Tobe oʻzgaruvchilar Bajardi: 308- guruh talabasi Rahmatullaeva Moxinur Reja
Qaysi o’zgaruvchilarni boshqarish kerakligini qanday tanlash kerak
Download 49.16 Kb.
|
2 5353045541775223090
Qaysi o’zgaruvchilarni boshqarish kerakligini qanday tanlash kerak...
Validlik quyidagi jihatga aloqador: o’lchashni xohlagan narsani o’lchayapmizmi. Aytaylik bizda yog`och lineyka bor, undagi markirovkaga ko’ra u 10 sm biroq, aslida 20 sm. CHunki haqiqatda uning har bir santimetri 2 smni o’lchaydi. Bunday holatda biz biror bir ob`ektni ko’p bora o’lchashimiz mumkin, biroq lineyka doim bir xil natijani, aytaylik 9 sm ni ko’rsatadi. Bizda ishonchli o’lchov asbobi bor, biroq o’lchovlar albatta xato, chunki biz santimetrlarni o’lchayapmiz deb o’ylayapmiz aslida esa unday emas. SHuning uchun ham biz asboblarimiz validligini, ya`ni boshqa valid bo’lgan asboblar singari bizning asboblarimiz ham to’g`ri birliklarni ko’rsatadimi, yo’qmi shuni bilishimiz darkor. Masalan, aytaylik, bizdagi agressivlikning operatsional ta`rifi bolaning agressiv yoki noagressiv o’yinchoqlarni o’ynash vaqtining foizini aniqlashni ko’zda tutadi. Agar bizning sekundomerimiz to’g`ri ishlasa olingan natijalar ham ishonchli bo’ladi, chunki ikkinchi bora xulq-atvorning xronometriyasini o’tkazganimizda deyarli o’shanday natijalarni olamiz. Biroq odamlar bizning o’lchovlarimiz agressivlik me`yori uchun valid emas degan e`tirozni bildirishlari mumkin. Ular: “bolalar o’zlari foydalanishni bilgan o’yinchoqlarini o’ynaydilar” deyishlari mumkin. Bolalar zo’ravonlik aks etgan teleko’rsatuvlarda pistoletlar, tanklar, pichoqlar ishlatilayotganligini ko’rishgani uchun aynan shu o’yinchoqlarni ishlatishadi. SHuningdek, ular bolalar o’ynayotgan Yuk mashina, asboblar, o’yinchoqlarni nafaqat noagressiv, balki agressiv maqsadda ham qo’llashga qodirlar deb davo qilishlari mumkin. Bu odamlarni siz ishlatayotgan o’lchovlar validligiga ishontirishingiz uchun bu o’lchovlarni qoniqtiradigan ma`lum bir standartlarga solishtirishingiz lozim. Agar sizning o’lchov vositangiz standartga mos bo’lsa uni valid deb atay olasiz.
Download 49.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling