «Talabnoma beruvchi» kodi ostida berilgan grafada talabnoma 

beruvchi(lar) haqidagi ma’lumotlar: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (otasining 

ismi), bunda familiyasi ismidan oldin ko‘rsatiladi, yoki yuridik shaxsning to‘liq rasmiy 

nomi (ta’sis hujjatlariga muvofiq) va shuningdek, yashash joyi yoki joylashgan manzili 

to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mamlakatning rasmiy nomi va to‘liq pochta manzili va 

mamlakatning Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ning  ST.3 standarti 

bo‘yicha kodi ko‘rsatiladi (agar belgilangan bo‘lsa) keltiriladi. 

Agar patent, dastlabki patent bir necha shaxs nomiga so‘ralayotgan bo‘lsa, 

yuqorida keltirilgan ma’lumotlar ularning har biri uchun alohida beriladi. 

Ixtiro mualliflari bo‘lgan talabnoma beruvchilarning yashash joyi to‘g‘risidagi 

ma’lumotlar ushbu grafada keltirilmaydi, balki (72) «Muallif(lar)» kodi ostidagi 

grafada bayon qilinadi. 

Ushbu grafada tegishli katakchada «X» belgisi qo‘yilgan holda talabnoma 

beruvchi ixtiro muallifi, muallifning ish beruvchisi yoki muallifning yoxud muallif ish 

beruvchisining huquq vorisi ekanligi yoki yo‘qligi belgilanadi. 

O‘zbekiston Respublikasining nomiga patent so‘ralayotgan korxona, tashkilotlari 

uchun KTUT kodi ko‘rsatiladi. 

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi yuridik va jismoniy shaxslar 

uchun nomiga patent so‘ralganda BIMTning  ST.3 standarti bo‘yicha mamlakat kodi 

(agar belgilangan bo‘lsa) ko‘rsatiladi. 

16. Ustuvorlikni belgilash to‘g‘risidagi iltimosni o‘z ichiga olgan grafa talabnoma 

Patent idorasiga topshirilgan sanadan avvalroq ustuvorlik so‘ralgan holda to‘ldiriladi. 

Bu holda tegishli katakchalarda «X» belgisi qo‘yilgan holda ustuvorlik so‘rash 

uchun asoslar belgilanadi va avvalroq berilgan talabnoma raqami (31) kod ostida 

ko‘rsatiladi, uning yoki unga berilgan qo‘shimcha materiallar asosida ustuvorlik va 

ustuvorlik sanasi so‘raladi (avvalroq berilgan talabnoma yoki unga berilgan 

qo‘shimcha materiallarning topshirilish sanasi (32) kodi ostida keltiriladi). 

Konvension ustuvorlik so‘ralgan holda (33) kodi ostida birinchi BIMT ST.3 

standarti bo‘yicha talabnoma berilgan mamlakatning kodi ko‘rsatiladi. 



17. (54) «Ixtironing nomi» kodi ostidagi grafada talabnoma berilgan ixtiro 

(ixtirolar guruhi)ning nomi keltiriladi, bu nom ixtironing tavsifidagi nomga mos bo‘lishi 

kerak. 

18. (98) «Yozishmalar uchun manzil» kodi ostidagi grafada yozishmalar uchun 



manzil, yozishmalar tezroq yetib borishi uchun odatdagi talablarini qanoatlantiradigan 

xat oluvchining ismi yoki nomi, va telefon, faks raqamlari, e-mail (agar bo‘lsa) 

keltiriladi. 

Yozishmalar uchun manzil sifatida talabnoma beruvchi (talabnoma 

beruvchilarning birortasi) - O‘zbekiston Respublikasida yashovchi jismoniy shaxsning 

yoki O‘zbekiston Respublikasida joylashgan yuridik shaxs bo‘lgan talabnoma 

beruvchining joylashgan manzili yoki Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tgan patent 

vakilining yoki boshqa ishonch bildirilgan shaxsning joylashgan manzili ko‘rsatilishi 

mumkin. 

Arizada yozishmalar uchun manzil mavjud bo‘lmaganda bunday manzil sifatida 

agar ular tayinlangan bo‘lsa patent vakili yoki boshqa ishonch bildirilgan shaxsning 

joylashgan manzili, aks holda esa O‘zbekiston Respublikasi hududida manzil mavjud 

bo‘lgan holda arizaning talabnoma beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli 

grafalaridagi talabnoma beruvchining (agar talabnoma beruvchilar bir qancha bo‘lsa – 

birinchisining) manzili hisoblanadi. 

19. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnoma topshirilgunga qadar patent 

vakili tayinlangan holda to‘ldiriladigan (74) «Patent vakili» kodi ostidagi grafada u 

haqidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi (otasining ismi), Patent idorasida ro‘yxatdan 

o‘tkazilgan raqami, O‘zbekiston Respublikasidagi yashash manzili, telefon, faks 

raqamlari, e-mail (agar bo‘lsa) keltiriladi. Bundan tashqari ushbu grafada tegishli 

katakchada «X» belgisi qo‘yilgan holda talabnoma beruvchi tomonidan berilgan 

patent vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomaning mavjudligi qayd etiladi. 

20. «Ilova qilinadigan hujjatlarning ro‘yxati» grafasi tegishli katakchada «X» 

belgisi qo‘yilgan va ilova qilinadigan hujjatlar nusxalarining va har bir nusxasidagi 

varaqlarning soni ko‘rsatilgan  holda to‘ldiriladi. 

Ixtiro tavsifida «Nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxati» 

bo‘limi mavjud bo‘lganida «Ixtiro tavsifi» pozitsiyasida qo‘shimcha ravishda «ketma­

ketliklar ro‘yxati bilan» keltiriladi; bunda tegishli grafalarda varaqlarning umumiy 

miqdori ko‘rsatiladi. 

Ariza shaklida turi ko‘zda tutilmagan ilova qilinadigan hujjatlar («boshqa 

hujjat») uchun ularning nimaga xizmat qilishi aniq ko‘rsatiladi. 

Talabnomada nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxati va ushbu 

Qoidalarning 11-bandida ko‘zda tutilgan arizaning nusxasi yozilgan MO‘T (disketalar) 

mavjud bo‘lganida «boshqa hujjat» grafasida «Disketa» deb ko‘rsatiladi. 

21. (72) «Muallif» va «To‘liq yashash manzili» kodi ostidagi grafalarda ixtiro 

muallifi (mualliflari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi (otasining ismi), 

mamlakatning nomi va uning BIMT ST.3 standarti bo‘yicha kodini ichiga olgan to‘liq 

turar joy pochta manzili keltiriladi. 



22. «Muallif» va «To‘liq yashash manzili» grafalarining bevosita ostida joylashgan grafa muallif 

(mualliflar) patent berilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganida o‘zini (o‘zlarini) ushbu sifatda 

ko‘rsatilmasligi so‘ralgan hollarda to‘ldiriladi. Ushbu holda ma’lumotlar e’lon qilinganda nomlari 

ko‘rsatilmasligini istagan har bir muallifning familiyasi, ismi (otasining ismi) va ularning imzosi 

keltiriladi. 

23. Arizaning «Imzo» grafasi hamma hollarda imzolangan sanasi ko‘rsatilgan 

holda to‘ldirilishi shart. 

Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan ariza 

korxona, tashkilot rahbari yoki rahbar tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan 

uning lavozimi ko‘rsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi. 

Talabnoma patent vakili yoki ishonch bildirilgan shaxs orqali berilganda 

talabnoma beruvchi yoki patent vakili yoxud ishonch bildirilgan shaxs tomonidan 

imzolanadi. 

Imzolar yoniga imzo chekuvchilarning ismi, familiyasi ko‘rsatiladi. 

Imzo chekish talab qilingan biror ma’lumotlar qo‘shimcha varaqda keltirilsa, 

xuddi shu tartibda imzolanadi. 

Talabnoma beruvchining yoki patent vakilining yoxud ishonch bildirilgan 

shaxsning imzosi har bir qo‘shimcha varaqda bo‘lishi shart. 

24. Ixtiro tavsifi ixtironi amalga oshirish uchun yetarli ravishda to‘liq ochib 

berishi kerak. 

25. Tavsif ixtiro nomini keltirish bilan boshlanadi (talabnoma berilayotgan ixtiro 

tegishli bo‘lgan Xalqaro patent klassifikatsiyasining amaldagi tahriri rubrikasi 

belgilangan holda, ushbu rubrikaning indeksi ixtiro nomi oldida keltiriladi) va quyidagi 

bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 

ixtiro oid bo‘lgan texnika sohasi; 

texnika darajasi; 

ixtiro mohiyati; 

chizmalar va boshqa materiallar ro‘yxatining (agar ular bo‘lsa) qisqacha tavsifi; 

ixtironing amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar; 

nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxati (agar bunday ketma­

ketlikdan ixtironi tavsiflash uchun foydalanilgan bo‘lsa). 

Tavsif bo‘limi o‘rniga manbaalarda (adabiyotlar, avval topshirilgan 

talabnomadagi ixtiro tavsifi, muhofaza hujjatidagi ixtiro tavsifi va boshqalarda) 

keltirilgan ma’lumotlarga izoh ko‘rsatish mumkin emas. 

26. Ixtiro nomi aniq, qisqa bo‘lib, ixtiro mohiyatiga mos kelishi, ixtiro tegishli 

bo‘lgan ob’yektning umumiy tushunchasini aniqlashi va obyektning vazifasini 

xarakterlashi (uning bajaradigan funksiyasini yoki texnikaning qaysi sohasiga oid 

ekanligini ko‘rsatishi) kerak. 



Ixtiro nomi XPKning biror rubrikasiga mos kelishi kerak. Ixtiro mohiyatiga mos 

rubrikani aniqlash mumkin bo‘lmasa, ixtironing nomi umumiy qabul qilingan tarmoq, 

umumiy texnika atamalariga muvofiq ko‘rsatiladi. 

Agar ixtiro har xil sohalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, nomi buni ifodalasa, 

ixtiro nomida «afzal», «ayniqsa» so‘zlarini ishlatib, ixtiro qaysi sohalardan birida 

ayniqsa ko‘p qo‘llanishini aniqlashga ruxsat etiladi. 

Ixtiro nomida qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalarning faqat bittasini ta’kidlovchi 

«masalan» va «xususan» degan iboralar qo‘llanilmaydi. 

Ixtiro nomi atamaga xos yoki tavsifiy bo‘lishi mumkin. 

Atamaga xos 

nom, texnikaning shu soha bo‘yicha mutaxassisiga ma’lum bo‘lgan 

obyektning muhim alomatlari majmuini ular sanab o‘tilganli yoki yo‘qligidan qat’iy 

nazar xarakterlaydi. 

Tavsifiy nom 

obyektning vazifasi va u tomondan texnikaning bir yoki turli xil 

sohalarida bajaradigan funksiyasi haqida tasavvur beradi, ammo talabnoma berilgan 

ixtironi tavsiflovchi muhim alomatlarning zarur bo‘lgan majmuasi to‘g‘risida aniq fikr 

yuritish imkoniyatini bermaydi. 

Ixtiro nomi birlikda ifodalanadi. Birlikda ishlatilmaydigan nomlar, umumiy struktura formulasi bilan 

aniqlanadigan kimyoviy birikmalarga oid ixtirolarning nomlari bundan mustasno. 

Individual kimyoviy birikmaga oid ixtiro nomiga kimyoda qabul qilingan 

nomenklatura bo‘yicha nomi kiritiladi; shuningdek uning qanday aniq vazifada 

ishlatilishiga doir ko‘rsatma ham, biologik faol birikmalar uchun esa biologik faollik 

turi keltiriladi. 

Tuzilishi aniqlanmagan yuqori molekular birikmalarni olish usullariga oid ixtiro nomiga birikmaning 

nomi va zarur bo‘lsa uning vazifasi to‘g‘risida ko‘rsatma kiritiladi. 

Aniqlanmagan tarkibli modda-aralashmani olish usuliga oid ixtiro nomiga vazifasi to‘g‘risida ko‘rsatma 

yoki ushbu moddaning biologik faollik xususiyatlarini ko‘rsatuvchi tushunchalar kiritiladi. 

Mikroorganizm shtammi yoki o‘simlik yoki hayvonlar hujayralari liniyalariga oid ixtirolar nomiga biologik 

obyektning lotin tilidagi oila turkumi va turiga oid nomi, muallif (mualliflar)- ning familiyasi 

(familiyalari) va shtamm turi va vazifasi ko‘rsatilgan holda kiritiladi. 

Genetik konstruksiyaga taalluqli ixtiro nomiga uning vazifasi ko‘rsatilgan holda nomlanishi kiritiladi. 

Avvaldan ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llanilishiga oid bo‘lgan 

ixtiro nomi tegishli obyekt uchun qabul qilingan qoidalarga binoan tuziladi va avvaldan ma’lum bo‘lgan 

obyektning yangi vazifasini xarakterlaydi. 

Biri ikkinchisini olish, amalga oshirish yoki foydalanish uchun mo‘ljallangan obyektlarga oid ixtirolar 

guruhining nomi bitta ixtironing to‘liq nomi va ikkinchisining qisqartirilgan nomini o‘z ichiga oladi. Biri 

boshqasida foydalanish uchun mo‘ljallangan obyektlarga oid ixtirolar guruhining nomi, guruhga kirgan 

ixtirolarning to‘liq nomini o‘z ichiga oladi. Variantlarga oid ixtirolar guruhining nomi bitta ixtironing 

nomidan iborat bo‘lib, «variantlar» degan so‘z bilan to‘ldiriladi. 

Ixtiro nomi zarur bo‘lganda lotin alifbosi belgilarini va arab raqamlarini o‘z ichiga 

oladi. 


Ixtiro nomidan boshqa alifbolarning belgilaridan, maxsus belgilardan 

foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Ixtiro nomida shaxsiy nomlar, familiyaga oid nomlar, abbreviaturalar, reklama, 

firma nomlari, tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy 

nomlari i geografik nomlar, «va boshqalar» so‘zlari va ixtironi aniqlash maqsadlariga 

xizmat qilmaydigan xuddi shunday so‘zlardan foydalanilmasligi kerak. 

Tavsifning «Ixtiro mansub bo‘lgan texnika sohasi» bo‘limida ixtiro qo‘llaniladigan soha ko‘rsatiladi. 

Bunday sohalar bir necha bo‘lsa, ular orasida qaysi birida ko‘proq qo‘llanilishi ko‘rsatiladi. 

28. Tavsifning «Texnika darajasi» bo‘limida talabnoma beruvchiga ma’lum bo‘lgan ixtiro analoglari 

keltiriladi va ular orasidan ixtiroga muhim alomatlar majmui bo‘yicha eng yaqin bo‘lgan analog ajratib 

ko‘rsatiladi. 

Ixtironing analogi sifatida ixtironing ustuvorlik sanasigacha ommaga oshkor bo‘lgan ma’lumotlapdan 

ma’lum bo‘lgan va ixtironing muhim belgilapi majmuiga o‘xshash belgilap bilan tavsiflanadigan ixtiro 

bajaradigan vazifani bajaradigan vosita ko‘rsatiladi. 

Analoglapning hap bipini ta’piflash paytida u ochib bepilgan axbopot 

manbalapining bibliogpafiya ma’lumotlapi, analogning belgilapi talabnoma 

bepilayotgan ixtironing muhim belgilapi bilan mos keladiganlapi ajpatib 

ko‘rsatilgangan holda keltipiladi, shuningdek, apiza bepuvchiga ma’lum bo‘lgan, 

texnikaviy natija olishga to‘sqinlik qiluvchi sabablap ko‘psatiladi. 

Agar ixtiro konkret vazifaga yoki biologik aktiv xususiyatlarga ega bo‘lgan aniqlanmagan tarkibli 

aralashmani olish usuliga oid bo‘lsa, analog sifatida xuddi shunday vazifaga va biologik aktiv 

xususiyaga ega bo‘lgan aralashmalar olish usuli ko‘rsatiladi. 

Agar ixtiro yangi individual kimyoviy, shuningdek, yuqori molekular birikma olish usuliga yoki gen 

injeneriyasi obyektiga oid bo‘lsa unga o‘xshash analogni olish usuli haqida ma’lumotlar keltiriladi. 

Mikroorganizm shtammi, o‘simlik va/yoki hayvonlar hujayralari liniyalariga – modda produsentiga oid 

bo‘lgan ixtironing eng yaqin analogini tavsiflashda hosil bo‘ladigan modda haqida ma’lumotlar kiritiladi. 

Agar ixtiro avval ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llanilishiga oid 

bo‘lsa, uning analoglariga xuddi shu vazifada ishlatiladigan ma’lum qurilmalar, usullar, moddalar, 

shtammlar kiradi. 

Ixtirolar guruhini tavsiflashda analoglar (shu jumladan eng yaqini) haqidagi ma’lumotlar har bir ixtiro 

uchun alohida keltiriladi. 

29. Tavsifning «Ixtiro mohiyati» bo‘limida ixtiro mohiyati ixtiro orqali texnik natijaga erishish yetarli 

етарли bo‘lgan muhim alomatlar majmui orqali ifodalanadi. 

Alomatlar erishiladigan texnik natijaga ta’sir ko‘rsatsa, ya’ni texnik natija bilan sabab-oqibat 

bog‘lanishida bo‘lsa, muhim alomatlarga kiradi. 

Mazkur bo‘limda ixtiro hal qilishi kerak bo‘lgan vazifasi ixtiro amalga oshirilganda 

olinadigan texnik natija ko‘rsatilgan holda ochib beriladi. 

Ixtironi xarakterlovchi barcha muhim alomatlar keltiriladi, eng yaqin analogdan farqlanuvchi alomatlar 

ajratiladi, bunda so‘ralayotgan huquqiy muhofaza hajmi amal qiladigan barcha hollarda texnik natijani 

olishni ta’minlaydigan muhim alomatlar majmui va ixtironi xususiy hollarda, bajarilishi aniq shakllarda 

yoki undan foydalanishning alohida sharoitlarida tavsiflaydigan alomatlar ko‘rsatiladi. 


Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligi ulardan alomatni tavsiflash uchun 

foydalangan hollarda agar ketma-ketliklar tavsifi ketma-ketliklar ro‘yxatida bunday 

matndan foydalanilgan holda berilgan bo‘lsa, tegishli erkin matn keltirilgan holda 

uning ketma-ketliklar ro‘yxatidagi raqamini «SEC ID NO…» ko‘rinishida ko‘rsatish yo‘li 

bilan taqdim etiladi. 

Alomatning tavsifini ushbu alomat ochib berilgan axborot manbaiga ilova qilingan holda almashtirishga 

yo‘l qo‘yilmaydi. 

Texnik natija o‘zi bilan ixtironi namoyon qiluvchi vositani amalga oshirishda (tayyorlashda) yoki undan 

foydalanishda olinishi mumkin bo‘lgan texnik samara, xususiyat, hodisalar va boshqalarning tavsifini 

ifodalaydi. 

Agar ixtiro bir necha texnik natijani olishni ta’minlasa (shu jumladan uning bajarilishining konkret 

shakllarida yoki undan foydalanishning alohida hollarida), ularni ko‘rsatish tavsiya etiladi. 

Texnik natija xususan, ishqalanish koeffitsiyentini kamaytirish (oshirish); qisilib qolishini oldini olish; 

vibratsiyani kamaytirish; biror organ qon aylanishini yaxshilash; dori-preparat ta’sirini to‘plash, uning 

zaharligini kamaytirish; quyish tuzilmasi defektlarini yo‘qotish; ishchi organning muhit bilan aloqasini 

yaxshilash; signal shaklining o‘zgarishini kamaytirish; suyuqlik sizib o‘tib ketishini kamaytirish, 

ho‘llanishini yaxshilash; yorilishini oldini olish; vaksinaning immunogenligini oshirishda ifodalanishi 

mumkin. 


Agar ixtiro yaratilishida ma’lum vazifaga ega bo‘lgan texnik vositalar arsenalini kengaytirish yoki 

birinchi marta shunday texnik vositalar olish vazifasi hal qilinayotgan bo‘lsa, texnik natija shu vazifani 

amalga oshirishdan iborat bo‘ladi va buni maxsus ta’kidlash talab qilinmaydi. 

Ixtirolar guruhi uchun yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlar, shuningdek texnik natija haqidagi 

ma’lumotlar har bir ixtiro uchun alohida keltiriladi. 

Mikroorganizm shtammi, o‘simlik va hayvonlar hujayralari turlarini tavsiflashda ularning o‘zlari kelib 

chiqqan yoki eng yaqin shtammdan farq qiluvchi alomatlari ko‘rsatiladi. 

Avval ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda 

qo‘llashga oid ixtironi tavsiflashda ma’lum obyektning tavsifi keltiriladi va ular 

ko‘rsatilgan adabiyotlarining bibliografik ma’lumotlari beriladi hamda uning ma’lum 

bo‘lgan va yangi vazifasi ko‘rsatiladi. 

30. Qurilmalarni tavsiflash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi: 

konstruktiv element (elementlar) mavjudligi; 

elementlar orasidagi bog‘liqlik mavjudligi; 

elementlarning o‘zaro joylashishi; 

elementning (elementlarning) yoki umuman qurilmaning bajarilish shakli, 

xususan geometrik shakli; 

elementlar orasidagi bog‘liqlik bajarilishi shakli; 

elementning (elementlarning) parametrlari va boshqa xarakteristikalari va ular 

o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik; 

element (elementlar) yoki umuman qurilma tayyorlangan material; 

element funksiyasini bajaruvchi muhit. 



Qurilmalarni ta’riflash uchun umuman qurilmada yoki uning biror elementida qurilmaning ishlashi yoki 

vazifasini bajarishi uchun ta’sir etmaydigan (so‘zli, tasviriy yoki aralash) belgilardan foydalanish 

mumkin emas. 

31. Usulni tavsiflash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi: 

harakat yoki harakatlar majmuining mavjudligi; 

bunday harakatlarning vaqt bo‘yicha bajarish tartiblari (ketma-ket, bir vaqtda, 

har xil birikmalar va boshqalarda); 

harakatlarning bajarish shartlari, rejimi, moddalar, birlamchi xom ashyo, reagentlar, katalizatorlar, 

qurilmalar (asbob-uskunalar, moslamalar va boshqalar), mikroorganizm shtammlari, o‘simlik va/yoki 

hayvonlar hujayralarining liniyalari ishlatilishi. 

32. Individual kimyoviy birikmalarni xarakterlash uchun xususan quyidagi 

alomatlar ishlatiladi: 

belgilangan tuzilmaga ega bo‘lgan quyi molekular birikmalar uchun – sifat 

tarkibiy qismi (ma’lum elementlar atomlari), miqdoriy tarkibi (har bir elementning 

atomlar soni), atomlar orasidagi bog‘lanish va ularning molekuladagi kimyoviy tuzilish 

formulasi orqali ifodalangan o‘zaro joylashganligi

belgilangan tuzilmaga ega bo‘lgan yuqori molekular birikmalar uchun kimyoviy 

tarkibi va makromolekula bir bo‘g‘imining tuzilishi, makromolekulaning umuman 

tuzilishi (chiziqli, tarmoqlangan), bo‘g‘imlarning davriyligi, molekular massa, 

molekular massa taqsimlanishi, makromolekulaning geometriya va stereometriyasi, 

uning uchidagi va yonidagi guruhlari; 

aniqlanmagan tuzilishga ega bo‘lgan individual birikmalar uchun – fizik-kimyoviy 

va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa 

xarakteristikalari (shu jumladan olish usulining alomatlari); 

gen muhandisligi mahsulotlariga taalluqli bo‘lgan individual birikmalar uchun nukleotidlar ketma-ketligi 

(nuklein kislotalar fragmentlari hollarida) yoki tabiiy kartasi (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar 

hollarida), aminokislotalar ketma-ketligi hamda ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur 

bo‘lgan boshqa fizikaviy-kimyoviy xarakteristikalari. 

33. Kompozitsiyalarni xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi: 

sifat tarkibi (ingrediyentlar); 

miqdoriy tarkibi (ingrediyentlar miqdori); 

kompozitsiya tuzilishi; 

ingrediyentlar tuzilishi. 

Tarkibi aniqlanmagan kompozitsiyalarni xarakterlash uchun ularning fizik­

kimyoviy, fizik va foydalilik ko‘rsatkichlari hamda ularni olish usulining alomatlari 

ishlatilishi mumkin. 

34. Yadroviy parchalanish yo‘li bilan olingan moddalarni xarakterlash uchun 

xususan quyidagi alomatlar ishlatiladi: 



sifat tarkibi (element izotopi (izotoplari), miqdoriy tarkibi (proton va neytronlar 

soni); 


asosiy yadroviy xarakteristikalari: yarim parchalanish davri, nurlanish energiyasi 

va ko‘rinishi (radioaktiv izotoplar uchun). 

35. Individual mikroorganizm shtammlarini xarakterlash uchun xususan quyidagi 

alomatlar ishlatiladi: 

shtamning oila va turi nomi (lotin tilida); 

kelib chiqishi (ajratib olinish manbasi, urug‘-aymog‘i); 

gen va xemotaksonometrik xarakteristikalari;  

morfologik, fiziologik (shu jumladan kultural) xarakteristikalari;  

biotexnologik xarakteristikasi (yetishtirish sharoitlari; shtammdan hosil 

qilinadigan foydali moddaning nomi va xususiyati; faollik (mahsuldorlik) darajasi; 

virulentlik, antigen tuzilishi, serologik xususiyatlari (meditsina va veterinariya 

sohasidagi mikroorganizmlar shtammlari uchun); 

gibridlash prinsipi (gibrid mikroorganizmlar shtammlari uchun). 

36. O‘simliklar yoki hayvonlar hujayralari liniyalarini xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlar 

ishlatiladi: 

passajlar miqdori; 

kariologik xarakteristikasi; 

o‘sish (kinetik) xarakteristikalari; 

hayvon organizmida o‘stirish xarakteristikasi (gibridlar uchun); 

morfogenezga qobiliyati (o‘simliklar hujayralari uchun). 

37. Mikroorganizmlar, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralari kosorsiumlarini 

xarakterlash uchun yuqorida sanab o‘tilgan alomatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi 

alomatlar ishlatiladi: seleksiya va moslashtirish faktorlari va sharoitlari, taksonomik 

tarkibi, miqdori va ustun bo‘lgan komponentlar, umuman konsorsiumning tipi va 

fiziologik xususiyatlari. 

38. Genetik konstruksiyalarni tegishli ravishda xarakterlash uchun ushbu Qoidalarning 30-bandida 

ko‘zda tutilgan alomatlardan foydalaniladi (bunda konstruktiv elementlar bo‘lib enxanser, promotor, 

terminator, initsiiruyuщiy kodon, linker, o‘zga gen fragmenti, marker, flankirlovchi sohalar bo‘lishi 

mumkin). 

39. Transformatsiyalangan hujayrani xarakterlash uchun xususan quyidagi 

alomatlardan foydalaniladi: 

transformatsiyalovchi element;  

hujayra tomonidan o‘zlashtirib olinadigan alomatlar (xususiyatlar);  


hujayra kelib chiqishiga doir ma’lumotlar (prokariotik hujayra uchun urug‘, oila 

turkumi va/yoki turi); 

taksonomik alomatlar; 

tabiiy genom mutatsiyasi; 

hujayrani madaniylashtirish sharoitlari va ushbu hujayrani boshqasidan farqlash 

uchun yetarli bo‘lgan boshqa xarakteristikalari. 

40. Transgen o‘simlikni xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlardan 

foydalaniladi: 

genomda modifikatsiyalangan elementning mavjudligi; 

o‘simlik tomonidan o‘zlashtirib olinadigan alomatlar (xususiyatlar); 

o‘simlikning kelib chiqishi; 

taksonomik tegishliligi va ushbu o‘simlikni boshqasidan farqlash uchun yetarli 

bo‘lgan boshqa xarakteristikalari. 

41. Transgen hayvonni xarakterlash uchun xususan quyidagi alomatlardan 

foydalaniladi: 

hayvon genomiga transformatsiyalangangen va/yoki DNK va kodlaydigan yoki 

ekspresslaydigan maqsadli mahsulot; 

hayvon tomonidan o‘zlashtirib olinadigan alomatlar (xususiyatlar); 

hayvon tomonidan hosil qilinadigan modifikatsiyalangan mahsulot; 

hayvonning tegishliligi (tipi, zoti va boshqalar) va ushbu hayvonni boshqasidan 

farqlash uchun yetarli bo‘lgan boshqa xarakteristikalari. 

42. Mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvonlar hujayralari liniyalarining konsorsiumlarini xarakterlash 

uchun ushbu Qoidalarning 37-bandida sanab o‘tilganlarga qo‘shimcha ravishda xususan quyidagi 

alomatlardan foydalaniladi: 

seleksiya va moslashish faktorlari va sharoitlari, taksonomik tarkibi, miqdori va ustun bo‘lgan 

komponentlari, umuman konsorsiumning o‘rin almashinishi, tipi va fiziologik xususiyatlari hamda 

ushbu konsorsiumni boshqasidan farqlash uchun imkon beradigan boshqa xarakteristikalari. 

43. Avval ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda 

qo‘llashni xarakterlash uchun yangi maqsadda qo‘llanayotgan obyektning 

identifikatsiyalash uchun yetarli bo‘lgan qisqa xarakteristikasi va uning yangi 

vazifasiga doir ko‘rsatmadan foydalaniladi. 

44. Tavsifning «Chizmalar figuralari ro‘yxati» bo‘limida figuralar ro‘yxatidan tashqari ularning har birida 

nima tasvirlanganligini qisqacha ta’rifi keltiriladi. 

Agar ixtiro mohiyatini tushuntiruvchi boshqa materiallar berilgan bo‘lsa, ularning qisqacha mazmuni 

keltiriladi. 

45. «Ixtironi amalga oshirish mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar» bo‘limda ixtironi talabnoma 

beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan vazifada amalga oshirish mumkinligi ko‘rsatiladi. 


Mohiyati umumiy tushuncha bilan ifodalangan, xususan funksional umumlashtirish darajasida 

keltirilgan alomatdan foydalanish bilan xarakterlanuvchi ixtironi amalga oshirish imkoniyati bevosita 

talabnoma materiallarida bunday alomatni hosil qilish uchun vositalarni yoki uni olish metodlari yoki 

bunday vosita yoki metodlarning ma’lum ekanligiga ko‘rsatmani ifodalash bilan tasdiqlanadi. 

Tavsifning ushbu bo‘limida, shuningdek, ixtironi amalga oshirganda olinishi mumkin bo‘lgan, hal 

qilinayotgan vazifa xarakterlanayotganda «Ixtiro mohiyati» bo‘limida ko‘rsatilgan texnik natijaga 

erishishi mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham keltiriladi. Ixtironi xarakterlash uchun miqdorlar 

intervali ko‘rinishida ifodalangan miqdoriy alomatlardan foydalanilganda texnik natijaga shu intervalda 

erishishi mumkinligi ko‘rsatiladi. 

46. Qurilmaga oid ixtiroga uning konstruksiyasining (statik holatdagi) tavsifi 

chizma figuralariga izoh berilgan holda keltiriladi. Konstruktiv elementlarning 

tavsifdagi raqamli belgilari chizma figuralaridagi raqamli belgilariga mos kelishi kerak 

va ularning ketma-ket ta’riflash davomida birdan boshlab o‘sish tartibida keltiriladi. 

Qurilma konstruksiyasini tavsiflashdan keyin uning harakati (ishlashi) yoki undan foydalanish usuli 

konstruktiv elementlar va chizma figuralariga, zarur hollarida esa boshqa izoh beruvchi materiallarga 

(epyuralar, vaqt bo‘yicha diagrammalar va boshqalar) raqam bilan izoh berilgan holda beriladi. 

Agar qurilma funksional darajada tavsiflangan bo‘lib, ko‘rsatilgan amalga oshirish shakli 

programmalangan (sozlangan) ko‘p funksiyali moslamadan foydalanishni ko‘zda tutgan bo‘lsa, unda 

qurilmadagi aniq biriktirilgan funksiyani bajarishi mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar beriladi. 

Bunday ma’lumotlar sifatida algoritm, xususan hisoblash algoritmi keltirilsa, uni ko‘pincha bloksxema 

yoki agar mumkin bo‘lsa, tegishli matematik ifoda ko‘rinishida beriladi. 

47. Usulga oid ixtironi tavsiflash uchun moddiy obyekt ustida bajariladigan 

harakatlar ketma-ketligi va shuningdek, harakatlar olib boriladigan shart-sharoitlar, 

agar zarur bo‘lsa aniq rejimlar (harorat, bosim va boshqalar) ishlatiladigan qurilmalar, 

moddalar, shtammlar ko‘rsatiladi. Agar usul biror ustuvorlik sanasigacha ma’lum 

bo‘lgan vositalardan, qurilma, modda va shtammlardan foydalanish orqali tavsiflansa, 

bu vositalarni ixtironi amalga oshirish mumkin bo‘lgan holda ochib berish kifoya. 

Noma’lum vositalardan foydalanilgan bo‘lsa, ularning xarakteristikalari keltiriladi, 

zarur hollarda grafik tasvirlar ilova qilinadi. 

Usulda yangi moddalardan foydalanilsa, ularni olish usuli ochib beriladi. 

48. Umumiy tuzilish formulasi bilan tavsiflangan kimyoviy birikmalar guruhini (qatorini) olish usuliga 

oid ixtirolar uchun, shu usul bilan guruhdagi (qatordagi) birikmalarni olish misollari keltiriladi. Agar 

guruh (qator) kimyoviy tabiati har xil radikallardan iborat birikmalarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, ushbu 

har xil radikalli birikmalarni olishni tasdiqlash uchun yetarli bo‘lgan misollar keltiriladi. Guruhga 

(qatorga) kirgan birikmalarni olish uchun ma’lum metodlar bilan tasdiqlangan tuzilish formulalari va 

fizik-kimyoviy xarakteristikalari keltiriladi. Tavsifda shuningdek, yangi birikmalarning vazifasi va 

biologik faol xususiyatlari haqida ma’lumotlari keltiriladi. 

Tuzilishi aniqlanmagan kimyoviy birikmalarni yoki tarkibi va/yoki tuzilishi aniqlanmagan aralashmalarni 

olish usuliga oid ixtirolar uchun ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur bo‘lgan 

ma’lumotlar keltiriladi. Birikmalarni olish uchun boshlang‘ich reagentlar haqida ma’lumotlar va 

shuningdek, birikmaning talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan vazifasini amalga oshirish 

mumkinligini tasdiqlovchi ma’lumotlar, xususan bu vazifani keltirib chiqaruvchi xususiyatlar keltiriladi. 

49. Insonlar yoki hayvonlardagi kasalliklarni davolash, tashhis qo‘yish yoki oldini olish usuliga oid 

ixtirolar uchun kasallik etiopatogeneziga ta’sir ko‘rsatadigan aniqlangan faktorlar yoki etiopatogenez va 

tashhis ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘lanishni keltirib chiqaruvchi faktorlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. 

Bunday ma’lumotlar bo‘lmasa, usulning ko‘rsatilgan holat yoki kasallikni davolash, tashhis yoki oldini 

olishga yaroqliligini tasdiqlovchi (xususan adekvat modellarda yoki boshqa yo‘l bilan olingan) haqiqiy 

ma’lumotlar keltiriladi. 



50. Tuzilishi aniqlangan yangi individual kimyoviy birikmaga oid ixtiro uchun 

ma’lum metodlar bilan isbotlangan tuzilish formulasi, fizik-kimyoviy doimiylar 

keltiriladi va yangi birikma birinchi marta olingan usul ochib beriladi. 

51. Gen muhandisligi mahsulotlariga taalluqli bo‘lgan individual birikmalar uchun ketma-ketliklar 

ro‘yxatidagi nukleotidlar ketma-ketligining raqamiga doir ko‘rsatma (nuklein kislotalar fragmentlarida) 

yoki tabiiy karta (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida), ketma-ketliklar ro‘yxatidagi 

aminokislotalar ketma-ketligining raqamiga doir ko‘rsatma hamda ushbu birikmani boshqalaridan 

farqlash uchun zarur bo‘lgan fizik-kimyoviy va boshqa xarakteristikalar keltiriladi. Yangi birikma birinchi 

marta olingan usul tavsiflanadi va ushbu birikmadan ma’lum vazifa bo‘yicha foydalanish imkoniyati 

ko‘rsatiladi. 

Nukleotidlar yoki aminokislotalar ketma-ketligi agar ketma-ketliklar tavsifi 

ketma-ketliklar ro‘yxatida bunday matndan foydalanilgan holda berilgan bo‘lsa, 

tegishli erkin matn keltirilgan holda uning ketma-ketliklar ro‘yxatidagi raqamini «SEC 

ID NO…» ko‘rinishida ko‘rsatish yo‘li bilan taqdim etiladi. 

52. Biologik faol birikma uchun faollik va zaxarlilik miqdor xarakteristikalari ko‘rsatkichlari, zarur 

bo‘lganda esa amal qilishining tanlanilishi va boshqa ko‘rsatkichlari keltiriladi. 

53. Agar ixtiro insonlar yoki hayvonlardagi ma’lum holatlari yoki kasalliklarini davolash, tashhis qo‘yish 

yoki profilaktika qilish vositasiga oid bo‘lsa, tavsifda uning ishlatilishi natijasida kasallik 

etiopatogeneziga ko‘rsatiladigan ta’sirini tushuntiradigan omillar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Bunday 

ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda, ko‘rsatilgan kasalliklarni davolash, tashhis qo‘yish yoki profilaktika 

qilish uchun yaroqliligini tasdiqlovchi haqiqiy ma’lumotlar keltiriladi. 

54. Agar ixtiro tuzilishi aniqlangan kimyoviy birikmaga taalluqli bo‘lsa, ma’lum bo‘lgan metodlar bilan 

isbotlangan tuzilish formulasi, fizikaviy-kimyoviy konstantalar keltiriladi, birikma olingan usul 

tavsiflanadi va ixtirodan ko‘rsatib o‘tilgan vazifasi bo‘yicha foydalanish imkoniyati ko‘rsatiladi. 

55. Agar yangi kimyoviy birikma mikroorganizmlar shtammi, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralari 

liniyalaridan foydalanish orqali olingan bo‘lsa, shu shtamm, liniyalari ishtirokidagi uning olinish usuli, 

ular haqida ma’lumotlar, va shtammni deoponentlanganligi haqida ma’lumotlar keltiriladi. 

56. Agar ixtiro oraliq birikmaga oid bo‘lsa, uni avvaldan ma’lum bo‘lgan oxirgi mahsulotga aylantirish 

uchun qayta ishlash imkoniyati yoki undan aniq vazifada ishlatiladigan yoki biologik faol xususiyatga 

ega bo‘lgan yangi mahsulot olish mumkinligini keltiriladi. 

57. Agar ixtiro nuklein kislotalar yoki oqsillarga taalluqli bo‘lsa, ketma-ketliklar ro‘yxatidagi ketma-ketlik 

raqami (nuklein kislotalar uchun – nukleotidlar, oqsillar uchun – aminokislotalar), hamda ushbu 

mahsulotni boshqalardan farqlashga imkon beradigan fizik-kimyoviy va boshqa xarakteristikalar 

keltiriladi. Mahsulot olingan usul bayon qilinadi va ushbu mahsulotdan belgilangan vazifa bo‘yicha 

foydalanish imkoniyati ko‘rsatiladi. 

58. Agar ixtiro kompozitsiyaga (aralashma, eritma, qotishma, shisha va 

boshqlarga) oid bo‘lsa, kompozitsiya tarkibiga kirgan ingrediyentlar, ularning 

xarakteristikalari va miqdoriy nisbatlari ko‘rsatilgan misollar keltiriladi. Kompozitsiyani 

olish usuli tavsiflanadi, agar biror ingrediyenti sifatida yangi moddani o‘z ichiga olsa, 

uning olish usuli ham tavsiflanadi. 

Keltirilgan misollarda har bir ingrediyentning miqdori ixtiro formulasida 

keltirilgan chegaralarda bo‘lgan birliklarda beriladi (ixtiro formulasida ingrediyentlar 

nisbatini foizlarda ifodalanganda (massa yoki hajmi bo‘yicha) misolda ko‘rsatilgan 

hamma ingrediyentlar yig‘indisi 100% ga teng bo‘ladi). 



59. Shtammga taalluqli bo‘lgan ixtiro uchun shtammning nomenklatura ma’lumotlari va kelib chiqishi, 

ozuqa (sepiladigan va fermentatsiya) muhitining miqdoriy va sifat tarkibi, madaniy yetishtirish 

sharoitlari (harorat, pH, O

ning solishtirma massa o‘tkazilishi, yoritilganligi va boshqalar), 



fermentatsiya vaqti, biosintez xarakteristikasi, foydali (maqsadga muvofiq) mahsulotlar, mahsulot 

chiqishi, shtammning faollik (sermahsullik) darajasi va uni aniqlash (testlash) usullari to‘g‘risida 

ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Maqsadga oid mahsulotlarning (yangi maqsadga oid mahsulotlar produ­

sentlari, masalan, antibiotiklar, fermentlar, monoklonal antitanachalar va boshqalar uchun) ajratib 

olish va tozalash usuli ochib beriladi. 

Mikroorganizmlar konsorsiumlari va o‘simliklar va hayvonlar hujayralari uchun quyidagi ma’lumotlar: 

komponentlar mavjudligini tekshirish metodi, ajratib olish (seleksiya) metodi va seleksiya olib borilgan 

alomatlar, uzoq muddat davomida yetishtirilayotganda konsorsiumning barqarorligi, o‘zga 

mikroorganizmlar tomonidan zararlanishga chidamliligi ko‘rsatib o‘tiladi. 

Shtamm, o‘simliklar yoki hayvonlar hujayralari liniyalariga yoxud ular ishlatiladigan usulga taalluqli 

ixtironi amalga oshirish imkoniyati shtammni olish usulini bayon qilish bilan, yoki agar shtammni olish 

usulining tavsifi shtammni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmasa, shtammning deponentlanganligi 

(depozitariy kolleksiyasining nomi va kolleksiya tomonidan deponentlangan ob’yektga berilgan 

ro‘yxatdan o‘tkazish raqami) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bilan tasdiqlanadi. Bunda uning 

sanasi ixtiro ustuvorligi sanasigacha bo‘lishi lozim. 

Agar shtamm, hujayralar liniyasi yoki konsorsium obyektni eng kamida patent amal qilishi muddati 

ichida hayotiyligini ta’minlashni kafolatlaydigan xalqaro kolleksiyaga yoki O‘zbekiston Respublikasi 

kolleksiyasiga joylashtirilgan bo‘lsa, patent amallari maqsadlari uchun deponentlash amalga oshirilgan 

deb hisoblanadi. 

60. Ixtiro tavsifining ushbu bo‘limida agar nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi to‘rtta va 

undan ko‘p aminokislotalardan iborat yoki o‘nta va undan ko‘p nukleotidlardan iborat tarmoqlanmagan 

ketma-ketliklar hisoblansa, ushbu ketma-ketliklar detallarga ajratilgan holda ochib beriladi. Har bir 

ketma-ketlikka alohida raqam beriladi. Ketma-ketliklar raqamlari birdan boshlanishi va tartib bilan 

butun songa oshib borishi kerak. 

Ro‘yxatdagi har bir ketma-ketlikning raqami ixtiro tavsifi, formulasi yoki grafik tasvirlarda ko‘rsatilgan 

uning raqamiga muvofiq bo‘lishi kerak. 

Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi hech bo‘lmaganda quyidagi imkoniyatlarning biri 

yordamida taqdim etilishi kerak: 

faqat nukleotidlar ketma-ketligi bilan; 

faqat aminokislotalar ketma-ketligi bilan; 

nukleotidlar ketma-ketligining tegishli aminokislotalar ketma-ketligi bilan. 

So‘nggi holatda aminokislotalar ketma-ketligi alohida raqamga ega bo‘lgan aminokislotalarning alohida 

ketma-ketligi sifatida taqdim etilishi kerak. Nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligining ro‘yxati 

o‘zi bilan ixtiro tavsifining bevosita tarkibiy qismini namoyon qiladi, shuning uchun ushbu ketma­

ketliklarni tavsifning biron-bir joyida boshdan-oyoq bayon qilinishiga zarurat yo‘q. 

Yuqorida eslatib o‘tilgan ro‘yxat o‘zining bayoniy qismida erkin matn – neytral til leksikasidan 

foydalanilmaydigan ketma-ketliklar tavsifini bayon qiluvchi jumlalarni o‘z ichiga olgan hollarda ushbu 

erkin matn ixtiro tavsifining ketma-ketliklar ro‘yxatidagi ketma-ketlik raqamini aynan o‘sha ko‘rinishda 

ichiga olgan boshqa bo‘limlarida takrorlanishi kerak. 

61. Qurilma, usul, modda, shtammni yangi vazifada qo‘llanilishiga taalluqli ixtiro uchun ushbu vazifani 

amalga oshirish imkoniyatlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar keltiriladi. 

62. Ixtironing formulasi, patent orqali beriladigan huquqiy muhofaza hajmini belgilash uchun 

mo‘ljallangan. 


63. Ixtironing formulasi tavsifga va chizmalarga to‘liq asoslangan bo‘lishi, ya’ni ixtironi uning tavsifida 

mavjud bo‘lgan va chizmalarda ko‘rsatilgan tushunchalar bilan ta’riflab berishi lozim. 

64. Ixtironing formulasi uning mohiyatini ifodalashi kerak, ya’ni talabnoma beruvchi tomonidan 

ko‘rsatilgan texnikaviy natijaga erishish uchun yetarli darajada ixtironing muhim alomatlari majmuini 

o‘z ichiga olishi lozim. 

65. Ixtironing alomatlari ixtiro formulasida shunday ifoda etilishi lozimki, ularni aynanlashtirish, ya’ni 

ma’lum bo‘lgan texnika taraqqiyoti darajasi asosida ularning ma’nosi va mazmuni mutaxassislar 

tomonidan bir xil ma’noda tushunilishi imkoniyatini ta’minlansin. 

66. Ixtiro formulasidagi alomat ta’rifini axborot manbaiga havola qilish bilan almashtirilishi mumkin 

emas. Alomatni talabnoma tavsifi yoki chizmalariga havola qilmasdan ta’riflashning iloji bo‘lmasa, 

ushbu Qoidalarning 65-bandi talablarini buzmagan holda, alomat ta’rifi bunday havola qilish bilan 

almashtirilishi mumkin. 

67. Nukleotidlar yoki aminokislotalarning ketma-ketligi undan ixtiro formulasidagi alomatni 

xarakterlash uchun foydalangan holda ketma-ketliklar ro‘yxatidagi uning raqamini «SEC ID NO...» 

ko‘rinishida ko‘rsatish yo‘li bilan taqdim etiladi. 

68. Agar umumiy tushunchadagi ta’riflar boshqa alomatlar bilan birgalikda 

talabnoma beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan texnikaviy natijani olishni ta’minlasa, 

ixtironing alomati uning xususiy hollarda amalga oshirish shakllarini o‘z ichiga olgan 

umumiy (funksiyasi, xususiyatini ifodalaydigan) tushunchalar  bilan tavsiflanishi 

mumkin. 


Agar, ko‘rsatilgan alternativadan tanlab olingan har bir alomat ixtironing boshqa alomatlari bilan 

birgalikda birdan-bir texnikaviy natijani olishni ta’minlasa, alomat alternativ tushunchalar ko‘rinishida 

ifoda etilishi mumkin. 

69. Ixtironing formulasi bir zvenoli va ko‘p zvenoli bo‘lishi, hamda tegishlicha bir yoki bir necha 

bandlarni o‘z ichiga olishi mumkin. 

70. Bir zvenoli formula, ixtironing tayyorlanishi yoki undan foydalanishning xususiy hollarida 

rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega bo‘lmagan muhim alomatlar majmui bilan bitta ixtironi 

tavsiflash uchun qo‘llaniladi.  

71. Ixtironing ko‘p zvenoli formulasi, ixtironing tayyorlanishi va/yoki undan foydalanishning xususiy 

hollarida rivojlantirishlar va aniqlashtirishlarga ega bo‘lgan muhim alomatlar majmui bilan bitta ixtironi 

yoki ixtirolar guruhini tavsiflash uchun qo‘llaniladi. 

Bitta ixtironi tavsiflovchi ko‘p zvenoli formula, bir mustaqil bandga va undan keyin keluvchi unga 

bog‘liq band(bandlar) ga ega. 

Ixtirolar guruhini tavsiflovchi ko‘p zvenoli formula bir necha mustaqil bandlarga ega bo‘lib, ulardan har 

biri, guruhning ixtirolaridan birini tavsiflaydi. Shuning bilan birga guruhning har bir ixtirosi tegishli 

mustaqil bandga bo‘ysunuvchi bog‘liq bandlarni jalb etish bilan tavsiflangan bo‘lishi mumkin. 

Ko‘p zvenoli formula bandlari birdan boshlab ularni bayon etish tartibida ketma-ket arab raqamlari 

bilan raqamlanadi. 

72. Ixtirolar guruhini tavsiflovchi formulani bayon etishda quyidagi qoidalapga 

amal qilinadi: 

alohida ixtirolarni tavsiflovchi mustaqil bandlapda, odatda, fopmulaning boshqa bandlapiga  havola 

qilinmaydi (shu mustaqil bandni unda boshqa bandning mazmunini butunlay takrorlamasdan bayon 

etishga imkon bepsagina, bunday havola qilishga yo‘l qo‘yiladi); 


bog‘liq bandlap, o‘zlapi bo‘ysungan mustaqil bandlap bilan bipga gupuhlapga 

biplashtipiladi, shu jumladan guruhdagi har xil ixtirolarni ta’riflash uchun bir xil 

mazmundagi bog‘liq bandlar jalb qilingan holatlarni o‘z ichiga olganda ham; 

73. Fopmulaning bandi, odatda, eng yaqin analogning belgilapi bilan mos keluvchi, shu jumladan 

ixtironing vazifasini ko‘rsatuvchi umumlashtiruvchi tushunchani o‘z ichiga oladigan muhim belgilapga 

ega bo‘lgan cheklovchi qismdan va ixtironi eng yaqin analogidan fapqlaydigan muhim belgilarni o‘z 

ichiga oladigan farqlovchi qismdan iborat. 

Fopmula  bandini cheklovchi va farqlovchi qismlarga bo‘lib tuzilganda cheklovchi qismi bayon etib 

bo‘lingandan so‘ng "shu bilan fapqlanadiki" so‘z bipikmasi kipitiladi, bundan keyin bevosita fapqlovchi 

qism bayon etiladi. 

74. Ixtiro fopmulasi xususan agar u quyidagilarni: 

kimyoviy birikma; 

mikroorganizm shtammi, o‘simlik va hayvon hujayralari liniyasi; 

avval ma’lum bo‘lgan qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llanilishi; 

analoglarga ega bo‘lmagan ixtironi xarakterlasa, bandni cheklovchi va fapqlovchi 

qismlapga bo‘linmay tuziladi. 

75. Fopmulaning bandi bitta gap ko‘rinishida bayon etiladi. 

76. Ixtiro fopmulasining mustaqil  bandi faqat bip ixtiroga taalluqli bo‘lishi va bitta gap ko‘rinishida 

bayon etilishi lozim. Agar ixtirolar – variantlar faqat muqobil ko‘rinishda ifodalangan alomatlar bilan 

farqlansa, formulaning bitta mustaqil bandida bir qancha ixtirolarni – variantlarni tavsiflashga yo‘l 

qo‘yiladi. 

Agar formulaning mustaqil bandida muqobil ko‘rinishda faqat funksional mustaqil bo‘lmagan (ya’ni, 

qurilmaning bo‘g‘imi yoki detali; usul operatsiyasi; usulda qo‘llaniladigan modda, material, moslama; 

kompozitsiya ingrediyenti hisoblanmagan) alomatlar ifodalangan bo‘lsa, bunday mustaqil band faqat 

bitta ixtiroga taalluqli deb hisoblanadi. 

77. Fopmulaning mustaqil bandi, agap undagi mavjud alomatlap majmui turli obyektlarga yoki hap bipi 

o‘z vazifasiga ega bo‘lgan vositalar majmuiga oid bo‘lgan ixtirolarning tavsifini umumiy vazifadagi 

vositalapning ko‘rsatilgan majmuini amalga oshirilmagan holda, ta’rifini o‘z ichiga olgan bo‘lsa, bip 

ixtiroga taalluqli deb e’tipof etilmaydi. 

78. Ixtironing bog‘langan bandi mustaqil bandda keltipilgan ixtironi faqat uni bajapish yoki 

foydalanishning xususiy hollapida tavsiflaydigan alomatlap bilan ixtiro alomatlari majmuini 

pivojlantipish va/yoki aniqlashtirishni o‘z ichiga oladi. 

79. Fopmula bog‘langan bandning cheklovchi qismi ixtironing nomini aks ettipuvchi, odatda, mustaqil 

bandda keltipilganiga nisbatan qisqaptipilgan holda keltipilgan va ushbu bog‘langan band mansub 

bo‘lgan mustaqil band va/yoki bog‘langan bandga havola qilingan umumlashtipma tushunchadan 

ibopat. Bog‘langan band fopmulaning bip necha bandlapiga bo‘ysungan hollapda, ulapga havola qilish 

muqobilidan foydalanilgan holda ko‘psatiladi. So‘ngra ixtironi bajapilishi yoki undan foydalanishining 

xususiy hollapida ixtironi tavsiflovchi alomatlar keltiriladi. 

Agap ixtironi tavsiflash uchun uning bajapilishi yoki foydalanishining xususiy hollapida, bog‘langan 

bandning alomatlapi bilan bip qatopda mustaqil bandning alomatlari bilan va bu bog‘langan bandning 

mustaqil bandga bo‘ysunishidan foydalaniladi. Agap ko‘psatib o‘tilgan ta’riflash uchun fopmulaning 

boshqa bip yoki bip necha bog‘langan bandlapining alomatlari zapup bo‘lsa, shu bog‘langan bandning 

mustaqil bandga tegishli bog‘langan  bandlapi opqali bo‘ysunishidan foydalaniladi. Bunda ushbu 

bog‘langan bandda u bevosita bo‘ysungan bog‘langan bandgagina havolalar keltiriladi. 



80. Ixtiro formulasining bog‘langan bandini fopmulaning o‘zi bo‘ysungan o‘sha bandining alomatlapini 

almashtiradigan yoki chiqapib tashlaydigan holda bayon etish kerak emas. 

Agap ixtiro fopmulasining bog‘langan bandi mustaqil  bandning belgilapi almashtipilgan yoki chiqapib 

tashlangan holda shakllantirilgan bo‘lsa, ushbu bog‘langan band o‘zi buysungan mustaqil band bilan 

birga bitta ixtironi ta’riflaydi deb e’tipof etilishi mumkin emas. 

81. Qurilma alomatlari formulada uni statik holatda tavsiflash uchun bayon 

qilinadi. Qurilmaning konstruktiv elementi bajarilishini tavsiflashda uning 

harakatlanuvchanligi, uning tomonidan ma’lum bir funksiya (masalan, aylanish 

imkoniyati, siljish imkoniyati) va boshqalarni amalga oshirilishi imkoniyatini 

ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi. 

Agar talabnoma chizmalarni ichiga olgan bo‘lsa, formulada eslatib o‘tilgan va 

ekvivalent konstruktiv elementlarni ifodalaydigan alomatlar ularga taalluqli bo‘lgan 

izohli belgilar bilan birga berilishi mumkin. Izohli belgilar so‘ralayotgan huquqiy 

muhofaza hajmiga ta’sir etmaydi va faqat formulani to‘liqroq va aniqroq tushunish 

maqsadlarida keltiriladi. 

82. Amalni (usulni, operatsiyani) usul alomati sifatida tavsiflash uchun fe’llardan 

foydalanilganda, ularni aniqlik nisbatida, aniqlik maylida uchinchi shaxsda, ko‘plikda 

bayon qilinadi (qizdiriladi, namlanadi, kuydiriladi va boshqalar). 

83. Kelib chiqish tuzilmasi aniq bo‘lgan kimyoviy birikmani tavsiflovchi ixtiro formulasiga birikmaning 

nomlanishi yoki belgilanishi kiritiladi. Gen muhandisligi mahsulotlariga taalluqli birikmalar uchun ixtiro 

formulasiga ketma-ketliklar ro‘yxatidagi nukleotidlar ketma-ketligi (nuklein kislotalar fragmenti 

holatida) raqamiga ko‘rsatma va tabiiy kartaning (rekombinant nuklein kislotalar va vektorlar holatida) 

so‘zli tavsifi, ketma-ketliklar ro‘yxatidagi aminokislotalar ketma-ketligi raqamiga ko‘rsatma hamda fizik­

kimyoviy va ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa xarakteristikalar 

kiritiladi. Tuzilishi aniqlanmagan birikmalar uchun ixtiro formulasiga nomlanishi, fizik-kimyoviy va 

ushbu birikmani boshqalardan farqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa xarakteristikalar, masalan, uni 

olish usulining alomatlari kiritiladi. 

84. Kompozitsiyani xarakterlaydigan ixtiro formulasiga kompozitsiyaga kiradigan ingrediyentlar va 

zarur bo‘lganda ingrediyentlarning miqdoriy qiymatlariga tegishli alomatlari kiritiladi. 

Kompozitsiyani xarakterlaydigan formulaga ingrediyentlarning miqdorini ko‘rsatadigan alomatlar 

kiritilsa, ular bir xil birliklarda, odatda ikkita qiymatlarda, eng ko‘p va eng kam miqdordagi (quyi va 

yuqori) chegaralarda ifodalanadi. 

Kompozitsiya elementlari bittasining miqdorini bitta qiymat orqali, boshqalarini esa uning qiymatiga 

nisbatan interval ko‘rinishida berish mumkin (masalan, ingrediyentlar miqdori kompozisiya asosiy 

ingrediyentining 100 massa qismiga yoki 1 l eritmaga nisbatan keltiriladi). 

Kompozitsiya tarkibidagi antibiotiklar, fermentlar, anatoksinlar va boshqalar miqdorini 

kompozitsiyasining boshqa komponentlari birliklaridan boshqa birliklarda ko‘rsatish mumkin (masalan, 

boshqa komponentlar massa soniga nisbatan ming birliklarda). 

Agar kompozitsiyalarga oid ixtiro qo‘shimcha ingrediyent kiritish bilan xarakterlansa, formulada 

farqlovchi alomatdan oldin «qo‘shimcha ravishda o‘z ichiga oladi» degan ibora kiritiladi. 

Vazifasi yangi aktiv komponent bilan belgilanadigan boshqa komponentlar an’anaviy qo‘llaniladigan 

neytral qismlar bo‘lsa, formulada shu aktiv komponentni va uning miqdorini «samarali miqdori» 

ko‘rinishida keltirish mumkin. 

Bunday kompozitsiyalarni xarakterlaydigan yana bir varianti undagi aktiv komponentdan tashqari 

boshqa komponentlarni (neytral qismlarni) umumlashtirma tushuncha «maqsadli qo‘shimchalar» 


ko‘rinishida ifodalanadi. Bu holda aktiv komponentlar va maqsadli qo‘shimchalarning miqdoriy nis­

batlari ko‘rsatiladi. 

Agar ixtiro alomati sifatida murakkab tarkibli ma’lum modda ko‘rsatilgan bo‘lsa, shu moddaning 

funksiyasini va xususiyatini ko‘rsatib maxsus nomini keltirish mumkin. Bu holda ixtiro tavsifida shu 

modda tavsiflanagan adabiyot ko‘rsatiladi. 

85. Mikroorganizm shtammi, o‘simliklar va hayvonlar hujayralari liniyalarini xarakterlaydigan formulaga 

muallifning (mualliflarning) familiyasi (familiyalari), rasmiy kolleksiya –depozitariyning bosh harflari, 

deponentlangan obyektga berilgan ro‘yxat nomeri va shtamm vazifasi ko‘rsatilgan holda biologik 

obyektning oila turkumlari va turlariga oid lotin tilidagi nomini o‘z ichiga oladi. 

86. Ixtiro obyekti avvaldan ma’lum qurilma, usul, modda, shtammni yangi maqsadda qo‘llash bo‘lgan 

hollarda, quyidagi tuzilishdagi formula ishlatiladi: «(ma’lum qurilma, usul, modda, shtammning nomi 

yoki xarakteristikasi keltiriladi) (ko‘rsatilgan qurilma, usul, modda, shtammning yangi vazifasi 

keltiriladi) sifatida ishlatilishi». 

87. Ixtiro mohiyatini tushuntiradigan materiallar, gpafik tasvirlar (chizmalap, sxemalap, gpafiklap, 

epyupalap, pasmlap, ossilogpammalap va h.k.), tasvirlvr va jadvallar ko‘rinishida bajarilishi mumkin. 

Tavsifni chizmalap yoki sxemalap bilan tasviplashning iloji bo‘lmagan holda rasmlap topshipiladi. 

Fotosupatlap grafik tasvirlarga qo‘shimcha sifatida topshipilishi mumkin. 

Chizmalap, sxemalap, pasmlap alohida varaqlarda va hap bip vapag‘ining yuqopisidan o‘ng bupchagida 

ixtironing nomi ko‘psatilgan holda taqdim etiladi. 

88. Referat ixtiro haqida ma’lumot olish uchun xizmat qiladi va ixtiro tavsifining qisqartirilgan bayoni 

bo‘lib, ixtiro nomi, ixtiro mansub bo‘lgan texnika sohasining xarakteristikasi, mohiyat xarakteristikasi, u 

va/yoki qo‘llanilish sohasi, agar bu nomidan aniq bo‘lmasa erishiladigan texnik natijani mohiyat 

xarakteristikasini o‘z ichiga oladi. Referatda ixtiro mohiyati ixtiro formulasining mustaqil punktidagi 

hamma muhim alomatlarini saqlagan holda erkin ifodalanishi orqali xarakterlanadi. 

Zarur hollarda ixtiro referatiga chizma yoki kimyoviy formula kiritiladi. Referatga kiritilgan chizma 

alohida varaqda, referat matni miqdoridagi nusxalar sonida, shu jumladan tavsifga ilova qilingan 

chizmalar figuralaridan biriga mos kelgan hollarda ham beriladi. 

Referatda qo‘shimcha ma’lumotlar, xususan bog‘langan bandlar, grafik tasvirlar, jadvallar mavjudligi 

va soni ko‘rsatilishi mumkin. 

Referat matnining tavsiya etiladigan o‘rtacha hajmi 1000 ta bosma belgigacha. 

3-§. Yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan elementlap 

89. Talabnomada, ahloq-odob va ijtimoiy taptibga zid ibopalap, chizmalap, pasmlap, fotosupatlap va 

boshqa matepiallap; boshqa shaxslapning mahsulotlari yoki texnologik japayonlapiga, shuningdek 

talabnomalapi va patentlapiga (guvohnomalapiga) nisbatan bayon qilingan iltifotsiz fikplap; ixtiroga 

ochiqdan-ochiq taalluqli bo‘lmagan yoxud talabnoma hujjatlarini ushbu Qoidalarning talablariga 

muvofiq deb e’tirof etish uchun zarur bo‘lmagan ma’lumotlap va fikplap bo‘lmasligi lozim. "Texnika 

dapajasi" bo‘limida ma’lum qurilmalapning kamchiligini oddiy tapzda ko‘psatish yo‘l qo‘yib 

bo‘lmaydigan element deb hisoblanmaydi. 



Katalog: edocs -> lexdocs -> laws
laws -> 25 may 2000 yil 69-ii-sonli
laws -> 1990 yil 31 oktyabr 152-xii-son
laws -> O'zbekiston Respublikasining 22 sentyabr 1994 yil 2012-xii-son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan va
laws -> O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004 yil 21 arreldagi 22-son buyrug'i bilan tasdiqlangan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yilning
laws -> Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida
laws -> Zbekiston respublikasining bojxona kodeksi
laws -> O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004 yil 30 dekabrdagi 62- son buyrug'i bilan tasdiqlangan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yilning 14 yanvarida 1443-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan
laws -> Qoidalari o'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2002 yil 11 oktyabrdagi 51- son buyrug'i bilan tasdiqlangan
laws -> O'zbekiston respublikasining qonuni «naslchilik to'G'risida»
laws -> Tasdiqlangan

Download 395.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling