1-mavzu: Lug‘at ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning kreativ fikrlashlarini shakllantirish Seminar mashg‘ulot rejasi


Download 339.42 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi339.42 Kb.
#1001077
Bog'liq
1-seminar (1)


1-mavzu: Lug‘at ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning kreativ fikrlashlarini shakllantirish
Seminar mashg‘ulot rejasi:
1. Lug‘at ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning kreativ fikrlashlarini shakllantirish yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarning amalda qo‘llanish jarayonini kuzatish.
2. Lug‘at ustida ishlash
3. O‘quvchilarning kreativ fikrlashlarini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish
4. Talabalarni baholash
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi
Talabalarni lug‘at ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning kreativ fikrlashlarini shakllantirish darslarni kuzatish va tahlil qilishga o‘rgatish
O‘qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning lug‘at ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning kreativ fikrlashlarini shakllantirish yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
A) Lug‘at ustida ishlashga o’rgatish
B) Kuzatilgan darslar yuzasidan fikr-mulohaza bildirishga o‘rgatish.
V) O’qish kitobida berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilishga o‘rgatish.
3.Talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish.
O‘quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. Lug‘at ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning kreativ fikrlashlarini shakllantirish yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amalda tatbiq eta olish.
2.Nazariy savollarga javob berishda qatnashish, topshiriqlarini bajarish.
3. Darslarni kuzatish uchun ko‘rsatmalarni bajarish.
4.Amaliy mashg‘uloti davomidagi faoliyatni sifatli bajarish.
1.Amaliy mashg‘ulot mavzusini (Lug‘at ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning kreativ fikrlashlarini shakllantirish ), maqsadini, mashg‘ulot rejasini e’lon qilish.
1. Eshitadi, yozadi, javob beradi.
Metod. Aqliy hujum, suhbat.
Lug‘at ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning kreativ fikrlashlarini shakllantirish uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan o‘rganilganlar quyidagi savollar asosida eslatiladi.
1. Lug`aviy-uslubiy xatolarga qaysilar kiradi?
2. Morfologik-uslubiy xatolarga qaysilar kiradi?
3. Sintaktik-uslubiy xatolarga nimalar kiradi?
4. . Sifatni o‘rganishda lug’avish mashqlarning eng samaralisini namoyish qiling.
5. 3 -sinfda ona tili dasturida lug‘at bilan ishlashda o‘quvchilar bilimiga qanday talablar qo‘yilgan?
6. Lug‘at bilan ishlayotganda o‘quvchilarning qaysi bilimlariga asoslaniladi?
7. So‘z ma’nosini tushuntirishda qaysi usullardan foydalaniladi?
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash.
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga javob beradi
1.O‘rganiladigan mavzuning aniq belgilab olganligi.
Talabalar o‘z va o‘qituvchining taqvim rejasi yordamida o‘rganiladigan lug’at turlarini belgilaydilar.
2. Darsning maqsadi va vazifalari.
3. Maktablarda kuzatilgan hikoya darslarining tuzilishi.
4. Talabalar lug‘at ustida ishlash darslarda yaxshi samara beruvchi ish turlarini aytadilar.
5. Darsning har bir bosqichi dars oldiga qo‘yilgan umumiy ta’limiy va tarbiyaviy maqsadni ochishga qaratilganligi xulosalanishi.
6. Darsda qo‘llangan metodlarni samaradorligi, o‘quvchilarni faollashtirish usullari.
7. Ko‘rgazmalardan foydalanish.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining kichik guruhlarda O‘qitish metodida modul shaklida olib boriladi. 6 ta guruhning har biriga ilovadagi topshiriq beriladi.
Talabalarni xattaxtada hikoyalarini sinflararo izchilligini izohlaganliklarini tahlil qilish. Talabalarning o‘quvchilar qiynalishi mumkin bo‘lgan holatlari yuzasidan fikr-mulohazalarini so‘rash va baholash.
Quyida lug’at ustida ishlash yuzasidan tavsiyalar berib o’tilgan:




Adabiyotlar:

1. Karima Qosimova, Safo Matchnov, Xolida G`ulomova, Sharofat


Yo`ldasheva, Sharofjon Sariyev “Lug`at ustida ishlash metodikasi”
2. “O`zbek tili fanidan lug`atlar ustida shlash orqali talabalarning so`z boyligini
oshirish” metodik ko`rsatmasi. Toshkent-2005
3. O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000- y
1-ilova.

Download 339.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling