1 mavzu m asosiy tushuncha va atamalar


O`zbekiston Respublikasida bojxona xizmatini shakllanish


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana21.09.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1683711
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O`zbekiston Respublikasida bojxona xizmatini shakllanish 
bosqichlari va inqiroz davrida amal qilish xususiyatlari
 

1.3.3-rasm 
IV. Konsepsiyani amalga oshirish tadbirlari 
• Konsepsiyada belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo’yicha DBQ sohaviy 
boshqarmalari tomonidan Ishlar boshqarmasi bilan kelishilgan holda alohida dasturlar va 
rejalar tuziladi. 
• Zarur hollarda amaldagi tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan 
takliflar yoki idoraviy hujjatlar loyihalari tayyorlanadi. 
• Konsepsiyaning ustuvor yo’nalishlarida o’zaro yaqin dolzarb ishlar birlashtirilib amalga 
oshirilishi mumkin. 
• Konsepsiyani amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish bo’yicha DBQ ishchi guruhi 
tuziladi. 
Bojxona tizimini yanada rivojlantirish va isloh qilishning 5 ta ustuvor yo’nalishlari va 
ular qamrab olgan sohalar quyidagilardan iborat: 
1. Me’yoriy huquqiy bazani takomillashtirish: bojxona qonunchiligini, huquqiy-me’yoriy 
bazasini xalqaro bojxona tartib va qoidalariga moslashtirish; 
2. Boshqaruv tizimini takomillashtirish kadrlar siyosati va xalqaro hamkorlik: boshqaruv 
tizimi, kadrlar siyosati; oliy harbiy bojxona institutida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish 
va qayta tayyorgarlik kurslari samaradorligini oshirish; bojxona organlarida 
korruptsiyaga qarshi kurashish; xalqaro hamkorlik; 
3. Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini hamda tahlil ishlarini takomillashtirish: bojxona 
nazorati mexanizmini takomillashtirish; bojxona rasmiylashtiruvi; boj-tarif siyosati va 
fiskal masalalar; bojxona statistikasi va tahlil ishlari; bojxona ekspertizasi; 
4. Kontrabandaga qarshi kurashish va surishtiruv ishlarini takomillashtirish: kinologiya 
sohasini rivojlantirish; bojxona organlarida tekshiruv va surishtiruv ishlari; 
5. Bojxona 
infratuzilmasini 
va 
axborot-kommunikatsion 
texnologiyalarini
modernizatsiyalash: bojxona infratuzilmasini rivojlantirish; bojxona organlarida 
moliyalashtirish va maxsus fond; moddiy-texnika bazani yaxshilash; zamonaviy bojxona 
inshoatlarini qurilishi va ta’mirlanishi; axborot-kommunikatsion texnologiyalarini 
samaradorligini oshirish; Bojxona organlari faoliyatini targ’ib etish. 



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling