Oilaning axloqiy asoslari Reja: Oilada axloqiy munosabatlarning shakllanishi. O'zbek oilalarida axloqiy tarbiyaning o'rni


Download 46 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi46 Kb.
#226839
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Oilaning axloqiy asoslari


Aim.uz

Oilaning axloqiy asoslari
Reja:

1. Oilada axloqiy munosabatlarning shakllanishi.

2. O'zbek oilalarida axloqiy tarbiyaning o'rni.

3. Rossiya, Ukraina, Boltiqbo'yi davlatlarida axloqiy tarbiyaning saviyasi.
Tayanch iboralar: axloqiy munosabatlar, Demokratik, Avtoritar, Libera, Anormal.

1. Oilada axloqiy munosabatlarning shakllanishi. Pok va sofdil shaxsni tarbiyalashda hech kim va hech narsa oila bilan tenglasha olmaydi.

Oila turmush tarzining muhim belgilaridir va ularga qarab oilaning hayot tarziga axloqiy jihatdan baho berish mumkin. Bu belgilar umumiy bo'lgani uchun ularni miqdor ko'rsatkichida ifodalash qiyin. Oila­ning axloqiy saviyasi darajasini aniqlashda ayollarning oilada tutgan mavqei, boshqacha aytganda, er-xotinning tenglik darajasini bilish muhim. Er-xotinning tengligi farzandlar tarbiyasi, oilaning jamiyat bilan aloqalarini to'laroq namoyon etadi.

Er-xotinning oiladagi tengligi axloqiy mezonlari o'zida mujassamlashtiruvchi axloqiy me'yordir. Bunda ayolning o'rni beqiyos. Shuning uchun qizlarimizga ustoz Rahimjon Usmonovning o'gitlarini keltirib o'tmoqchimiz.

"Aziz shogirdim! Наг xil vaziyatga yaraydigan hammabop axloqiy nafosat qoidalari retsepti yo'q. Eng ulug' ustoz — hayot. Hayotni, odamlar xatti-harakatlarini kuzatishni odat qil. Xulqi zebo, madaniyatli, farosatli odamlarning go'zal xulqini, xatti-harakatini, o'zini qanday tutishi va ozoda saqlashini, umuman kishilar bilan muloqotda foydalanayotgan xilma-xil go'zal, muomala vositalarini o'rganish, ulardan ijodiy foydalanish, nafis axloqiy xatti-harakat talablariga rioya qilmayotgan, o'zlarining o'rinsiz qiliqlari va xunuk xatti-harakatlari bilan odamlarning nafratlariga uchraydigan kishilardan ham o'zingiz uchun xulosa chiqaring.

Yosh do'stim, eng muhimi, har kungi xatti-harakatingiz ustida o'z-o'zingizga hisob berishni va tegishli xulosa chiqarishni unutmang. Axloqli inson bo'lishning muhim omili o'z-o'zini tarbiyalashdir.

Bunday oilalarda nafaqat oilaviy munosabat, balki qon-qarindoshlik munosabatlari madaniyati ham yuksak darajada rivojlangan bo'ladi. Bunday oilada bobo, buvi, ota-ona, amaki, aka-uka, opa-singil, jiyan, kuyov, kelin quda-anda, qaynota-qaynona kabi o'nlab qarindoshchilik darajalarini bildiruvchi mezonlarga amal qilinadi. Bu munosabatlarda milliylikning asl o'zagi namoyon bo'ladi.

Bu munosabatlarning afzalliligi shundaki, bunda qarindosh-urug'lar bilan oqibatli bo'lib yashash, farzandlarni milliy udum, qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun imkoniyat tug'iladi hamda ular qarindoshlar orasida ham moddiy va ma'naviy tayanch-suyanch bo'lib yashashga odatlanadilar.

Bunday oilalarda tarbiyalangan farzandlar ham barcha bilan munosabatda tezda kirishib keta oladigan, munosabat madaniyatiga rioya etadigan inson bo'lib shakllanadilar, chunki bu bolalarni bitta oila emas, bir necha oila tarbiyalaydi.

Xo'sh, Ovrupa davlatlarida bunday munosabatlar qay yo'sinda rivojlangan?

Hozirgi davrda Ovrupa oilalariga xos xususiyat nikohsiz erkin yashashning ko'payishi, tug'ilishning kamayishi bi­lan izohlanadi.

Tadqiqotchilar bu holatni quyidagicha izohlashmoqdalar:

1. Jamiyatning ishlab chiqarishda keng ishtirok etishi.

2. Ayollarning ishlab chiqarishda keng ishtirok etishi.

3. O'ziga juft tanlashning o'ta erkinligi.

4. Birgalikda yashashning boshqa shakllaridan foydalanishning ochiqligida.

Aynan mana shunday oilaviy parokandalik tufayli oilada er-xotin, ota-ona va farzandlarning o'zaro munosabatlari beqaror ahvoldadir. Qariyalar qadrlanmaydi, ular qarib aynan farzandlarining yordamiga muhtoj bo'lganda qariyalar uyiga jo'natilmoqda.

Ayrim G'arb olimlari nikohni butunlay yo'qotishni taklif qilmoqdalar. "Nikoh kishi erkinligini cheklab qo'yadi, u inson tabiatiga zid narsadir" — deb yozadi Etrin Beruts, "Nikoh do'zaxdir" kitobida.

Italiyalik mutaxassislar hisob-kitobiga qaraganda, hozirgi kunda har besh nafar ovrupalikning bir uyqusizlikdan, yolg'izlikdan azob chekar ekan. Sharqda esa bunday turmush tarzi farq qilib, oilani muqaddas bilib, nikohsiz er-xotin bo'lib yashash man etiladi. Millat ko'payishining birdan-bir yo'li erkak va ayolning nikoh va oila munosabatida bo'lishidir.




Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling