Ijtimoiy - siyosiy sohada –zamonaviy demokratik fuqarolar jamiyatini qaror toptirib, inson huquqlarini himoya qiladigan, e’tiqod va fikr erkinligini ta’milaydigan, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari faoliyatiga keng yo’l ochib beradigan buyuk davlatning barcha huquqiy, ijtimoiy - iqtisodiy, ma’naviy asoslarini yanada takomillashtirib, jahon miqyosida xalqimizga munosib o’rin va mavqega erishish.
Siyosiy partiyalar, jamoatchilik harakatlari, hukumatga qarashli bo’lmagan va jamoat tashkilotlarini mustahkalash va rivojlantirish, ularning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va jamiyat hayotining boshqa sohalarida munosib o’rinni egallashlariga erishish.
Milliy madaniy markazlarni rivojlantirish, milliy madaniy markazlar va diniy tashkilotlar faollarini fuqarolarni vatanparvarlik va mustaqil demokratik davlat ideallariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga keng jalb qilish, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni ta’milash.
Do'stlaringiz bilan baham: |