Mavzu: Yevropada XVII asrning ikkinchi yarmi -XVIII asrda feodal absolyutik tuzum Reja
Download 94 Kb.
|
Yevropada XVII asrning ikkinchi yarmi XVIII asrda feodal absolyutik
Mavzu: Yevropada XVII asrning ikkinchi yarmi -XVIII asrda feodal absolyutik tuzum Reja 1. XVII asrning ikkinchi yarmida Fransiyada kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi. 2. Absolyutizm – davrida Fransiya. 3. 1713-1774 yillarda Fransiya. 4. XVIII asr boshlarida Fransiyada Yangi ma`rifatparvarlik g’oyalarining vujudga kelishi. 5. Buyuk burjua inqilobi arafasida Fransiya. Fransiya butun O`rta asrlar davomida klassik feodalizm malakati edi. Yevropaning birorta erida ham feodal munosabatlar Fransiyadagidek sof etuk tus olmagan edi. XVI-XVII asrlardagi feodal – absolyutistik Fransiyani Angliya bilan taqqoslar ekanmiz, biz feodal munosabatlarning barqarorlik darajasiga alohida e`tibor qilishimiz kerak. Angliya feodalizmi chala rivojlangan bo`lib, u tug’ilib kelayotgan kapitalizm uchun uncha bardosh bera olmadi. Angliyada dvoryanlarning bir qismi burjualashmoqda edi, kapitalizm sanoatda zo`r berib qishloq xo`jaligiga kirib bormoqda edi. Bu holat o`z nabatida ingliz burjuaziyasiga yangi dvoryanlardan iborat siyosiy ittifoqchi etishtirib berdiki, ingliz burjuaziyasi bu dvoryanlar bilan birgalikda revolyutsiyaga boshchilik qildi. Angliya va Shimoliy Niderlandiyada bo`lib o`tgan ilk burjua revolyutsiyasi shunday revolyutsiya ediki, unda burjuaziya bilan dvoryanlarning burjualashgan qismi o`rtasida ittifoq vujudga kelgan edi va binobarin xalq ommasining roli cheklangan edi. Binobarin, Fransiyadagi revolyuqiyada burjuaziya feodalizmga qarshi birdan-bir ittifoqchi-xalq ommasi bilan, ya`ni dehqon-plebeylar ommasi bilan birlashgan holda kurash olib bormog’i kerak edi. Shu sababli Fransiyadagi revolyutsiya ochiqdan ochiq demokratik tus olishi kerak edi, albatta Fransuz burjuaziyasi ancha dalil va etuklik bilan ish ko`rishi kerak edi. Fransiyadagi burjua revolyutsiyasi revolyutsion ong kamoloti Angliyadagiga qaraganda ancha kuchli bo`lgan bir sharoitda edi. Shuning uchun ham ingliz burjua revolyutsiyasidan qariyib 150 yildan keyin bo`ldi. Fransiyada shu davr mobaynida, garchi Fransiyaning iqtisodiy hayotida kapitalistik uklad tobora katta o`rin tutib borgan bo`lsa-da, dvoryanlar hukumron sinf bo`lib keldi. Ammo ijtimoiy hayotda feodalizm gegemonlik qilib kelayotganligini yaqqol ko`rsatadigan alomat, jamg’arilgan boyliklarning ancha qismi feodal er-mulklari bo`lib, undan unvonlar va vazifalar sotib olish uchun foydalanar edi. Ilgari vaqtlardek, XVII-XVIII asrlarda ham Fransiyada er qat`iy va cheklanmagan mulk emas edi. Qiroldan keyingi o`rinda u yoki bu territoriyaga gersog va graflar egalik qilishar edi. Graflik bir qancha baroniyaga, baroniya bir qancha shatelleniyaga, shatelleniya esa quyi darajadagi mulklarga, cenzual yerlarga bo`linar edi. Bu feodal ierarxiya o`zining ilgari siyosiy ahamiyatini yo`qotgan bo`lsa ham, lekin vassallarning o`z yerlari uchun sen`orlarga pul to`lash tuzumiga va feodal yurisdikciya darajasi sifatida batomom saqlab qolgan edi. Fransiyadagi hamma yerlarning 9/10 qismdan ko`prog’i shu ierarxiyaga qaram, juda oz qismigina erkin mulk edi. Fransiyada chuqur vaqattiq ildiz otgan feodalizm iqtisodiy negizi ana shu feodal er-mulk edi. Ierarxiyaning har qaysi bosqichida ham har bir syuzeren erning bir qismini bevosita o`z mulki sifa`ida qo`lida olib qolib, boshqa bir qismigina, garchi bu qism katta bo`lsa ham, o`z vassallariga berar edi. Natijada Fransiyadagi hamma yerlarning yarmi turli viloyatlarda 60% bo`lgan qismi pirovard-oqibatida cenzual yoki cenziva deb ataladigan quyi darajadagi mulklarga bo`lingan edi. Cenziva mulklarining egalari, ya`ni cenzitariylar deb ataluvchi mulkdorlar kamdan-kam hollarda dvoryanlar, ruhoniylar, shaharliklar bo`lsa-da, lekin cenzitoriylarning ko`pchiligi dehqonlar edi. Rus tarixchisi Luchickiy va uning maktabiga mansub bo`lgan, fransuz olimlari o`tkazgan puxta statistik tadqiqotlar cenziva XVI-XVIII asrlarda Fransiyadagi dehqonlar er egaligining asosiy shakli bo`lganligini ko`rsatdi. Angliyadagi yoki Sharqiy Evropadagi feodal er egalaridan farq qilib, Fransuz sen`orlari o`zlarining bevosita mulklarida odatda, o`z pomeo`chik xo`jaliklarini yuritmas edilar. Garchi Fransiyaning ba`zi tumanlarida bu xil tendenciyalar ro`y berib turgan bo`lsa-da, lekin umuman olganda xo`jayin yerlarining yo`qolib borishi Fransiyadagi agrar tuzumning alohida hususiyati edi. Aksari hollarda sen`or o`zining bevosita mulkini mayda bo`laklarga bo`lib, hosildan hissa olish sharti bilan yoki muayyan miqdorda pul olish sharti bilan dehqonlarga ijaraga berar edi. Ijara shartnomasi turli muddat uchun: bir yil va undan ortiq muddat uchun, ijarachi o`lguncha, ikki nasl uchun tuzilishi mumkin edi. Shartnomada muddat tamom bo`lganidan keyin, er uchastkasi sen`or ixtiyoriga qaytarib beriladi. Cenziva esa aksincha, odatdagi huquqga muvofiq sen`or tomonidan o`zining bevosita mulkiga hech mahal qo`shib olinmas edi, binobarin cenzitariy to`lovlarini o`z vaqtida to`lab kelgan bo`lsa er uchastkasidan u abadiy foydalanishiga va bu uchastkaning cenzitoriy nasllari qo`lida qolishiga amin bo`lishi mumkin edi. Shunday qilib pirovard-oqibatida Fransiyadagi feodal er mulkining deyarli hammasi uchastkalarga bo`linib, bu uchastkalarda dehqonlar mayda xo`jalik yuritadilar. Dehqonlar esa, o`z eridan foydalanish huquqlari alomatiga qarab, ikki asosiy guruhga cenzitariylarga va ijarachilarga bo`linar edi. Umuman olganda ular feodallarga qaram bo`lgan dehqonlar sinfi edi. Yuridik jihatdan qaraganda, ijarachi- dehqonlargina emas, balki cenzitariy dehqonlar ham erkin edilar. Fransiyaning sharqiy hududlarida va qisman shimoliy tumanlaridagina krepostnoy dehqonlardan iborat ma`lum darajada katta bir tabaqadagi odamlar mol-mulkini me`ros tariqasida birovga berish huquqiga ega bo`lmay, ularning bir erdan ikkinchi erga ko`chish huquqi juda ham cheklab qo`yilgan edi. Biroq bevosita krepostnoy huquq hukm surmasa ham fransuz dehqonlari sen`orga batamom feodal qaramlikda kun kechirar edi. Cenzitariylar zamindor pomeo`chikka haqiqiy qaramligi bilan tutqinlikka solingan edi. Ular feodalning mulkidan foydalanar edi, ular qo`lidagi cenziva shartlari mulk bo`lib, bu mulk dehqonni sen`orga cenz to`loviga majbur etar edi. Burjua tarixchilari cenziva aslida feodalning mulki bo`lmay, balki dehqonlar mulki edi, deb da`vo qiladilar. Bu bilan ular qishloqda feodalizm hukmronlik qilinganligi faktini inkor etadilar va feodalizm XVIII asrning oxirlaridagi revolyutsiya natijasida tugatilishidan ko`ra, uzoq davr davomida asta-sekin yo`qolib va o`zgaribborish natijasida ko`proq yo`q bo`ldi, degan fikrni targ’ib qiladilar. Haqiqatda esa feodal munosabatlarning shakli o`zgarib, aslida esa feodal ekspluataticiya davom yetdi, davom yetdigina emas, balki tobora og’irlashib bordi. XVII asrda Fransiyada hukm surgan feodal ekspluataciya sistemasi, qisqacha qilib aytganda, feodal ishlab chiqarish munosabatlari sistemasi o`z taraqqiyotining shunday bir bosqichida ediki, bu bosqichda dehqonlar, majburiyatlarni odatda, pul shaklidagi shakli hukm surar edi. Bu bosqichdagi tovar ishlab chiqarishi feodalizm ruhidagi ishlab chiqarish bo`lib, u kapitalizm uchun ba`zi sharoitlarni tayyorlab bersa-da, lekin o`zidan-o`zi kapitalizmga olib kelmas edi. Fransiya dehqon xo`jaligining takror ishlab chiqarishi umuman bozorning yordamisiz ro`y berar edi, demak o`z ehtiyoji uchun dehqon bozoridan juda kam narsa sotib olardi. U asosan o`z mahsulotining majburiyatva o`lpon tariqasida topshirishi kerak bo`lgan qisminigina sotar edi, ya`ni pulga aylantirar edi. Shuning uchun ham fransuz sanoati uchun dehqonlar ko`plab mol sotib oluvchi haridor emas edi. Dehqonlarning qishloq xo`jalik asbobi bu vaqtda g’oyat darajada primitiv edi. Dehqon uyda to`qilgan, juda xunuk qilib bo`yalgan matodan tikilgan kiyim-bosh, yog’och kovush kiyib, bolta bilan yasalgan dag’al jihozla qo`yib, polsiz, tomi poxol bilan yopilgan, derazasiz va mo`risiz, yog’ochdan yasalgan yarim erto`la xolidagi joyda, ko`pincha chorva mollari va parrandalar bilan birga yashar edi. Ba`zi dehqonchilik yerlarga jamoa asosida egalik qilish huquqlari saqlanib qolgan bir nechta qishloq ma`muriy jihatdan cherkov qavmi edi. Iqtisodiy va huquqiy jihatdan esa, qishloq sen`orning qasriga yoki qishoqdagi qo`rg’oniga tobe edi, sen`orning katta hovli-joylarida esa darvozalar yonida tradicion dor bo`lib, bu dor sen`orningyuksak yurisdikciyasi edi. Biroq zamindor sen`orlar dehqonlar etishtirishgan qo`shimcha mahsulotning mutlaqo hammasini o`zlariniki qilib ololmas edilar. Buning ustiga cenzning va absolyut miqdori doimiy ravishda bir darajada qolib kelayotgan boshqa to`lovlarning nisbiy qiymati XVI-XVII asrlarda tusha bordi. Ammo XVI, XVII, XVIII asrlarda ro`y bergan ba`zi qulay fursatlarda sen`orlar o`z huquqlaridan xususan o`zlari bilan erdan foydalanuvchi dehqonlar o`rtasidagi barcha janjalli masalalarni o`zlari sud qilish huquqidan foydalanib, dehqonlarga tazyiq o`tkazardilar. Sen`orlar reakciyasi hukm surgan bu davrlarda minglab xiyla-nayrang va bahonalar ishlatilardi. Bu mahsulotning qolgan qismini esa, turli yo`llar bilan dvoryanlar olar edi. Zodagon kishilarning ko`pgina kichik o`g’illari diniy mansabga ega bo`lardi. 1516 yilda Fransiya podshosi tomonidan tuzilgan shartnomaga muvofiq, cherkov lavozimlarida tayinlash Fransiya qirolining vazifasiga kirar edi, binobarin bu huquqidan foydalanib, u o`z dvoryanlarini qo`llab quvvatlar edi. eng katta daromadlar beradigan mansablar va barcha darajadagi cherkov lavozimlari fransuz zodagonlariga berilar edi. Fransiyada birinchi toifa-ruhoniylar bilan ikkinchi toifa-dvoryanlar shu sababli bir-biri bilan mustahkam shaxsiy aloqalar orqali bog’langanedi. Cherkovlarning oladigan daromadlari cherkovning o`z yerlaridan keladigan daromadlaridangina iborat bo`lmay, Fransiyada barcha dehqon xo`jaliklaridan olinadigan “ushr”ni, ya`ni hosilning bir qisminiham o`ziga oladi. Cherkov tomonidan olinadigan “ushr” dehqonlarning mulklaridan olinadigan feodal soliqlaridan biri edi. Dvoryanlarning ikkinchi qismi armiyada hizmat qilishga intilar edi, bu xil dvoryanlar armiyada barcha komandrlar lavozimlarini egallab, katta-katta maosh olardilar. Qo`shinlarning ba`zi imtiyozli turlari qiroldan maosh olib yashaydigan dvoryanlarning o`zidangina, faqat ana shunday dvoryanlardangina iborat edi. Nihoyat, yuqori darajali dvoryanlar o`zlarining etarli daromad bermayotgan yerlarini tashlab, yo bo`lmasa sotib ketib, saroy xizmatchilari bo`lib, Parijda istiqomat qilardilar. XVII asrda bunday dvoryanlar soni ko`payib bordi. Bunday dvoryanlar amaldorlikdan va savdo ishlarini olib borishdan mag’rurona bosh tortib, qiroldan nuqul zeb-ziynatdan iborat bo`lgan saroy lavozimlarini bajonu-dil qabul qilib, haddan tashqari katta maosh, yog’lik daromadlar, katta-katta shaxsiy pensiyalar yoki juda ko`p tuhfalar olardilar. Harbiy dvoryanlarga va saroy xizmatidagi dvoryanlarga to`lanadigan mablag’lar avvalo dehqonlardan olinar edi. Dehqonlar sen`or foydasiga o`tiladtgan ko`plab majburiyatlardan va cherkov tomonidan olinadigan “ushr”dan tashqari davlat soliqlarini to`lar edilar. To`g’ri soliqlar va egri soliqlar, ya`ni qirol foydasiga undiriladigan bu soliqlar qeoda majburiyatlarning yana bir turidan boshqa narsa emas edi. Shunday vilib, harbiylar ham, saroy ahli ham, dehqonlar hisobiga yashar edi. Bundan tashqari sudxo`rlar ham dehqon xo`jaligi hisobiga yashar edi. Kapitalistik munosabatlar Fransiyaning qishloq xo`jaligiga kirib borar ekan, er-mulkining burjua tartibda o`zgarishi tarzida emas, balki dehqonlar o`rtasidagi munosabatlarning yangi shakllari tarzida kirib bordi. Angliyada esa kapitalistik munosabatlar qishloq xo`jaligiga er-mulkning burjuacha tartibda o`zgarishi tarzida kirib borgan edi. XVII asrda dehqonlarning mulkiy jihatdan tabaqaldarga bo`linishini, dehqonlar o`rtasida ijaraga olish-ijaraga berish ishlari hukm surganini, ersiz va kam erli dehqonning yollanma mehnatidan foydalanishi tekinxo`rlar – “qavm ayonlari” ajralib chiqqanini qayd qilish mumkin. Sohibkor tipidagi yirik dehqon fermasi – XVII asrdagi fransuz qishlog’ida juda kam uchraydi. Kapitalizmning qishloqqa kosibchilik sanoati orqali ya`ni dehqonlarning shahardagi olib sotarlar uchun ip, turli xil yung va zig’ir poyadan to`qilgan gazlamalar, nafis turlari, quldorlik buyumlari va boshqa xil tovarlar tayyorlanib berishi orqali kirib borayotganligi ko`zga ancha yaqqol tashlanardi. Dehqonlarning bir qismi bu buyumlarni tayyorlash maqsadida xizmatkorlar mehnatidan foydalanib, bu xizmatlarga, odatda, oziq-ovqat shaklida haq to`lardi.asosan shaharlar atrofida joylashgan qishloq sanoati tarqoq kapitalistik manufakturaning bir shakli edi. Shaharlar doirasida manufakturaning ancha rivojlangan shakllari bor edi. XVII asrdagi fransuz shahri o`zining o`rta asrlarga xos xarakterini va hatto o`rta asrlarga xos tashqi ko`rinishlarini hiyla darajada saqlab qolgan edi: atrofi devorlar bilan o`ralgan shaharlarda qal`a markaziy maydon va butxona, ratushava hovuz tosh yotqizilmagan tor ko`chalar bo`lib, uylarning oldinga qarab chiqqan ikkinchi qavatiga deyarli quyosh qator-qator ochiq hunarmandchilik ustaxonalari bo`lardi. Biroq o`rta asrlardan qolgan hunarmandchilik ishlab chiqarishi iqtisodiy jihatdan juda ham o`zgarib ketgan. O`rta asrlardan qolgan “xalfa” va “shogird” degan iboralar yollanma ishchilar ekanligini tushunish qiyin emas edi. 10-20 ta ishchisi bo`lgan ustalar XVII asrdagi fransuz shahrida endi ko`p uchrar edi. Bunday ustaxonalar markazlashgan manufakturaning kurtagi edi. Bir necha o`nlab ishchisi bo`lgan korxonalar uchrab tursada, lekin ishchilarning soni 100 tadan ortiq bo`lgan markazlashgan juda katta manufakturalar juda kam edi. Shunday bo`lishiga qaramay, ayni XVII asrni Fransiyadagi yirik manufaktura sanoatining beshigi deb hisoblash mumkin, chunki qirol manufakturalari deb atalgan kata korxonalarning bir nechtasi xuddi shu vaqtda barpo qilingan edi. Manufakturaning vujudga kelishi sifat jihatdan yangi xil ishlab chiqaruvchi kuchlar paydo bo`lganligini ko`rsatar edi. Fransiyadagi dehqonlarning bir qismi erdan mahrum bo`ldi, lekin bu mahrum bo`lish Angliyada chorvachilik uchun o`tloq ajratib olish yo`li bilan ro`y bergan bo`lsa-da, Fransiyada jamoa yerlarining boqimanda soliqlar uchun sud orqali sotilishi, kambag’al dehqonlar qo`lidagi yerlarning burjuaziya tomonidan sotib olinishi bilan ro`y berdi. Fransiyaga badavlat bo`lganlar, ya`ni hayotda to`la huquqli bo`lgan barcha shaharliklar burjua deb atalar edi: bulardan bir qismi hozirgi vaqtdagi ijtimoiy-iqtisodiy ma`noda ham burjua deb atalishi mumkin. Bu burjuadan pastda turgan har-xil shahar aholisi plebeylar deb atalar edi. Plebeylar: a) hunarmand - ustalarning qaram qismidan, b) xalfalardan manufaktura ishchilaridan, v) hech qaysi sinfga mansub bo`lmagan kambag’allardan jumladan, qishloqlardan, shaharlarda me`morchilik qilib pul topayotganlardan yoki gadoylik qilib kun kechiriayotganlardan iborat edi. Hamisha tinib tinchimas bu plebeylar ommasi ichida tashabbuskorlik rolini xalfalar o`ynardi. Ular o`z kasbiga qarab qadim zamonlardagi maxfiy ittifoqlarga –“kompan`onajlar”ga uyushgan edi. Xo`jayin ustalarga qarshi stjkalar Fransiyada XVII asrning ikkinchi yarmida juda tez-tez bo`lib turdi, bu hol kapitalizmning taraqqiy qilayotganidan dalolat berardi. 1697 yida Darnetolda 3-4 mingga yaqin movutchi ishchilar to`xtatgan ishlarini butun oy davomida boshlamadilar. Bu vaqtda mashhur iqtisodchi Buagil`berg bunday deb yozgan edi: Hamma joyda qahr-g’azab hukm surar edi. Sanoat shaharlarida ishlab-chiqarishning muayyan bir tarmog’ida ishlaydigan 700-800 ishchining birdan ish tashalab, ishdan ketayotganligini ko`rasan kishi, buning sababi shuki, ish haqining kamaytirilishi bo`lgan Fransiyaning dengiz portlari Marsel`, Bordo, Nant, Sen-Momo, D`epp hayotida katta savdogarlar juda katta muhim rol uo`naydi. Chet ellarga chiqish uchun bu portlarga qishloq va shahar sanoatining qisman qishloq xo`jaligining juda ko`p mahsuloti keltirilar edi. Ispaniyaga hamda ispan savdogarlari orqali Ispaniya va Portugaliya mustamlakalariga to Hindistongacha, shuningdek Italiyaga va boshqa mamlakatlarga eng ko`p mol chiqarilar edi. Natijada XVII asrning o`rtalarida Fransiya, Kanadada va Atlantikadagi orollarda, ya`ni shu mustamlakalarida mol sotish bozorlariga ega bo`ldi. Ayni vaqtda Levant, Niderlandiya orqali Fransiyaga juda ko`p mustamlaka mollari keltirilar edi. Biroq Fransiyaning tashqi bozorlariga mol chiqarishning bu vaqtda jahon maydoniga chiqqan kapitalistik mamlakatlarning – Niderlandiyaning, so`ngra Angliyaning raqobatini qiyinlashtirib qo`ygan edi, bu mamlakatlar feodal-absolyutistik Fransiya sotadigan narxdan ko`ra arzonroq narxda mol taklif qilardilar. Ichki bozorga kelganda shuni aytish kerakki, ichki bozorda feodalizmning hukmronligi kapitalizm kurtaklari uchun ayniqsa halokatliedi. Aholining asosiy ommasi bo`lgan dehqonlar juda oz narsa sotib olardilar. Shu sababli pul aholining qaysi sinfi qo`lida to`plangan bo`lsa, sanoat asosan o`sha sief uchun mahsulot ishlab chiqarar edi. Fransiya manufakturasining alohida xususiyati uning zeb-ziynat buyumlari: duxoba, atlas, kimxob va boshqa xil qimmatbaho gazlamalar, bezak, ma`lum bir uslubda ishlangan jihozlar, oltin suvi yugurtirilgan buyumlar, nafis oynalar, atir-upa va pardoz mollari-xullas qimmatbaho, mollar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi ana shuning natijasi edi. Keng ichki bozor bo`lmaganligi sababli savdo va sanoat kapitali avj olmadi. O`sha vaqtda feodal tartibning kapitalistik ukladdan ustun turganini juda yaqqol ko`rsatadigan narsa shu ediki,sanoatga va savdo ishlariga juda katta soliqlar solinishi bo`lib, bu soliqlarning ancha qismi saroy ahli bilan harbiy dvoryanlarning daromadalariga aylanib qolgan edi. Kata-katta shaharlarning atroflaridagi deyarli hamma yerlar XVII asrda yangi xo`jayinlar qo`liga o`tgan edi: har bir burjua zamindor bo`lishiga intilar edi. Shu sababli yangi zamindorlar qishloq xo`jaligining an`anaviy jarayonini o`zgartirmadilar, balki oddiy feodal renta oluvchilarga aylanib qo`ya qoldilar. Ular shu bilan birga ko`pincha feodal unvonlar sotib olardilar yoki to`g’ridan-to`g’ri “dvoryancha hayot kechirish”ni qabul qilardilar. Ikkinchidan burjualar o`z kapitallarini davlat lavozimlari va municipal lavozimlar sotib olishg sarflardilar. Fransiyaning katta byurokratik mashinasidagi lavozimlarning deyarli hammasi sotilar edi, sotilganda ham umr bo`yi egallash uchungina emas, nasldan-naslga ko`chadigan qilib egallash uchunsotilardi. eng yuqori lavozimlar, masalan, parlamenlarning maslahatchilari va prezidentlari lavozimlari juda ham qimmatga sotilar edi: past lavozimlarni hatto mayda burjuaziya ham sotib olaverardi. Ko`p vaqtlarda savdogar o`z o`g’liga foydali lavozim sotib olib, o`zining savdo ishlarini to`xtatar edi. Bu xuddi dvoryanlar kabi, soliqlardan ozod bo`lardilar va hatto dvoryanlik unvoniga ega bo`lardilar. XVII ardagi Fransiya davlati, ya`ni qirolning absolyut yoki mustabid hokimiyati principi asosida qurilgan davlat bo`lib, o`z sinfiy mohiyati e`tibori bilan dvoryanlar diktaturasi edi. Absolyutik davlatning ob`ektiv vazifasi tarix halokatiga mahkum etgan feodal tuzumni himoya qilish, feodalizmning iqtisodiy bazasini bu tuzum bag’rida etilgan barcha antifeodal kuchlardan himoya qilish edi. Asosiy antifeodal kuch dehqonlar ommasi edi. Dehqonlar qarshiligining kuchi o`rta asrlar davomida oshib bordi, markazlashgan majbur etish organi davlat bu kuchga muvaffaqiyatli ravishda qarshi turish imkoniga ega bo`ldi. Dehqonlarning ittifoqchisi, ya`ni dehqonlar qo`zg’olnlarining qudratini oshib borgan ittifoqchi shahar pleybeylar ommasi edi. Ammo bu qo`zg’olonlarga burjuaziyaning qo`shilishi antifeodal xalq kuchlarining stixiyali kurashini revolyutsiyaga aylantrar edi. Shu davrda absolyutizmning eng muhim vazifasi burjuaziya, dehqonlar va plebeylarning ittifoqi tuzilishiga to`sqinlik qilishi edi: bir tomondan, homiylik qilish yo`li bilan burjuaziyaning xalq kuchlari bilan ittifoq tuzishdan chalg’itish bo`lsa, ikkinchi tomondan, dehqonlar va plebeylar harakatining bostirish edi. Biroq absolyutizmning burjuaziyaga homiylik qilishidan XVII asrdagi absolyustik davlat o`z mohiyati e`tibori bilan burjua davlati yoki ikki sinf davlati, dvoryan-burjua davlati edi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu davlatda dvoryanlar bilan burjuaziya bir-biriga yon bergan bo`lsa ham, u mutloqo teng huquqlikka asoslanmagan yon berish edi. Fransiya monarxiyasining feodallik, dvoryanlik mohiyati xuddi Lyudovik XIV zamonida har qachongidan ko`ra yaqqolroq namoyon bo`ldi. Qirol hokimiyati XV-XVII asrlarda kuchaygan bo`lsa, XVIII asrning oxirlarida qirol hokimiyatiga qarshi revolyutsiya ko`targan kuchlar burjua qatlamini tashkil qildi. Lyudovik XIII 1643 yilda o`ldi. Taxt vorisi Lyudovik XIV hali besh yoshga ham to`lmagan edi. Unga o`z onasi Anna Avstriyckaya maslahatchi qilib tayinlandi, lekin haqiqatda mamlakatni Anna Avstriyckayaning mahbubi, kardinal Reshel`e o`rniga birinchi ministrlik lavozimiga tayinlangan italiiyalik kardinal Mazarini idora qildi. Uzoqni ko`radigan va g’ayratli davlat arbobi bo`lgan Mazarini kardinal Reshel`e siyosatini bevosita davom ettirib, Fransiyani 18 yil hech qanday qiyinchiliksiz idora qildi. Davlat maslahatchiligi odatda, qirol balog’atga etmagan davrda ya`ni zodagonlarning, ayniqsa qondosh shahzodalarning davlat boliklarini taqsimlashda ko`proq hissa da`vo qilishi davrida yanada ko`proq kerak bo`lardi. O`ttiz yillik urushda qatnashish va mamlakat ichidagi qo`zg’olonlavrni bostirish, Fransiyaning moliya zahiralarini batamom tugatib qo`ygan edi. Saroydagi “kazolar fitnasi”, ya`ni Mazarinini ishdan olish va Germaniya imperiyasiga qarshi olib borilayotgan urushni to`xtatish maqsadida, gersog Bofor boshchiligida uyushtirilgan yaitna imperiya tomonidan oson bostirildi. Kata amaldorlar vaqtincha tinchishdi. Biroq mamlakatda ancha dahshatli oppoziciya kuchaymoqda edi. Dehqon plebeylar Rishel`e zamonidayoq , ayniqsa 1635 yildan boshlab g’oyat keng tus oldi. Mazarini 1643-1645 yillarda qo`zg’olonlar to`lqinining kuchayishiga duch keldi. Fransiyaning janubiy-g’arbiy viloyatlarida, xususan Puerg viloyatiga, qo`zg’olon ko`targan dehqonlarga qarshi katta-katta harbiy kuchlar yuborishga to`g’ri keldi. Xalq qo`zg’olonlari feodal –absolyutik tartibni bo`shashtirib qo`ydi, lekin muayyan siyosiy rahbar bo`lmaganligi uchun bu qo`zg’olonlar mag’lub bo`lishga mahkum edi. Urushni tamomlash uchun yangidan-yangi daromad qidirib, Mazarini burjuaziyaning, jumladan Parij burjuaziyasining keng doiralarini o`z ehtiyotsizligi bilan oppoziciyalar lageriga o`tkazib yubordi. Mazarini lavozimdor shaxslarning huquq va imtiyozlariga dahl qildi va bu bilan absolyutzmni bu shaxslar madadidan mahrum yetdi. Faqat “moliyachi”largina ilgarigi vaqtlardagidan yaxshi ravnaq topdi. Fronda shu tarzda (1648-1653yy) shakllandi. Bu so`zning ma`nosini aslo “bolalar o`yini” emas, ko`pincha uni “bolalar uyini” deb da`vo qiladilar “Fronda”-“sopqon” demakdir. Parijda bu quroldan foydalanish man etilgan edi. Sopqondan foydalanganlarni politsiya turmaga qamar edi. Shu sababli “frondalash” ko`chma ma`nodagi so`zning asli ma`nosi tartibni buzish, ma`murlarga qarshi kurash edi. Fronda tarixi 2 davrga: “eski Fronda” va “parlament frondosh”, 1648-1649 yillardagi fronda davrida va “Yangi Fronda” yoki “Shahzodalar frondasi”, 1650-1653 yillardagi fronda davriga bo`linadi. Parij parlamentining to`rtta oliy sud palatasi 1648 yilning may oyida birga to`plandi va qirolning majlislarini to`xtatish to`0risidagi buyrug’iga bo`y so`nishdan bosh tortdi. Ular «Aziz Lyudovik palatasi” deb nomlangan siyosiy va moliyaviy reformalar dasturini e`lon qildi. Bu reformalarda avvalo parlament zodagonlarining manfaatlari ko`zda tutilgan edi. Biroq, bu reformalarning ba`zilari burjuaziyaning va xalq ommasining keng doiralari manfaatlariga xam mos kelar edi. Palatalar Parij parlamenti tomonidan qo`yilgan eski talabning tan olinishini, ya`ni qirol tomonidan yangi soliqlar joriy etish to`g’risida chiqarilgan har bir farmon parlament majlislarida oldin tekshirilishi va erkin muhkama qilinishi kerakligi haqidagi talabning tan olinishini talab qildilar. Buning ustiga yana bir talab, moliya masalalariga doir farmonlarni e`lon qilish va amlga oshirish ham parlamentga topshirilsin, degan talab qo`yildi. Palatalar kishilarni, aybini bo`yniga qo`ymay va aybdorlarni yig’ib 4 soat davomida sudga olib kelmay turib, qamoqqa olishning taqiqlanishini talab qildilar. Moliya politsiya va yusticiya indentlari ya`ni qirol hokimiyatinig viloyatlardagi asosiy agentlar batamom yo`qotilishi kerak edi. So`ngra italyanni (asosiy er solig’ini) sotib olish sistemasini bekor qilish, barcha boqimonda soliqlarini olib tashlash va davlat hazinasini talon-taroj qilgan moliyachilarni jazolash uchun sud palatasi tashkil etish taklif qilingan edi. Vakolatli konstitucion organ vazifalarini o`z zimmasiga olgan Parij parlamentini burjuaziyagina emas, balki xalq ommasi ham qo`llab qo`ltiqladi. Parlament qarorlarini dastak qilib, dehqonlar hamma joyda soliq to`lashni to`xtatdilar, shu bilan bir vaqtda ba`zi joylardagi sen`orlar foydasiga o`tadigan majburiyatlarni ado etmay qo`ydilar, hazina agentlarini qo`llariga qo`llariga qurol olib quvdilar, natijada Mazarini harakat boshliqlarini yo`q qilishga urindi: u fransuz qo`shinlining Lanciya yonida katta g’alaba qozonganligi haqida xabar tarqalganligidan keyin vatanparvarlik tuyg’usining yuksalishidan foydalanib, parlamentning ikkita mashhur yo`lboshchisi qamoqqa olindi. Biroq bunga javoban 1648 yilning 26-27 avgustida Parij xalqi ommaviy qurolli qo`zg’olon ko`tarib, bir kechada 1200 ta barrikada qurdilar. Parij burjuaziyalari qirol qo`shinlariga qarshi plebeylar bilan yonma-yon turib jang qildi. Hukumat qamoqqa olinganlarni hibsdan bo`shatishga majbur bo`ldi. Oradan bir muncha vaqt o`tgach, hukumat maxsus dekloraciya chiqarib, bu dekloraciyani u “Aziz Lyudovik” platasi talablarining ko`p qismini qabul qilishga rozi bo`ldi. Ammo Mazarini yashirin suratda qarshi hujum qilishga tayyorlanmoqda edi. Fransuz armiyasini tshqi urushdan bo`shatib olmoq uchun, u Vestfaliya Myunster shahrida gabsburglar bilan olib borilayotgan muzokaralarni tezlashtirishga harakt qildi. Lekin Fransiyaning og’ir ahvolga tushib qolganligini bilgan Ispaniya sulh tuzishdan bosh tortib, Fransiya bilan Ispaniya o`rtasidagi urush harakatlari o`ttiz yillik urush tamom bo`lgandan keyin yana 11 yil yil davom yetdi. Germaniya sulh tuzishga, bajonidil rozi bo`ldi. Fransiyaning sulh tuzishga shoshilishi Germaniya imperatorini batamom tor-mor bo`lishdan xalos qilib qoldi. G’alaba samaralarini ma`lum darajada qo`ldan berib qo`ygan Mazarini alla qachon ishg’ol qilgan el`zasning bir qismigina Fransiyaga qo`shib olinishi va fransuzlarning 100 yildan beri qo`l ostida bo`lib kelayotgan Mec, Tul va Berden qal`alariga nisbatan bo`lgan huquqlarining rasmiy jihatdan tan olinishi bilan cheklandi. Vestfaliya sulhnomasi izzat hurmat bilan imzolanganidan keyin, oradan sal vaqt o`tmay, kutilmagan holda saroy ahyonlari Parijdan Pyuelga qochdi. Mazarini parlamentga va xalqqa bergan hamma va`dalaridan qaytdi. Rokrua va Loni yonidagi g’alabalar bilan shuhrat qozongan shahzoda Konde boshchiligidagi qirol qo`shinlari 1648 yilning dekabrida Parijni qamal qila boshladi. Parijliklar o`z “Burjua gvardiya” sinikeng xalq lashkarlariga aylantirib, 3 oy vaqt davomida qahramonona jang qildilar. Gien`, Normandiya, Puatu va boshqa viloyatlar parijliklarga faol yordam berdilar. Qishloqlar “Mazarini”chilarga qarshi urush olib borish uchun qurollandilar. Qamal vaqtida Parijda burjuaziya bilan xalq o`rtasida uncha-muncha ixtilof ro`y berib, kambag’allar aldovchilarga qarshi g’alayonlar ko`tarib ularning mol-mulklarini mudofaa ehtiyojlari uchun musodara qilishni talab yetdilar. Viloyatlardan Parij parlamentiga ommaning to`lqinlanayotganligi haqida ma`lumotlar kelib turdi. “Xalqning kun tartibida hamma vaqt qo`zg’olon masalasi turibdi”-deb xabar qilgan edi bir intendant. Angliyada qirolning qatl qilinganligi to`g’risidagi ma`lumotlar bu mansabdorlarga alohida ta`sir qilgan edi. Parijda tarqalgan ba`zi varaqalarda Anna Avstrickaya va Lyudovik XIV ga nisbatan munosobatda inglizlardan ibrat olishga chaqioishgan edi. Uylarning devorlariga yopishtirilgan plakatlar va ko`chalarda nutq so`zlovchi notiqlar Fransiyada respublika joriy qilishga chaqirdilar. Fronda vaqtida chiqarilgan varaqalar, boshyura va kitoblarga ko`pincha juda ilg’or, jasurona ijtimoiy - siyosiy va falsafiy g’oyalar bor edi. “erkin fikr” smarasi bo`lgan bu asarlarning Fransuz jamoatchiligi fikriningg rivojlanishida roli juda kata bo`ldi. Frondaning birinchi davrining atoqli ideologlari, jumladan Mazariniga qarshi mardonavor yozilgan asarlar va “boshqa olam va oyga sayohat” nomli ajoyib satirik asar avtori Serano de Berjerak hamda qirol hokimiyati xalq bilan tuzilmagan shartnomadan kelib chiqqan degan nazariyani ilgai surgan va vakolatli organ tomonidan cheklab qo`yildigan burjua dvoryanlar monarxiyasi o`rnatilishini talab etgan Klod Joli edi. 1649 yilning 15 martida kutilmagan holda sulh shartnomasi e`lon qilindi, bu shartnoma aslida parlamentning taslim bo`lishi edi. Saroy ahli Parijga tantanali sur`atda kirib keldi. “Parlament Frondasi” tamom bo`ldi. Burjuaziya yo`lboshchilarining o`zlari kurash davom ettirishni to``tatib, taslim bo`ldi. Bu jihatdan qaraganda Bardodagi voqealar ayniqsa xarakterlidir. Bardodagi ministrlar ham qirol huzurida yuridik jihatdan Reshel`e yoki Mazarini ishg’ol qilgan mavqedan mutlaqo boshqacha bir mavqeni ishg’ol qilib keldilar. Qirol garchi masalaning mohiyati bilan mutlaqo qiziqmasa ham, hatto eng ahamiyatsiz bo`lgan davlat hujjatlariga ham shaxsan o`zi imzo chekar edi, ministrlar unga biror narsa to`g’risida aslo hech qanday e`tiroz bildira olmas edi. Ikkinchidan, Lyudovik XIVning 60-yillarda parlamentlarni, birinchi navbatda Parij parlamentini ilgari vaqtlardagi siyosiy mavqeidan va hatto ilgari vaqtlardagi “oliy tribunallari” degan dabdabali nomdan sekin-asta mahrum eta boshladi. Parij parlamentining ba`zi a`zolari surgun qilina boshlandi. Bu vaqtlarda parlamentlar siyosiy hayotda burjua oppoziciyasining qisman jarchisi bo`lib xizmat qilgan bo`lsa, endilikda ular byurokratik muassasa bo`lib qolishi kerak edi. 1668 yilda Lyudovik XIV ning parlamentga kirib, protokollari daftaridan Fronda davriga loyiq bo`lgan hamma varaqalarini o`z qo`li bilan yirtib tashladi va Lyudovik XIV ning parlament mansabdorlariga qaratilgan: «Janoblar siz o`zingizni davlat deb o`ylaysizmi?”, “Davlat men bo`laman!” degan mashhur so`zlarini shu paytda aytgan edi. 1673 yilda parlament o`zining asosiy huquqlaridan, uni siyosiy kuchga aylantirgan huquqdan, ya`ni qirol chiqargan qonunlarni to`xtatish va bu qonunlar ustiga o`z e`tirozlarini yozib qo`yish huquqidan mahrum etildi. Bu erdagi harakat yo`lboshchilari ingliz Levellyerlari bilan mustahkam aloqada bo`ldilar va ularning g’oyalarini, jumladan yalpi saylov huquqi berish talabini qabul qildilar. Manufaktura-kapitalistik ukladning mavjudligi eski hukuron ishlab chiqarish munosabatlari bilan ishlab chiqaruvchi kuchlarning yangi xarakteri o`rtasidagi muvofiqsizlik tug’ilganligini ko`rsatadi, bu muvofiqsizlik fransuz burjuaziyasi ayrim doiralarining feodal-absolyutik rejimga qarshi bosh ko`tarishga qarshi bo`ldi. Biroq bu uklad feodalizmning revolyutsion yo`l bilan ag’darilishi batamom ob`ektiv imkoniyatga va zaruratga aylantiradigan darajada rivojlanmagan edi. Garchi revolyutsion harakatlar ko`tarilgan va revolyutsion g’oyalar vujudga kelayotgan bo`lsa-da, lekin u vaqtda burjuaziya hali 150 yildan beri o`ynagan rolini bajara oladigan sinf bo`lib etishmagan edi. Lyudovik XIV tomonidan o`z hukmronligi davrining boshidan oxirigacha olib boriladigan ichki siyosatining asosiy vazifasi dvoryanlarning markazlashgan diktatura o`rnatishga qaratilgan dasturning amalga oshirishdan iborat bo`ldi. Birinchidan Mazarini o`lishi bilanoq Lyudovik XIV bundan buyon “o`zimning birinchi ministrim o`zim bo`laman” deb aytdi. Bu quruq gap emas edi. Hatto Kol`ber va Luvua kabi eng obro`li kishilarni sekin sotib olmoqchi bo`lgan Lyudovik XIV keyinchalik bu rejadan qaytishga majbur bo`ldi. 1663-1664 yillarda rotyurerblarga 1631 yildan keyin berilgan dvoryanlik unvoni hamda barcha feodallik unvoni huquqlarining qonuniy emasligi tekshirishdan o`tkazildi. Bu tadbirlar, ayniqsa parlamentni jazolash dastlabki vaqtlarda qirol qo`lidagi hokimiyatni ham kuchaytirdi;lekin bu tadbirlar ham o`zining yomon tomoni bilan qirol obro`yini tushirdi, chunki dvoryanlar davlatini burjuaziyaning yuqori tabaqalari bilan bog’laydigan aloqa vositalarini zaiflashtirdi. Lyudovik XIV “moliyachilarni”ni surib chiqardi. 1661 yilda Lyudovik XIV Syurendan Nikolay Fukeni qora kursiga bir qancha katta va kichik moliyachi yordamchilar bilan o`tkazib, Bastiliyaga yubordi. Hukm qilinganlarning barcha boyliklari xazina foydasiga tortib olindi. Bundan tashqari davlatning qarzlari o`zboshimchalik bilan bekor qilindi, davlatning olgan qarzlari uchun to`lanadigan foizi kamaytirildi. Bu so`nggi tadbirlar, o`z-o`zidan ma`lumki, avval davlatning moliya resurslarini va qudratini juda oshirdi. Lekin provard oqibatda burjuaziyaning davlatga kreditni berishni yomonlashtirdi. Dvoryanlarning kaltabinlik bilan o`tkazgn siyosatining umumiy xususiyatlari, ya`ni Lyudovik XIV hukmronlik qilgan qilgan davrnig oxirgi davrida bunday siyosat dastlabki vaqtlardagiga qaraganda uncha izchillik bilan olib borilmadi, buning sababi pulga muxtojlikning tobora kuchayib borishi bo`lib, muhtojlik siyosiy principlarga qaramay, sinalgan vositalarni ishga solishga: hatto lavozimlarni sotishga majbur yetdi. Lyudovik XIV tomonidan o`tkazilgan ichki siyosatga doir ishlarning hammasi va tashqi siyosatga doir eng muhim ishlarning ko`pi Kol`berning bevosita qatnashuvi bilan amalga oshirildi. 1655 yildan e`tiboran Kol`ber bosh moliya nazoratchisi degan unvonga ega bo`ldi. Bu yillarda moliya boshqa siyosiy masalalarni o`z atrofida to`plangan bir bir negiz bo`lganligidan, Kolber hukumatida birinchi o`rinda turdi. Oddiy qora kiyim kiygan, qirol oldidagi yoki qirolning eshigi oldida kutib turgan vaqtida salobatli qomatini egib turuvchi va hamisha qo`ltig’ida popka olib yuruvchi Kol`ber dabdabali yaltiroq kiyimlar kiygan takabbur Saroy zadogonlariichida o`z rolini qirolning oddiy bir xizmatchisi deb bilar edi. Oddiy bir burjuaning o`g’li bo`lgan bu kishi, ya`ni xizmat darajasi tobora yuqori ko`tarilib borayotgan bu kishi feodal-absolyustik tuzum manfaatlariga allaqanday bir o`tayotgan mutassibona tarzda sodiq edi: o`zi kechayu-kunduz ishlab boshqalarni ham majbur etar edi. U o`yin-kulgi nima ekanligini aslo bilms edi. Kol`berning butun hayoti ziddiyatli mushkul vazifani: eski soliq sistemasini saqlab qolish, burjuaziyadan olinadigan kreditni kamaytirish va dvoryanlarning daromadlarini ko`paytirish kabi vazifalarni bajarishga bag’ishlangan edi. Qishloqda Mazarini zamonida boshlangan sen`orlar reakciyasi Kolber zamonida to`la ravishda davom yetdi. 60- yillarda sen`orlar tomonidan dehqonlardan olinayotgan majburiyatlar va soliqlarning umumiy hajmi g’oyat darajada oshganligini intendantlar turli viloyatlardan xabar qilar edi. 50-yillarning oxirida davlatga yiliga 50 million livr daromad bergan tal`e solig’i Kol`ber zamonida aksincha asta-sekin kamayib, 35 million livr daromad beradigan bo`ldi. Soliq to`lovchilar sonining ko`payishini e`tiborga olib, Kol`ber tal`ya solig’i miqdorini uchdan bir hissadan kamaytirgan, shu bilan birga sen`orlar rentasining uchdan bir hissa ko`payishiga imkon bergan edi. O`z-o`zidan ma`lumki, ish kurashsiz o`tmadi: sen`orlar bundan ham ko`proq daromad olmoqchi edi. Bularning dehqonlarga nisbatan o`tkazayotgan tazyiqini har holda bir oz bo`lsa-da, cheklash maqsadida, 60-yillarda bir qancha tadbirlar ko`rishga to`g’ri keldi, bu tadbirlar dehqon xo`jaligini vayron bo`lishdan saqlab qoldi, xususan jamoa yerlarning 1630 yildan keyin o`tkazilgan barcha musodarasini bekor qildi. Sayyor sud sessiyalari joylarda sen`orlarning suiste`mol qilishlarini va zo`ravonliklarini qirol nomidan tekshirib-tergab chiqdi. Ammo shunday bo`lishiga qaramasdan xazina dehqonlardan endilikda ilgarigi vaqtlardagiga qaraganda ko`p soliq olaredi. Dvoryanlarga o`z daromadlarini oshirish uchun imkon berish maqsadida, Kol`ber davlat solig’ining tegishli hissasini savdo va sanoat ustiga ya`ni xalq xo`jaligining sen`orlar ekspluataciyasining kirib bormagan sektori ustiga ko`chirishga majbur bo`ldi. Kol`ber solig’ni kamaytirib, egri soliqlarni, masalan, vino sotishdan akcizni(ed) bir necha barovar ko`paytirdi, bu soliq batamom deyarli shahardagilar zimmamsiga tushdi. Kol`ber uchun xarakterli bo`lgan narsa kata korxonalarga e`tibor berish va tarqoq manufakturalarga e`tibor bermaslik edi. Lekin markazlashgan yirik manufakturalar ko`paya olmadi, masalan: nafis tur ishlab chiqarish, uni markazlashtirish yo`lidagi urinishlar muvaffaqiyatsiz chiqqanidan keyin, qadimgi kosibchilik holatiga qaytarildi. Abbelvil shahridagi zan-Robening mashhur eng yirik manufakturasi haqiqatda ko`p xonadonga tarqalgan edi.xalq o`z taqdiriga shunchaki tan berib qo`ya qolmadi. Ocharchilik yillarida qishloq va shaharlarda xannotlarga g’alayonlar ko`tarildi. Biroq dehqonlar bilan plebeylarning sinfiy kurashi asosan kishining qurbi etmaydigan majburiyatlarni o`tashdan va soliqlarni to`lashdan bosh tortishda ifodalandi. Ba`zi qishloqlar va qavmlar ba`zan tal`ya to`lashdan bir yilgacha qattiq turib, bosh tortdi. Shunday hollar ro`y berardiki, moliyachi amaldorlar yaqinlashib kelishi bilan qishloqlarning aholisi yoppasiga o`rmonlarga yoki tog’larga chiqib ketishar edi. Soldatlarning katta yoki kichik otryadlari yordami bilan soliq undirilar edi. Fransiya tuprog’ida kundan-kunga, ko`zga ko`rinmaydigan, lekin haqiqiy urush borar edi. Labyuer ongida ham g’oyat katta xayrihohlik bilan tasvirlar ekan, goh vaqtlarda xalq bilan omma bilan jangovar ittifoq tuzish mumkin, degan fikrga etib borar edi, goh vaqtlarda esa umidsizlikka tushib, o`zi uchun og’ir bo`lgan, ya`ni mavjud tartib bilan murosaga kelish zarur, degan fikrga moyil bo`lar edi. XVII asrdagi ilg’or adabiyot o`zining shunday realizm xususiyatlari bilan ham progressiv tarixiy rol`, o`ynaydiki, bu xususiyatlar, masalan, Mol`erning bir necha p`essasida yaqqol namoyon bo`ldi. Bu adabiyot aql-idrokni shunday ulug’lash bilan ham progressiv tarixiy rol` o`ynaydiki, bu ulug’lanish XVIII asrdagi racionalizm uchun zamin xozirlab berdi. Fransiya Ispaniya merosi uchun olib borilgan urushda g’oyat darajada holdan toygan edi. Bu urushning 1713 yilda tamom bo`lishi Fransiya absolyutizmi uchun chindan ham halokatdan qutilishi bo`ldi. Biroq darhol moliya reformalari o`tkazish zarur edi. Kamomad, 2.5 milliar livrga etib, sof yillik davlat daromadidan 32 barobar ortiq edi. Jamiyatdagi kayfiyat shu qadar yomon ediki, Lyudovik XIV o`lgan vaqtda xalqning nafrat bildirishidan qo`rqib, uni shoshib-pishib, dabdabasiz Dafn qildilar. Taxt Lyudovik XIV ning evarasi- Lyudovik XV ga meros qoldi, bu vaqtda u 5 yoshda edi. Lyudovik XIV vasiyat qilishiga qaramay, Parij parlamenti Lyudovik XIV ning jiyani, gersog Flipp Orleanskiy regent deb e`lon qilindi, Parij parlamentining ilgarigi vaqtidagi huquqlarini tiklashga va`da oldi. Flipp Orleanskiy regentlik davri 9 yil davom yetdi. Lyudovik XIV tomonidan bekor qilingan huquqlarni tikladi. Jamiyatdagi vaziyat shunday eliki, sinf jihatida burjuaziyada yon berilmaganida ham loaqal burjuaziya orasida o`z ta`sirini yo`qotmagan amaldor aristokratiya doiralariga bir muncha yon berish kerak edi. Siyosiy avf umum e`lon qilindi. Yassenchilarni va gugenotlarni ta`qib qilish to`xtatildi. Parij parlamenti misli ko`rilmagan siyosiy mavqega ega bo`ldi. Davlat apparati shunday bir tarzda qayta tiklandiki, hokimiyat parlamentga tobe bo`lgan 6 ta kengash: tashqi ishlar kengashi, ichki ishlar kengashi, harbiy kengash, dengiz ishlari kengashi, moliya kengashi va savdo kengashi qo`lida bo`ldi. Davlatni idora qilish ishi asosan parlament prezidentlari va maslahatchilari qo`lida bo`ldi. Ammo 1718 yildayoq dvoryanlarning va saroy zodagonlariningtobora g’azablanib borishi ta`siri ostida, shuningdek davlat bankining operatsiyalariga parlamentning qarshi harakat qilishi munosabati bilan Flipp Orleanskiy u qadar katta bo`lmagan to`ntarish o`tkazdi, qirol huzuridagi tantanalar bir muncha qisqartirildi. Kapitalistik manufaktura savdo-sotiq va sudxo`rlik o`sib borishi bilan dehqonlarning sotsial tabaqalanish jarayoni tezlashib va kengroq ichki bozor vujudga kela bordi. Kapitalistik uklad rivojlana borgan sari, XVIII asrning 30-yillarida boshlab, oziq-ovqat narxi tinmay oshib bordi, narx-navoning tinmay oshib borishi natijasida keng mehnatkashlar ommasining ahvoli yanada og’irlashdi. Barcha fransuz er egalari tovar xo`jaligining o`sishiga yordam bergan bozor sharoitidan imkon boricha foydalanishga manfaatdor edi. XVIII asrning 30-yillariga qaraganda 70-yillarda ijara xaqi 18%, 80-yillarda esa 22% ortdi. Fransiyada dehqonlarni ekspluataciya qilish hamma erda kuchayib bordi. Ilgari sof feodal usullari yordamida foyda olish bilan bir qatorda dehqonlarni kapitalistik metodlar bilan ekspluataciya qilish ham paydo bo`ldi. Fransiyaning shimoliy-sharqida ko`pgina sen`orlar o`zlarining tarqoq yerlarini birlashtirdilar va yiriklashtirdilar. Onda-sonda bo`lsa-da, ba`zi hollarda sen`orlarning o`zlari yirik xo`jalik yurita boshladilar. Ammo ko`pincha bu yiriklashtirilgan mulklar “bir kishiga” berilmay, balki qisqa muddatga bir qancha ijarachiga beriladi, bu esa qishloq xo`jaligini rivojlantirishga xalaqit berardi. Shunga qaramay, ba`zi joylarda yerlardan, olingan hosil, hatto inglizlarni ham hayratga qoldirardi. Kapitalistik tartiblar tarafdori bo`lgan fransuz sen`orlari XVIII asr o`rtalariga kelib lordlar tomonidan dehqonlarni uzoq vaqt talashi natijasida vujudga kelgan Angliyaga qiziqib qaradilar. Butun Fransiyadagi o`tloqlar, o`rmonlar va hovuzlarning 80% ga yaqini imtiyozli tabaqadagi qo`lida edi, ular 1789 yilga kelib, taxminan 26 mln kishiga etgan Fransiya aholisini sal kam 2% tashkil etar edi. Haydalgan yerlarning ko`p qismi revolyutsiya arafasida dehqonlar qo`lida edi. Lekin dehqonlar qo`lidagi bu yerlar ularning xususiy mulki bo`lmay, feodallar ixtiyoridagi mulk bo`lib, dehqonlar ulardan foydalanardilar. Dehqon yerlarining oldi-sotdisi to`g’risida barcha aktlar mahalliy sen`orlar foydasiga boj solig’i solinardi. ekin solig’i ba`zi joylarda olingan hosilning 25 %-30 % ini tashkil qilardi. ekindan olinadigan soliqdan tashqari sen`orlar yana qo`shimcha ravishda juda ko`p mayda soliq va o`lpon olardilar, hamda buning ustiga badallar deb ataluvchi hoydalanardilar. Ya`ni tegirmonlarga, nonvoyxonalarga, temirchilik ustaxonalariga tanho egalik qilardilar. Pomeshchiklarning boshqa imtiyozlari ham qishloqlarga katta zarar keltiradi: masalan ov qilishga faqat dvoryanlar haqli bo`lib, natijada dehqonlar qo`shimcha daromaddan mahrum bo`lar, ov vaqtida ularning zkin yerlari payxon qilinardi. Sen`orlar foydasiga daromadini o`ndan birini va juda og’ir davlat soliqlarini to`lardilar. 1789 yilda Sans shaxri yaqinida Zil`buji qishloq dehqonlarini: “tal`ya solig’i shu qadar ezib qo`ydiki, aholining yarmi qashshoqlikda kun kechirmoqda” deb shikoyat qilgan edilar. Biroq tal`yadan tashqari, to`g’ri va egri davlat soliqlari ham olinardi. Tuz majburiyati ayniqsa og’ir edi. Tuz sotishni o`z monopoliyasiga olgan hukumat tuzga juda katta narx belgilar, duhqonlarni majbur etardi. Pomeshchiklar, ruhoniylar va davlat hokimyati dehqonlarnivayron qilish bilan bir vaqtda yarim krepostnoy qaramlikda saqladilar, ularning tovar ishlab chiqarishni rivojlanishini va ishchi kuchi bozorini tashkil topishini cheklab qo`yar, kapitalistik ukladning o`sishiga to`sqinlik qilar. Kapitalistik munosabatlarning hukmron ishlab chiqarish usuliga aylanishiga xalaqit berardilar. XVIII asrning 60-yillaridagi Yangi tarixiy sharoitida feodal-absolyustik tuzum imperiyasining asosi vujudga kelgan paytda Fransiya jamiyatining yuqori tabaqalari dvoryan-pomeshchiklar ham endi ahil emas edilar va ahil bo`la olmas edilar. Katta er egalarining bir qismi imtiyozli toifaga mansub bo`lib , qolganlari kapitalistik ishlab chiqarish tarafdori edilar. Bu vaqtda pomeshchiklar dehqon ustidan feodal boshqaruvni kuchaytirdilar.80 – yillarda pomeshchiklar Fransiyaning hamma erida dehqonlarning majburiyatlarini oshirishga va yanada og’irlashtirishga intilardilar. Tarixchilar bu jarayonni «Sen`orlar reakciyasi” deb ataydilar. 1787 -1788 yillarda g’alayonlar ochiqdan – ochiq siyosiy tus oldi. XVIII asr oxiridagi Fransiya asosan agrar mamlakat bo`lib shahar va qishloqdagi sanoatning hajmi birmuncha oshib bordi. Ishchilarning g’alayonlari va shhar kambag’allarining mahalliy isyonlari tez – tez bo`lib turdi.sanoat shahri Ruandada juda ko`p g’alayonlar bo`ldi. Shunga o`xshash ommaviy harakatlar 1770 yilda Reymsda, 1775 yili Dijonda, Versal sen – Jermer, Tontuaz va Parijda, 1782 yilda Puat`eda bo`lib o`tgan bo`lib o`tgan. Faqat Never shahrida 1752-1754-1757-1760-1768-1770 yillarda ishchilarning stachkalari bo`lib, 1774 yilda Leonda kuchli g’alayonlar ko`tarildi. Bu juda yaxshi tashkil etilgan, Leon shoyi to`quvchilarining qattiq repressiya qilinishiga qaramay, Leonda stachka kurashi to`xtamay davom etar edi. Bunda 1757-59-71-74-78-86 yillarda ham stachkalar bo`ldi. 1778 yilning oxirida burjuaziya hukumatining yon berishlaridan qanoat hosil qilmay, g’alayonlarni yanada ko`proq avj oldirgan. Ommaning tazyiqi bilan hukumat yana bir qadam tashladi, ya`ni 1788 yil 27 dekabrda qirol soveti general shtatlarda uchinchi toifa vakillari sonini ikki hissa oshirishga rozilik berdi. General shtatlariga saylovlar 1789 yilning boshida butun malakatda zo`r revolyutsionerlashtiruvchi ta`sir ko`rsatgan iqtisodiy krizis va xalq qo`zg’olonlari sharoitida o`tdi. Fransiyaning ko`pgina qismida kambag’al dehqonlar oziq-ovqat omborlari va ot aravalarni bosib olish bilan chegaralanmadilar, joylarda dehqonlar sen`orlarni feodal huquqlaridan voz kechishga majbur yetdilar, feodallik hujjatlarini yondirdilar, soliq yig’uvchilarga hujum qildilar. Uchinchi toifa uchun General shtatlariga saylovlar umumiy hamda, to`g’ridan-to`g’ri bo`lmadi. Saylovlarga uchinchi toifadan faqat 25 yoshga etgan to`liq soliq to`lovchilargina qatnashtirildi. Ishchilar saylovlardan umuman chetlashtirilgan edi. Faqat dvoryanlargina to`g’ridan to`g’ri saylandilar, ruhoniylar uchun saylovlar ikki pog’onali, uchinchi toifa uchun 3 pog’onali va ba`zi joylarda esa to`rt pog’onali saylov edi. 1789-94 yillar revolyutsiyasi zamondoshlarning o`zlari absolyutizmning so`nggi yillarida Vol`ter, Montes`e, Didro, Gelviciy, Lametri asrlarini g’oyat qunt bilan o`rganganliklarini qayd qilgan edilar. Mel`e, Mabli va Marelli asarlari to`g’risida ayniqsa 1788-89 yillarda ommaviy harakatlar ta`sirida deputatlar talablari va burjua publicistlarining propoganda adabiyotlari bilan bir vaqtda “Kambag’allar nakazi”, “To`rtinchi toifa nakazi” kabi broshyuralar paydo bo`ldiki, ularning qanday ahamiyatga egaligini nomlaridan ham bilishimiz mumkin. Download 94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling