14-variant Talaba F. I. Sh guruh 1-topshiriq
Download 223 Kb.
|
Оралиқ назорат учун топшириқлар Инвестиция 2022 2023
14-variant Talaba F.I.SH________________________ Guruh_______________________ 1-TOPSHIRIQ Investitsiya jarayoni ishtirokchilari kimlar? Investitsiya jarayoni ishtirokchilari. Investitsiya jarayonining bosh ishtirokchilari – davlat, kompaniyalar va xususiy shaxslar bo’lib, ularni har biri investitsiya jarayonida talab tomonida, yoki hamda taklif tomonida turib ishtirok etishi mumkin. Davlat. Ijroiya hokimiyatini har bir darajasiga o’z faoliyatini moliyalashtirishga katta miqdorda pul kerak bo’ladi. Ushbu faoliyat maktab, kasalxona, turar joylar, katta yo’llar kabi ijtimoiy inshootlarni qurishga sarflanayotgan kapital qo’yilmalar bilan bog’liqdir. Yuqoridagi loyihalar turli ko’rinishdagi uzoq muddatli qarz majburiyatlar – obligatsiyalar chiqarish yo’li bilan moliyalashtiriladi. Pulga bo’lgan talabni boshqa manbai bo’lib davlatni joriy ehtiyojlari hisoblanadi. Masalan, xukumat soliq ko’rinishida davlat byudjeti daromadiga to’langanga qaraganda ko’p xarajat qilish mumkin. Yoki, shahar hokimiyati joriy faoliyati uchun pul kerak bo’lgan holda byudjetga soliqlar to’lanmagan holatlar bo’lishi mumkin. Ustun darajada hokimliklar o’z ehtiyojlarini qisqa muddatli obligatsiyalar chiqarish yordamida moliyalashtiradilar. Ayrim vaqtda ijroiya hokimiyati idoralari pulni taklif qiluvchilar tomonida qatnashadilar. Masalan, shaharda ma’lum vaqtga kelib qandaydir pul summasi bo’shab qolsa, uni joriy hisob raqamida ushlab turmasdan, shahar hokimiyati mablag’ni qisqa muddatli moliyaviy bozorga qurollarga qo’yib daromad olishlari mumkin. Ijroiya hokimiyati idoralarini moliyaviy mablag’larga ehtiyoj sezayotgan tomonda va taklif tomonida moliyaviy institutlar va moliyaviy bozorlar holatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Aksariyat hollarda davlat – pul mablag’larini iste’molchisidir, ya’ni u mablag’ berishga qaraganda ko’p mablag’ni ishlatadi. Kompaniyalar. Ko’pgina kompaniyalar shakllaridan qa’tiy nazar o’z faoliyatini yuritish uchun yirik moliya mablag’lariga muhtoj bo’ladi. Ijroiya hokimiyati idoralari singari, ularni moliyaviy ehtiyojlari uzoq va qisqa muddatliga bo’linadi. Uzoq muddatli maqsadlarni amalga oshirish uchun kompaniyalarga zavodlar qurishga, asbob-uskunalar va inshootlar olishga, yangi mahsulotlarni ishlash uchun pul kerak bo’ladi. Qisqa muddatli extiyojlar tovar zaxiralarini ta’minlash, debitor qarzlarini va boshqa joriy xarajat qoplash zaruratlaridan yuzaga keladi. Qisqa va uzoq muddatli ehtiyojlarni moliyalashtirish uchun kompaniyalar muomalaga turli xil qarz qimmatli qog’ozlarni va aktsiyalarni chiqaradilar. Qachonki ularda vaqtincha ortiqcha pul mablag’lari paydo bo’lsa, ular pullarni boshqalarga taklif qiladilar. Amalda ko’pgina yirik kompaniyalar naqd pullarini boshqarishni faol va murakkab strategiyasini amalga oshiradilar va qisqa muddatli qimmatli qog’ozlarning asosiy xaridorlari hisoblanadilar. Davlatga o’xshab kompaniyalar umuman pul mablag’larini sof xaridorlari hisoblanadi. Xususiy shaxslar. Xususiy shaxslar investitsiya jarayoniga turli usullar bilan: masalan, omonat hisoblarga pul joylashtirish, obligatsiya va aktsiyalar sotib olish, sug’urta polislari olish bilan pul etkazib berishlari mumkin. Moliyaviy qurollarni tanlash ko’pgincha judayam oddiy vazifa emas, u yakka investor o’z oldiga qanday maqsad qo’yayotganiga bog’liq. Pul mablag’lariga xususiy shaxslarning talabi asosan mulkni, odatda uy avtomobil xarid qilishni moliyalashtirish uchun zayom shakliga ega bo’ladi. Vaholanki, unday talabni miqdori juda katta, xususiy shaxslar – pul sof etkazib beruvchilardir, boshqacha qilib aytganda ular investitsiya jarayoniga olganiga qaraganda ko’p beradilar. Davlat va kompaniyalar pul mablag’larining sof xaridorlari hisoblanar ekan, xususiy investorlarning iqtisodiy o’sish va rivojlanishni moliyalashtirish uchun pul etkazib berishdagi roli juda salmoqlidir. 2. Xorijiy investorlar deb kimlarga aytiladi? Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to’g’risida mamlakatimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir investitsiya turining o’ziga xos o’rni bo’ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, vekselьlar va boshqa qimmatli qog’ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi. Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asmavzu-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi. Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular mulkiy huquqlar Shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat. 3. Investititsiya faoliyatini respublikamiz miqyosida tartibga soluvchi davlat organlari. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasini va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat vazifalari bajarilishini taʼminlaydigan investitsiya siyosatini amalga oshirish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi turli investitsiya obyektlariga qoʻyilmalar uchun xavfsiz shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish; investitsiya faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini taqdim etish; Oʻzbekiston Respublikasi hududida maxsus iqtisodiy zonalarni va kichik sanoat zonalarini barpo etish; asosiy fondlarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish; texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini belgilash; raqobatni qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllash; yer uchastkalariga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish shartlarini belgilash. Investorlarga bozorda ularni ustuvor mavqega qoʻyuvchi mutlaq qoidalar va huquqlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 4. Mamlakat YaIM (yalpi ichki mahsuloti) ning investitsion jozibadorlikka ta’siri. Mamlakatlarning investitsion jozibadorligi bir qancha omillarga, ya'ni siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, tashkiliy-huquqiy va jugrofiy omillarga bog'liqdir. Ushbu omillardan kelib chiqib, investorlar mamlakatga investitsiyalarni kiritish yoki kiritmaslik to'g'risida qaror qabul qilishadi. Jahon banki tomonidan har yili e'lon qilinadigan "Doing Business" hisobotida turli mamlakatlarning 6700 dan ortiq ekspertlari tomonidan 189 ta mamlakatning biznesni yuritish bo'yicha (jami 10 indikatori) reytingi e'lon qilib boriladi. Jahon banki tomonidan e'lon qilib boriladigan reytingda biznesni ochish va uni yuritish bo'yichadavlat tomonida yaratilgan ma'muriy taomillar o'rin olgan bo'lib, unda ham mamlakatning iqtisodiy potensialiga tegishli bo'lgan asosiy omillar (bozor hajmi, ishchi kuchining narxi va b.), shuningdek, potensial investor duch kelishi mumkin bo'lgan xavflar inobatga olinmagan 5. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati. Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo‘jaliklarining chambarchas birlashish jarayonlaridir. Mikrodarajada bu jarayon hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining o‘zaro ta’siri orqali, ular o‘rtasidagi turli tuman iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, shu jumladan chet ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi. Davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi. Download 223 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling