1-Mavzu. Loyihani boshqarish asoslari va konsepsiyasi. Loyiha bo‘yich investitsiya strategiyasini ishlab chiqish. Investitsion loyihani tayyorlashni tashkil qilish (investitsiya oldi fazasi). Reja
Download 16.7 Kb.
|
1-Amaliy mashg\'ulot. LB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
1-Mavzu. Loyihani boshqarish asoslari va konsepsiyasi. Loyiha bo‘yich investitsiya strategiyasini ishlab chiqish. Investitsion loyihani tayyorlashni tashkil qilish (investitsiya oldi fazasi). Reja: Investitsiya loyihasining tushunchasi, maqsadi va strukturasi. Loyihalarni tasniflash: katta va kichik, ichki va tashqi, texnik va notexnik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari. Loyiha ishtirokchilari. “Loyihani boshqarish” tushunchasi. Loyihani boshqarish, investitsiyalarni boshqarish va funksional menejmentning o’zaro bog’liqligi Investitsiya strategiyasi tushunchasi va uning ahamiyati. Loyiha bo’yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish tamoyillari va bosqichlari. Investitsiya strategiyasini shakllantirish va loyiha strategiyasini ishlab chiqish. Loyiha bo’yicha investitsiyalash maqsadi va strategik yo‘nalishlarini (resurslardan foydalanish) aniqlash. Loyihaning innovatsion faoliyat xususiyatlari va innovatsiya strategiyasini ishlab chiqishning ahamiyati. Investitsion sikl, mazmuni va loyihani ishlab chiqish bosqichlari. Loyiha sikli bosqichlari. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish. Loyihaning investitsion g‘oyasini shakllantirish. Investitsion loyiha varinatlarini ishlab chiqish. Loyihaning hayotiylik sikli: investitsiya oldi, investitsion, ekspluatatsiya fazasi. Loyihaning dastlabki rejasi. Investitsiya oldi tadqiqotlari. Investitsiya oldi tadqiqotlar. Loyihani hayotiyigini baholash. Nazorat savollari Investitsiya loyihalarini boshqarishning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlarini aytib bering. Loyihalarni boshqarishda axborotlar hamda ular manbalarini aniqlash va shakllantirishning ahamiyatini ayting. Investitsiya loyihalarini boshqarishning xorij tajribalarini bilasizmi? Loyihalar tasnifini keltiring. Loyihaning ishtirokchilari tarkibini aytib bering. Loyihani boshqarish, investitsiyalarni boshqarish va funksional menejmentning o’zaro bog’liqligi nimada? Loyiha nima va uning investitsiya loyihasidan qanday farqi bor? Investitsiya loyihasi turlarini aytib bering. Investitsiya loyihalarini boshqarishning zarurligi nimada? Loyihalar tasnifini keltiring. Loyihaning umumiy xususiyatlarini qanday izohlay olasiz? Davlat investitsiya siyosatining asosiy tamoyillarini bilasizmi? Masala Faraz investitsiya loyihasi uchun 140 mln.so‘m miqdorida investitsiyalash ko‘zda tutilmoqda va loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan pul tushumlari miqdori yillar bo‘yicha quyidagini: birinchi yilda – 37750 ming so‘m, ikkinchi yilda – 42390 ming so‘m, uchinchi yilda- 47430 ming so‘m, to‘rtinchi yilda – 51140 ming so‘m va beshinchi yilda 60030 ming so‘mni tashkil etadi. Bunda qoplanish muddati necha yilga teng ekanligini aniqlash qanday amalga oshiriladi? Yechimi: Bunda uch yillik pul tushumlari yig‘indisi boshlang‘ich investitsiyalar miqdoridan kichik, ya’ni yil 127570 ming so‘mni tashkil etadi. To‘rt yil bo‘yicha katta (178710 ming so‘m) ekanligini hisobga olsak, investitsiyalarning aniq qoplanish muddati investitsiya loyihasining to‘rtinchi yilgi faoliyatiga bog‘liqligini ko‘ramiz. Uch yillik olingan daromadlarning (127570 ming so‘m) boshlang‘ich investitsiyalardan (140 mln so‘m) farqi 12430 ming so‘mni tashkil etishini hisobga olsak (140000 - 127570), ushbu qoldiq summaning to‘rtinchi yilda olingan daromadlarga nisabti uning qoplanish muddatini ko‘rsatadi, ya’ni 12430/51140=0,24 koeffitsiyentni, yil hisobida esa 2 oy-u 28 kunni (3 yil+2 oy-u 28 kun) tashkil etishini hosil qilamiz. Shunday qilib, investitsiya loyihasining qoplash muddati, ya’ni loyihani amalga oshirishdan olinadigan tushumlar qilingan xarajatlarni qoplash vaqti hisoblanadi. Download 16.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling