Xoji amin maqbarasi


Download 0.81 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1547292
Bog'liq
XOJI AMIN MAQBARASI SLAYD

XOJI AMIN MAQBARASI

Xoʻja amin maqbarasi, Xoʻjamning qabri — Namangandagi meʼmoriy yodgorlik (18-asr). Shayx Xovandi Tohur avlodlaridan boʻlgan, Toshkentdan Namanganga kelib oʻrnashib qolgan Iminxoʻja Eshon qaynotasi Ibroximxoʻja qabrining odd tarafiga, pishiq gʻishtdan qabrdan jan. roqda maqbara qurdirgan.

  • Xoʻja amin maqbarasi, Xoʻjamning qabri — Namangandagi meʼmoriy yodgorlik (18-asr). Shayx Xovandi Tohur avlodlaridan boʻlgan, Toshkentdan Namanganga kelib oʻrnashib qolgan Iminxoʻja Eshon qaynotasi Ibroximxoʻja qabrining odd tarafiga, pishiq gʻishtdan qabrdan jan. roqda maqbara qurdirgan.
  • Maqbara 1112-asrlar meʼmorligi anʼanalari asosida qurilgan boʻlib, gʻishtlar orasi ganch qorishmasi bilan toʻldirib tekislangan. Qabr ustiga toʻgʻri toʻrtburchakli sagʻana qoʻyilgan.

NAMANGANDAGI XO‘JA AMIN MAQBARASI

Namanganda qizg‘in shahar bozorining yonida kichik bo‘lmagan, lekin ajoyib me’moriy yodgorlik — Xoji Amin qabri nomi bilan mashhur Xo‘ja Amin maqbarasi joylashgan. Maqbara XVIII asrning ikkinchi yarmida, Namangan Farg‘ona vodiysining yirik shaharlaridan biriga aylangan vaqti qurilgan. Yodgorlikka qarab, milliy hunarmandlarning o‘lmas san’atiga bo‘lgan hurmati oshadi kishini, zero feodal sharoitlarda, siyosiy parchalanish va hokimiyatsizlik zamonlaridan osha, ildizi qadim zamonlarga taqaluvchi yuqori badiiy an’analari hanuz saqlanib qolgan.

  • Namanganda qizg‘in shahar bozorining yonida kichik bo‘lmagan, lekin ajoyib me’moriy yodgorlik — Xoji Amin qabri nomi bilan mashhur Xo‘ja Amin maqbarasi joylashgan. Maqbara XVIII asrning ikkinchi yarmida, Namangan Farg‘ona vodiysining yirik shaharlaridan biriga aylangan vaqti qurilgan. Yodgorlikka qarab, milliy hunarmandlarning o‘lmas san’atiga bo‘lgan hurmati oshadi kishini, zero feodal sharoitlarda, siyosiy parchalanish va hokimiyatsizlik zamonlaridan osha, ildizi qadim zamonlarga taqaluvchi yuqori badiiy an’analari hanuz saqlanib qolgan.

Maqbara binosini bezatishda XIV boshlarida O‘rta Osiyoning me’morchilik san’atidan chiqib ketgan rang-barang sirli qoplama o‘rniga o‘yma naqshlardan foydalanilgan.

  • Maqbara binosini bezatishda XIV boshlarida O‘rta Osiyoning me’morchilik san’atidan chiqib ketgan rang-barang sirli qoplama o‘rniga o‘yma naqshlardan foydalanilgan.
  • Samarqandning XIV-XV asrlarga tegishli yodgorliklari, Buxoroning XVI-XVII asrlarga tegishli binolari rangli qoplamalardan ishlangan ajoyib naqshlari bilan yaraqlaydi, biroq o‘yma naqshlarni ko‘rmaysiz. Lekin, kutilmaganda XVIII asrning ikkinchi yarmida namanganning maqbarasida o‘yma naqshni uchratasiz, aytish joizki, bu ishlar mohir va ildam usta qo‘li bilan bajarilgan.

Xo‘ja Amin maqbarasi — devorning naqshkor bezagi Binoning old tomoni nayzasimon ark shaklida bajarilgan, burchaklari guldasta naqshli baland peshtoq bor. Portal arki tepasiga P-shaklida hoshiya bilan ishlov berilgan, ular ingichka va qalin tasmalar almashinuvida ishlangan bo‘lib, guldasta hamda geometrik naqshlar bilan bezatilgan.

Qalin hoshiyalar o‘yilgan chinni terrakota tasmalari bilan bezatilgan, ingichkalari esa alebastr ustiga ikki qavatli o‘yma uslubida bajarilgan.

  • Qalin hoshiyalar o‘yilgan chinni terrakota tasmalari bilan bezatilgan, ingichkalari esa alebastr ustiga ikki qavatli o‘yma uslubida bajarilgan.
  • Ma’lumki, pastki qismi avvallari qizil rangga bo‘yalgan bo‘lib, ochiq oq rangli o‘yma uchun fon o‘rnida bo‘lgan. Hozirgi vaqtga kelib ikkala qavati ham bir xil rangda va o‘yma terrakota chinnidan, deyarli farqi yo‘q.
  • Portal qoplamalari uchun, shuningdek, rang-barang sirlangan koshinlardan foydalanilgan. Ark arxivolti almashinuvchi yorqin yashil hamda sariq g‘ishtlardan terilgan bo‘lib, butun old majmuaning mukammal bezagi oldida yaqqol ajralib turadi. Arklar yashil rangli chinnilar bilan bezatilgan ustunlarga qotirilgan.

XO‘JA AMIN MAQBARASINING ICHKI KO‘RINISHI

Maqbaraning old ko‘rinishidandan ham o‘ziga xos va qiziqarli bo‘lgan qismi — binoning badiiy bezagidir. Go‘yo devorga urg‘u berganday, koshinlar ostidan harfli va guldasta naqshli epigrafik hoshiya o‘tgan. Huddi shunday ikkinchi hoshiya devor ust chegarasi bilan bog‘langan bo‘lib, uning ostida ark qavatlari va yuqoriga cho‘zilgan gumbaz joylashgan.

  • Maqbaraning old ko‘rinishidandan ham o‘ziga xos va qiziqarli bo‘lgan qismi — binoning badiiy bezagidir. Go‘yo devorga urg‘u berganday, koshinlar ostidan harfli va guldasta naqshli epigrafik hoshiya o‘tgan. Huddi shunday ikkinchi hoshiya devor ust chegarasi bilan bog‘langan bo‘lib, uning ostida ark qavatlari va yuqoriga cho‘zilgan gumbaz joylashgan.
  • Maqbaraning ichki devorlariga rangli fonli naqsh bilan bezalgan yaxlit gilamlar qoplangan.

Xo‘ja Amin maqbarasining asosiy ko‘rinishi Xo‘ja Amin maqbarasining badiiy bezagi yuqori did bilan mohirona bajarilgan. Alohida bo‘laklarida butun kompozitsiyasi kabi badiiy hissiyotlar, marom va mutanosiblik ruhi kuzatiladi. Shu bilan birga butuni va bo‘laklari bir butun uslubda birlashgan. Garchi, o‘yma yozuv va naqshlari gul va geometrik shakllarda bajarilgan bo‘lsa-da, naqsh madaniyati boyligi va turli xilligi bilan lol qoldiradi.

ETIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling