Tobe oʻzgaruvchilar Bajardi: 308- guruh talabasi Rahmatullaeva Moxinur Reja
Download 49.16 Kb.
|
2 5353045541775223090
Ishonchlilik va validlik
Ilmiy tekshirish jarayonida qo’llanuvchi vosita o’xshash vaziyatlarda qaytadan o’tkazilgan sinovlarda har safar bir-biriga yaqin natijalarni bersa, uni ishonchli deb hisoblash mumkin. Olinayotgan natijalar qanchalik xilma xil bo’lsa, o’lchov asbobi shunchalik ishonchsiz bo’ladi. Bu holatga shunday qiyosni keltirish mumkin: faraz qiling uzunlikni o’lchashga xizmat qilishi ko’zda tutilgan chizg`ich rezinadan tayorlangan. Bir marta uning yordamida o’lchangan narsa 7 santimetr, boshqa safar esa 8 santimetrni ko’rsatishi mumkin. Chizg`ichimiz qanchalik ishonchli ekanini aniqlash uchun biz aynan bir narsani kamida ikki marta o’lchab, ularning uzunliklari o’rtasidagi korrelyatsion aloqadorlik darajasini tekshirimiz kerak (1-bobga qarang). Agar birinchi teshiruv natijasi ikkinchi bor o’tkazilgan o’lchovning ko’rsatkichiga yaqin bo’lsa, o’lchov asbobini ishonchli, deb hisoblash mumkin. Agar o’rtadagi korrelyatsiya sust bo’lsa, asbob unchalik ishonchlik bo’lmaydi. Yuqorida biz keltirgan misolda biz bolaning xatti-harakatlari tasvirlangan videolavhani ikkinchi guruh ekspertlariga ko’rsatib, ulardan xulq-atvordagi agressivlikni baholab berishni so’rashimiz, so’ngra ikkala guruh ekspertlari qo’ygan baholarni solishtirishimiz mumkin. Agar ikki guruh ekspertlari bir biriga o’xshash baholarni qo’ygan bo’lsalar, demak, ularning xulosalari ishonchli. Ishonchlik masalasiga aniqlik kiritish tobe o’zgaruvchi muayyan psixologik sinov vositasi, jumladan, qandaydir test yoki so’rovnoma yordamida aniqlanayotgan vaziyatda, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etadi. Odatda standartlashtirilgan metodikalarning ishonchlik darajasi uni ishlab chiqqan mutaxassislar tomonidan aniqlangan bo’lib, diagnostika vositasini qo’llash bo’yicha yo’riqnomada keltirilgan bo’ladi. Ammo psixologik sinov vositasi tadqiqotchining o’zi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lsa, uning ishonchlilik darajasini aniqlash ham izlanuvchi zimmasiga tushadi. Buni bir necha xil usullar bilan amalga oshirish mumkin. Eng keng tarqalgan usul – retest tekshiruv usuli bo’lib, bunda aynan bir guruh sinaluvchilarning o’zi bilan ma`lum vaqt oralig`ida tegishli metodika bilan qayta tekshiruv o’tkazishdir. Bunda ikki marta amalga oshirilgan tekshiruv natijalari orasidagi korrelyatsiya koeffitsientini hisoblash orqali ishonchlilik darajasi aniqlanadi. Ammo aynan bir odamning o’zi ikki marta tekshirilganda beixtiyor avvalgi tekshiruvda hosil bo’lgan tushuncha, ko’nikmalar ikkinchi bor tekshiruv o’tkazilganda natijalarga ta`sir ko’rsatishi ehtimoli bor. Qolaversa, ikki tekshiruv orasidagi vaqt davomida sinaluvchi hayotida ro’y bergan voqealar ham natijalarga ta`sir ko’rsatishi mumkin. Shu sababli ba`zida ishonchlilikni aniqlashning boshqa usuli, jumladan, parallel shakllarni qo’llash usuli qo’llanadi. Bu usulni qo’llashda ishonchligi aniqlanayotgan metodikadagi topshiriqlar kabi vazifalarga ega bo’lgan, ya`ni qo’llanayotgan vositaga o’xshash yana bir o’lchov asbobi ishlab chiqiladi va sinovdan o’tkazilayotgan odamlar har ikki shakldagi vosita yordamida tekshiriladi. Bu erda ham yakunda bir metodikaning ikki xil shakli yordamida olingan natijalar o’rasidagi korrelyatsiya tekshiriladi. O’z-o’zidan tushunarliki, korrelyatsiya ko’rsatkichlarining Yuqori bo’lishi tegishli metodikaning ishonchli ekanidan darak beradi. Download 49.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling