Tobe oʻzgaruvchilar Bajardi: 308- guruh talabasi Rahmatullaeva Moxinur Reja


Download 49.16 Kb.
bet1/8
Sana30.04.2023
Hajmi49.16 Kb.
#1416123
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5353045541775223090



Tobe oʻzgaruvchilar
Bajardi: 308- guruh talabasi Rahmatullaeva Moxinur
Reja:
1.Eksprementda o’tkaziladigan mustaqil va tobe o’zgaruvchilarni tanlash.
2.Tobe o’zgaruvchini tanlash: operatsional tushuncha, validlik, ishonchlilik.
3.Bevosita kuzatsa bo’ladigan tobe o’zgaruvchilar, bilvosita ta’sir o’tkazadigan tobe o’zgaruvchilar hamda salbiy va ijobiy ko’rsatkichlari.

1.Eksprementda o’tkaziladigan mustaqil va tobe o’zgaruvchilarni tanlash.
Tadqiqotchi ichki hodisaning Ava V sababli aloqasi to’g’risidagi gipotezani tekshiradi."Sabablilik" tushunchasi fanda eng qiyin tushunchalardan biri hisoblanadi. Ikki hodisa o’rtasidagi sababli aloqalarning bir qator empirik belgilari mavjud.
1-belgisi. Boshlang’ich harakat sabablarini va harakat vaqtini ajralganligi. Agar tadqiqotchi tajriba ta`siridan so’ng ob`ektda o’zgarishni kuzatsa, ta`sirga uchramagan analitik ob`ektga nisbatan o’zgarishni kuzatsa, unda eksperemental ta`sir ob`ekt ahvolini o’zgartirishga sabab bo’ldi, deyishi uchun asos bo’ladi. Ob`ektlarning ta`siri va taqqoslanishi bunday xulosaning muhim sharoiti hisoblanadi.G’ozlarning janubga uchib ketishlari, bir oydan so’ng qor yog’ishiga sabab bo’la olmaydi.
2-belgisi. Ikki o’zgaruvchilar o’rtasidagi statistik aloqalarning mavjudligi(Sababli va harakatli). O’zgaruvchilarning biri o’zgarishi ikkinchisining o’zgarishi bilan kuzatiladi. Boshqacha qilib aytganda,o’zgaruvchilar o’rtasida yoki chiziqli korrelyatsiya xuddi verbal intellekt va maktabdagi yutuqlar o’rtasidagi daraja yoki to’g’ri chiziqli korrelyatsiya uchraydi.
3- belgisi. Sababli tekshiruv aloqasi, agar tadqiqot muolajasi A va V aloqalarini tushuntirishning boshqa imkoniyatlarini rad etganda qayd etiladi. Ikki hodisa orasidagi bog’lanish eksperimental gipotezasining tekshiruvi quyidagicha amalga oshiriladi. Tadqiqotchi taxminiy sababni modellashtiradi: U eksperimental ta`sir sifatida namoyon bo’ladi, natija esa - ob`ekt holatining o’zgarishi -u qandaydir o’lchaydigan asbob orqali o’lchanadi. Shunday qilib, tadqiqotchi ishtrokchiga turli baland pastlikdagi signallarni taqdim etadi-uning psixikasi o’zgara boshlaydi-ishtirokchi yoki eshitadi yoki signalni eshitmaydi va turli motor va verbal javoblarga sabab bo’ladi ("xa"-"yo’q", "eshitayapman", "eshitmayapman").
Tashqi o’zgaruvchilarda tadqiqot vaziyatlarini tadqiqotchi nazorat qilishi kerak. Tashqi o’zgaruvchilar orasidan ajralib turadiganlari:
1)Salbiy o’zgaruvchilar, u sistematik aralashmani buzib, ishonchli bo’lmagan ma`lumotlar Yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.(vaqt faktori, ishtirokchining individual o’ziga xosliklari)
2)Qo’shimcha o’zgarishli, sababli va tekshiruv o’rtasidagi aloqani o’rganish uchun mavjud. Xususiy gipotezalarni tekshirishda qo’shimcha o’zgarishning darajasi haqiqatni o’rganishda uning darajasiga mos kelishi lozim. Tadqiqotchilar mustaqil o’zgaruvchilarni turli xillarini ajratadilar:
-sifatli ("o’rgatib turish"-"o’rgatmaslik")
-miqdoriy (pul bilan qo’llash darajasi)
Tobe o’zgaruvchilar orasidan bazisini ajratadilar. Bazisli o’zgaruvchi -yagona bog’liq bo’lgan o’zgarish bo’lib,unga bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilar ta`sir ko’rsatadi.Tadqiqotchi tajribida faqatgina tobe o’zgaruvchini o’zgartirishi lozim. Bu shart qo’llaniladigan tajriba, toza eksperiment hisoblanadi, lekin tajriba davomida tadqiqotchi bir o’zgaruvchini tanlay turib qolganlarini ham o’zgartirib yuboradi. Bu o’zgarish tadqiqotchining harakati orqali yuz berishi va ikki o’zgaruvchilar o’rtasidagi aloqa shartiga to’g’ri kelishi mumkin. Tajriba tekshiruvini o’tkazishdagi asosiy muammo mustaqil o’zgaruvchilarni ajratish va qolgan o’zgaruvchilarni qo’llamaslik.

Download 49.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling