Mavzu:Antivirus o’rnatish va sozlash Nod 32 antivirus dasturini yuklab olamiz. X32 va x64 versiyalari mavjud. So'ng bizda quyidagicha oyna ochiladi. Bunda biz quyidagilarga e'tibor qaratishimiz kerak: 1. Agar buni belgilasak dastur o'rnatilayotgan vaqtda agar sizda internet mavjud bo'lsa, yangilangan versiyani birdaniga o'rnatib ketiladi; 2. Bu tugma keyingi oynaga o'tish uchun bosiladi. Bu ochilgan oynada biz antivirusdan foydalanish litsenziyasini qabul qilgan holda davom etamiz. Qabul qilish uchun «Я принимаю» tugmasini bosamiz Endi ba'zi sozlamalarni sozlab olamiz. Ular quyidagilar: 1. Bu bo'lim ishlash prinsipi bizdagi shubhali bo'lgan ya'ni virus deb ko'rmaydigan lekin hatti harakatlari virusga o'xshashni boshlaydigan dasturlar haqida ma'lumot yig'adi va buni antivirusning viruslarni o'rganuvchi bazasiga yuboradi. Agar bunday funksiya ishlamasligini xoxlasangiz buni o'chirib qo'yishingiz mumkin; 2. Kompyuterning ba'zi dasturlari bo'lib, ular virus hisoblanmaydi lekin tarkibida ba'zi funksiyalar virus ko'rinishida bo'lishi yoki kompyuterga o'rnatilgandan so'ng uni sekinlashuviga yoki xavfsizligiga tahdid qilishi mumkin shu kabilar haqida ogohlantirish olishni xoxlasak buni belgilash kerak. Bulardan o'tganimizdan so'ng " Установка" tugmasini bosamiz So'ng antivirus dasturining o'rnatilish jarayoni boshlanadi
F5
Do'stlaringiz bilan baham: |