Kalit sòzlar : oila tinchligi,ma'naviy yetuklik, farzandlar tarbiyasi, ģarbona yashash


Download 16.18 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi16.18 Kb.
#1392480
Bog'liq
Oila tinchligi


Oila tinchligi.
Kalit sòzlar :oila tinchligi,ma'naviy yetuklik, farzandlar tarbiyasi, ģarbona yashash.
jamiyatning muhim boģini bo'lgan oila qanchalik tinch va totuv bo'lsa, shundagina davlat tinch va barqaror rivojlanishi mumkin.Men ushbu maqolamda oilaning tinchligi haqida gapirmoqchman
Oila qòrģonining mustahkamligi va unda ma'naviy jihatlarning shakllanishi hamda amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Oila degan muqaddas zaminda farzandlar kamolga yetadi,ulģayadi. Shunday ekan, bu jamiyatda yuzaga kelgan oilalar qanchalik mustahkam qurilgan, uning poydevori chiqish?
Darhaqiqat, oilaning barpo etilishida kimlar yoki nimalar muhim rol o'ynaydi, tashqi omillar chi? Mavjud oilalar va yangi barpo etilgan oila o'z mavqeini qanchalik saqlab qolmoqda? Oila -muqaddas qòrģon. Oila ma'naviy kamolot maskani va boshqa bir qancha sòz va iboralar bilan oilaning mavqeini belgilaymiz.Albatta jamiyatda axil oilalar talaygina. Namunali oila deganda,oilaviy munosabatlar, ma'naviy mezonlar asosida qurilgan, yaxshi va axloqli farzandlar tarbiyalangan, nurli, piru-badavlat otaxon va onaxonlar kòz oldimizga keladi. Ularning borligi boshqalar uchun ibrat maktabi. Ammo afsuski, bizni òylantirayotgan masala bu -oilaning buzilishiga ta'sir ko'rsatayotgan ayrim tashqi va ichki omillardir. Tashqi omillar sifatida ģarbona yashash tarzini targ'ib qilish orqali bo'lsa, ichki omillar esa yoshlarning oilaga ma'naviy jihatdan tayyor emasligi dir.
Ma'naviy taxdid hisoblanayotgan ģarbona madaniyat, ģarbona yashash, ģarbona muomala, ģarbona hayoti tarzi va boshqalar bizning muqaddas oilamizga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Oddiy holat sifatida qabul qilingan turli serial, kino, film va kliplar aslida shovqinli, jangari, toshbaģir hayoti tarzini bizga òrgatmoqda.Ģarb seriallarda kelinini erkalayotgan qaynotasi, erini ochiq oydin yerga urayotgan xotini, uning eri bilan xiyonat qilayotgan dugonasi, oiladan mehr topa olmay giyohvand moddalarning ta'siriga tushib qolgan bolalar bularning barchasi oilamiz tinchligiga, oilaviy muhit nosog'lom bo'lishiga olib keladi . Aksariyat xollarda oilalar bunday hayot tarzini qanday bo'lsa shundayligicha qabul qilmoqda. Kòp xollarda bular bizning mentalitetimizga, yashash tarzimizga toģri keladimi yòqmi, buni òylab ko'rishimiz kerak. Natijada oilalar arzimas muammolarga dosh bera olmaydi, yengil yelpi, hoyu xavaslarning qurboniga aylanmoqda. Buning oqibatida ayol kimningdir qoģirchoģiga aylanmoqda, bolalar esa yetim qolmoqda. Bu kabi misollarni qator keltirish mumkin. Oila tinchligiga salbiy ta'sir koatayotgan bunday muammolar aslida har bir vijdonli insonning qalb oģriqlardur.To'qayga òt ketsa xòlu quruq baravar yonadi deganlaridek, oila buzilsa yoki bola tarbiyasiz bo'lsa, bir inson emas, atrofdagi odamlar, butun jamiyat hayotiga, farovonligiga, tinchligig rahna solingan bo'ladi. Shunday ekan, oila qòrģonini asrash, uning mustahkamligini ta'minlash uchun nimalar e'tibor berilishi kerak .Hamma narsani asosiy ma'naviy yetuklikka borib taqaladi.

Axloqimizga tashqi jihatlar salbiy ta'sir ko'rsatayotgan ekan, ulardan himoyoalanishning yagona yo'li ham ma'naviy yetuklikdir.Ma'nan yetuk inson ģarbona yashash, ģarbona madaniyatini qanday bo'lsa, shundayligicha òzlashtirmaydi,aksincha òzbekona, milliy xususiyatlarimizga uyģunlashtiradilar Oila deb atalmish muqaddas qòrģonini asrab avaylaydilar.Oilaning bir butunligini tashkil etayotgan er va xotin ma'nan boy, aqlan kamolga yetgan bo'lsa, har qanday zararli ta'sirlarni oldinda ko'radi


Va oilasini himoya qila oladi. Va farzandlarini tarbiyalashda ham shu mezonlardan turib yondoshadi.
Oila mustahkamligida va uni ta'minlashda ko'pni ko'rgan tajribali otaxon va onaxonlar o'g'itlarni va ma'noli nasihatlari, ularning ibratli hayoti tarzi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan jamiyatda yuzaga kelayotgan yangi oilalarga ularning turmushi ibrat bo'lsa tajribasidan o'rganishsa, o'ylaymanki, oila yanada mustahkam va voyaga yetayotgan farzandlari tarbiyali bo'ladi.
Demak, oila qorģoni ma'naviy yetuklik va boy tajriba asosida yanada mustaxkamlanib boradi.
Download 16.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling