Abu Ali Ibn Sinoning adabiy faoliyatiga oid asarlar


Download 0.58 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1494191
Bog'liq
Abu Ali Ibn Sinoning adabiy faoliyatiga oid asarlar


Abu Ali Ibn Sinoning adabiy faoliyatiga oid asarlar
Buyuk qomusshunos Abu Ali ibn Sinoning ijodiy faoliyati juda xilma-xil va rang-barangdir. Alloma oʻz davridagi mavjud boʻlgan hamma fanlarda ham salmoqli iz qoldirgan.
Ibn Sino dunyoda, birinchi navbatda, buyuk tabib sifatida mashhur boʻlgani bilan birga olimlar nazdida buyuk faylasuf sifatida ham hurmatli. Uning insonga, birinchi navbatda, praktik jihatdan zarur boʻlgan tibbiy asarlari olim nomini dastlab butun dunyoga taratdi va uni oʻchmaslikka olib keldi.
Ibn Sino tabibgina boʻlib qolmagan edi, u oʻz davrining buyuk mutafakkiri, keyingi asrlar fani, adabiyotiga salmoqli taʼsir koʻrsata olgan buyuk siymo edi. Uning aniq fan sohalaridagi asarlari hamda falsafa va adabiyot bobidagi katta xizmatlari haqli ravishda uni jahon fani va madaniyatining ajoyib bir namoyandasi deyishga huquq beradi.
Ibn Sino – shoir. Ibn Sino maʼrifatparvar shoir edi. U insonlarni fan va madaniyat, bilim va maʼrifat oʻchogʻini yoqishga, ilmiy yoʻlda ogʻishmay kamolat hosil qilishga, har bir masalaga ilmiy, aqliy yondashishga, rostgoʻy, vijdonli boʻlishga – xullas, insoniylikning eng yaxshi xislatlarini oʻzida aks ettirib, mujassamlashtirishga va inson degan ulugʻ nomni yanada yuqori koʻtarishga chaqiradi.
Ibn Sino maʼrifatparvar sifatida oʻzida shoirlik qobiliyatini sezgan chogʻlaridayoq xalq oʻrtasida tabobatni keng koʻlamda yoyishga intilganini koʻramiz. Uning tibbiyotga oid dostonlari shundan dalolat beradi. Ibn Sino bu dostonlarini aruzning rajaz vaznida yozgan. 
Shuning uchun baʼzan bu asarlarni urjuza deb ham ataganlar. Shu vaznda u tibbiyotga atab bir qancha sheʼriy asarlar yozdi, hozircha, bular soni toʻqqizta. Ular quyidagilar:
  • “Sogʻliqni saqlash – gigiyenaga oid urjuza”.
  • “Toʻrt fasllar haqida urjuza”.
  • “Anatomiyaga oid urjuza”.
  • “Gippokrat vasiyatlari haqida urjuza”.
  • “Tajribadan oʻtgan tibbiy narsalar haqida urjuza”.
  • “Tibbiy nasihatlar yozilgan urjuza”.
  • “Mantiqqa oid yozilgan urjuza”.
  • “Aloqa haqida urjuza”.
  • “Tabobat haqida urjuza”.

Ibn Sino dostonlarining eng yirigi boʻlgan “Tibbiy doston” 1956 yili Parijda va mantiq haqidagisi 1910 yili Qohirada nashr etilgan. Tibbiy doston qisqa nasriy muqaddima bilan boshlanib, keyin nazmiy yoʻlda davom etadi. Nashr etilgan nusxaga koʻra tibbiy dostonda 1326 bayt boʻlib, 2652 yoʻl sheʼrdan iborat. U yerda muallif ozgina nazmiy muqaddima (oʻn olti bayt)dan soʻng nazariy meditsinaga oʻtadi, bunga 705 bayt bagʻishlangan, soʻng amaliy meditsinaga oʻtadi, bunga esa 605 bayt bagʻishlangan.
Bu bilan Ibn Sino ham tabobat, ham sheʼriyatga dadil qadam qoʻya oldi. Hatto u bu asari orqali oʻz gʻoyalarini yoyishni koʻzda tutganlarini ifodalab shunday deydi: “Men bu urjuza – dostonga kamolat toʻnini va husn saruposini kiygazdim, uni oʻrganish osonroq va mashaqqati kamroq boʻlsin deb, toʻqilishini oson va vaznini yengil qildim”.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling