1-mavzu: «Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili» fanining maqsad va vazifalari Reja


Download 45.44 Kb.
bet1/9
Sana08.01.2022
Hajmi45.44 Kb.
#249024
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-мавзу (2)


1-mavzu: «Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili» fanining maqsad va vazifalari

Reja:

1.Mustaqillik sharoitida milliy mafkurani shakllantirish va uning yordamida milliy g‘oyani xayotga tatbiq etish zaruratining paydo bо‘lganligi.

2.Milliy g‘oya va milliy istiqlol g‘oyasi tushunchalaridagi umumiylik va ayrimlik

Mustaqillik tufayli boshlangan tarixiy taraqqiyot yo’lidan og’ishmay olg’a rivojlanib borayotgan O’zbekiston Respublikasi oldida endilikda bir qancha muhim vazifa va muammolar turibdi. Ana shulardan biri milliy mafkurani yaratish, uni xalq orasida jadal keng yoyishdan iborat.

O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyot yo’liga qadam qo’ygan dastlabki kunlarida - eski mafkuradan butunlay voz kechilayotgan, yangi mafkura esa hali ishlab chiqilmagan, ilmiy asoslab berilmagan kezlarda, ma’naviyat sohasida bo’shliq paydo bo’ldi. Shuning uchun ham yangi milliy g’oya, milliy mafkurani yaratish zarurati kun tartibidagi asosiy masala bo’lib qoldi.

O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov Respublika Oliy Kengashi o’n ikkinchi sessiyasida so’zlagan nutqida: «Oldimizda turgan eng muhim masala, bu milliy mafkurani yaratish va hayotimizga tadbiq etishdir»,- degan edi.

Shuni aytish kearakki, hech qanday jamiyat va millat mafkurasiz yashay olmaydi. Dunyodagi har bir jamiyatning o’ziga xos, o’ziga mos keladigan, uning uchun xizmat qiladigan, tub maqsadlari va manfaatlarini himoya qiladigan mafkurasi bo’ladi. Odamlar qaysi bir jamiyatda yashashidan qat’iy nazar nimagadir ishonishi, e’tiqod qilishi, qandaydir bir g’oyaga, ta’limotga asoslanib ish ko’rishi, faoliyat ko’rsatishi kerak.

O’zbekistoning hozirgi davri, bundan keyingi taraqqiyoti va istiqboli xamda mustaqilligining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy-ma’naviy zaminlarini yaratish va mustahkamlash uchun mafkura suv va havodek zarur. Buni hayotning o’zi ochiq-ravshan ko’rsatib turibdi.

Biz ertangi kunga-kelajakka tomon ko’zni yumib, taxminlarga asoalanib, tavakkalchasiga ish tutib bora olmaymiz. Kishilar hozirdanoq biz qaysi yo’ldan boramiz, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarning qanday shaklini yaratamiz, o’z tarixiy tajribamizning, jahon taraqqiyoti saboqlarining qaysi jihatlaridan foydalanamiz, kelajakda O’zbekistonni qanday qilib buyuk davlatga aylantiramiz, mustaqillik muammolarni hal etish uchun nimalarga e’tiborimizni qaratishimiz kerak, degan o’nlab, yuzlab savollarga javob topmoqlari zarur. Agar xalqimizni, millatimizni qiziqtirib kelayotgan barcha savollarga hozirdanoq aniq, ilmiy asoslangan javoblar, muhim yo’l-yo’riqlar bo’lmasa, odamlar bunga qat’iy ishontirilmasa, amaliy faoliyatimizda xato ketidan xatoliklarga yo’l qo’yaveramiz. Bu kutilmagan oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.Ana shunday ko’ngilsiz hodisalar ro’y bermasligi uchun xalq ommasini umumiy maqsad sari yakdillik bilan hakrakatga da’vat etadigan yangi mafkura yaratilmog’i kerak.

Mafkura ahamiyati yana shundan iboratki, u jamiyatimizning rivojlanishi, olg’a tomon harakat qilishini osonlashtiradi, millatni, barcha fuqarolarni umumiy maqsad yo’lida birlashtiradi.

Milliy mafkura butun O’zbekiston xalqining ruhini, his- tuyg’usini, milliy g’urur va iftixorini, kuch-qudratini, orzu-intilish-larini mujassamlashtiradigan buyuk g’oyaviy kuchdir.

Mustaqillikning taqdiri, O’zbekistonning k elajagi, birinchi navbatda va asosan, odamlarga, ularning amaliy faoliyatiga, axloqiy barkamolligiga, g’oyaviy-siyosiy etuklik darajasiga, milliy o’zligini qanchalik chuqur va mukammal anglab olishlariga bevosita bog’liq. Mafkurasiz ommani jamiyat taraqqiyotini, mustaqillik bilan bog’liq bo’lgan ulkan vazifalarni bajarishga safarbar etish mumkin emas. Insonning faoliyati uning ilg’or mafkuraga qat’iy amal va e’tiqod qilishiga bog’liq.

Islom Karimov jamiyat mafkurasini qanday tushunasiz, degan savolga quyidagicha javob berdi: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishiga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman». Prezdentimiz ta’kidlaganidek, milliy g’oya, milliy mafkura quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1) milliy o’zligimizni, an’analarimizni, xalqimizning orzu-umidlarini, jamiyatimiz oldida turgan maqsad va vazifalarini qamrab olishi kerak; 2) jamiyatimizda istiqomat qiluvchi barcha kishilarning yagona milliy bayroq atrofida birlashtirib, ularni buyuk maqsadlar sari chorlaydigan g’oya bo’lishi kerak; 3) millatchilik, boshqa xalqlarni mensimaslik kayfiyatidan xoli bo’lib, jahon hamjamiyatida o’zimizga munosib o’rin, hurmat va izzat qozonishida poydevor va rahnamo bo’lishi darkor; 4) kishilarni, avvalombor yosh avlodimizni vatanparvarlik, el- yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga madadkor bo’lishi zarur; 5) Vatanimizning o’tmishi, bugungi kun va kelajagini bog’laydigan jahon hamjamiyatiga, umumbashariy yutuqlarga eltuvchi g’oya bo’lishi kerak.

Shunday qilib, bir-biri bilan uzviy bog’langan, bir-birini to’ldiradigan yo’nalishlardan tarkib topgan milliy g’oya, milliy mafkuramizning asosiy maqsadlari quyidagilarga qaratilgan.




Download 45.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling