Mavzu:O'quvchilar emotsional holatlari psixodiagnostikasi va natijalar tahlili
T/r
|
Metodika nomi
|
Vaqti
|
Maqsadi
|
1.
|
“Mavjud bo’lmagan hayvon”metodikasi
|
Cheklanmagan
|
O’quvchilarning muayyan xususiyatlari va psixik holatlari haqida ma’lumot toʻplash
|
2.
|
“Kaktus” metodikasi
|
Cheklanmagan
|
O’quvchilar jamoasining emotsional holatlarini aniqlash
|
3.
|
“Kayfiyat yo’qlik-subdepressiya darajasini aniqlash” metodika
|
Cheklanmagan
|
O’quvchilarning kayfiyatidagi depressiyani aniqlash
|
4.
|
“Yomg’ir ostidagi odam”metodikasi
|
Cheklanmagan
|
O’quvchilarning kayfiyati va ruhiy kechinmalarini oshkor qilish
|
1-Metod: “Mavjud bo’lmagan hayvon”metodikasi
Qo’llanishi: Metodika universal xarakterga ega. Uni turli yoshdagi, turli rivojlanish darajasiga ega boʻlgan sinaluvchilarda oʻtkazish mumkin. Bu yerda eng muhimi tadqiqotchi tomonidan rasm va uning detallarini toʻgʻri tavsiflashdir. Metodikani oʻtkazish uchun oq yoki sargish (silliq boʻlmagan) qogoz va oʻrtacha yumshoqlikdagi qora qalam kerak boʻladi. Rangli qalamlar, ruchka, flamaster, oʻchirgʻichdan foydalanish mumkin emas.
Koʻrsatma: “Mavjud boʻlmagan hayvonni oʻylab topib, uning rasmini chizing va unga nom qoʻying.” Metodikani individual tarzda oʻtkazish tavsiya qilinadi. Uni oʻtkazish davomiyligi chegaralanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |