Aloqa - tizimi elementlarining o’zaro hamkorligi uchun muhim elementlardan biri bo’lib, uning vositasida ushbu tuzilma uchun ma’lum munosabatlar shakllanadilar.
Axborot - ma’lumot va xabarlar to’plami bo’lib, mazmunan, yangilik unsurlariga ega bo’ladi va boshqaruv vazifalarini xal etish uchun o’ta zarurdir.
Boshqaruv ob’ekti - boshqaruv sub’ekti tomonidan boshqaruvchi ta’sirlarni qabul qiluvchi idora.
Boshqaruv sub’ekti - boshqaruv tizimining boshqaruv ob’ektiga ta’sir ko’rsatish manbai bo’lgan bo’g’ini yoki qismi.
Kommunikatsiya - bu kishilar o’rtasidagi o’zaro axborot almashinuvidir.
Tashqi kommunikatsiya - bu tashkilot bilan tashqi muhit o’rtasidagi axborot almashuvidir. Tashqaridan keladigan axborotlar, jumladan, yuqori Boshqaruv organlari, xokimiyat, vazirlar, qo’mitalar, Vazirlar Maxkamasi, Prezident devoni axborotlari bunga misol bo’ladi.
Ichki kommunikatsiya - deganda korxona ichidagi, uning bo’limlari o’rtasidagi va korxona ichki faoliyatini yurgizish uchun zarur bo’lgan axborot almashuvi tushuniladi.
Rahbar va bo’ysunuvchi o’rtasidagi kommunikatsiya - bu tashkilotda eng ko’p uchraydigan axborot almashuvidir.
Axborot - bu ma’lumot va xabarlar yig’indisi bo’lib, mazmunan, yangilik unsirlariga ega bo’ladi va boshqaruv vazifalarini xal etish uchun o’ta zarurdir.
tashqi muhit holatlari haqida axborotlar - boshqaruvchi organ boshqariluvchi ob’ektning hamda bog’liq
Do'stlaringiz bilan baham: |