1-mavzu: «Mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili» fanining maqsad va vazifalari Reja


Download 45.44 Kb.
bet7/9
Sana08.01.2022
Hajmi45.44 Kb.
#249024
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-мавзу (2)

Mafkuraning falsafiy ildizlari xaqida fikr yuritgan, uning falsafa ilm xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi. Bunga G’arbdagi Uygonish davrini hamda o’rta asrlarda milliy davlatchiligining tiklay boshlagan Evropa xalqlarining har biri o’ziga xos mafkurasini yaratganini misol keltirish mumkin. Mazkur mafkuralar Rim imperiyasi parchalanganidan keyin o’z davlatchiligiga ega bo’lgan xalqlarning o’ziga xos qadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan milliy falsafalari asosida shakllandi. Shu bois o’sha davrdagi italyan, ingliz, frantsuz falsafasi o’zi mansub bo’lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, bu milliy maktablar zaminida vujudga kelgan falsafiy ta’limotlar, ma’rifiy qarashlar insoniyat madaniyati xazinasiga salmoqli hissa bo’lib qo’shildi. Kant, Gegel, Feyerbax kabi mutafakkirlar nomi bilan shuhrat topgan nemis falsafasi xususida ham shunday fikrni aytish mumkin.

Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma’rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Insoniyat asrlar mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umume’tirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi.

Ana shunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik- dahriylik emas» degan tamoyil asosida rivojlanadi, ya’ni dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni va ahamiyatini aslo inkor etmaydi.

Mafkuraning diniy ilddizlari deganda, u inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog’liq ekani va u bois uning g’oyaviy ildizlari diniy ta’limotlarga borib taqalishi tushuniladi. Ya’ni, ko’pgina mafkuralarda Avesto, Veda, va Upanishadlar, Zabur, Tavrot, Injil va Qur’on kabi ilohiy kitoblarda zikr etilgan ezgu g’oyalar muayyan darajada o’z ifodasini topganini ko’ramiz.

Dunyoviy va diniy g’oyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko’tariladi. Bunga bashariyat tarixida o’chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayxon Beruniy, Imom G’azzoliy va Abu Nasr Farobiy singari buyuk zakovat sohiblari yonma-yon yashab faoliyat ko’rsatgan davr yorqin misol bo’la oladi.

Bunday jarayon bugungi dunyoda amaliyot falsafasi deb tan olingan pragmatizm, hayot falsafasi bo’lgan ekzistentsializm kabi dunyoviy va diniy g’oyalardan oziqlangan ta’limotlar misolida ham ko’zga tashlanmoqda.

Ilmiy kashfiyotlar ham mafkura rivojiga katta ta’sir o’tkazadi. Zamonaviy fan yutuqlari, jumladan, kosmanavtika, kibernetika sohasidagi olamshumul yangiliklar, klonlashtirish, insonning gen-nasl xaritasini aniqlash kabi buyuk kashfiyotlar odamlar tasavvurini keskin o’zgartirmoqda.

Ayni vaqtda yuksak ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, globallashuv jarayonlari, bir tomondan, inson aql-idrokining imkoniyatlariga, kelajakka ishonchni ortirayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, Xirosima, Nagasaki, Chernobil fojialari, ommaviy qirg’in qurollari, ekologik halokatlar, ma’naviy tanazzul kabi umumbashariy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.

Shunday ekan, ilm-fan va madaniyat borasidagi yutuqlardan oqilona foydalanish uchun ham jamiyatga sog’lom g’oya, sog’lom mafkura kerak.





Download 45.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling