1-mavzu. “Makroiqtisodiyot” faniga kirish Reja: Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti


Download 313.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi313.89 Kb.
#1499968
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu



1-mavzu. “Makroiqtisodiyot” faniga kirish 
Reja:
1. Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti.
2.Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari. 
3.“Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –
xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli 
 
 1.Makroiqtisodiyot fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob’ekti. 
 
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina 
kiritilgan bo’lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli
birga paydo bo’ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida 
tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta’siri xos 
bo’lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Frantsiya 
qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab 
chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene 
jadvali” ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo’lladi. 
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Valьras, 
V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo’yilgan edi deb ta’kidlash 
mumkin. Keyinchalik, K.Marks o’zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror 
ishlab chiqarish sxemasi, V.Leonьtev esa o’zining tarmoqlararo balansi bilan 
makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo’limi sifatida ajralib chiqishi
uchun mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa o’zining “Ish bilan bandlilik, foiz 
va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy 
yakuniga yetkazdi. SHu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining 
asoschisi sifatida tan olinadi.
Shunday qilib, makroiqtisodiyot o’z predmeti va tadqiqot usullariga ko’ra
mustaqil fan sifatida XX asrning o’rtalariga kelib shakllanib bo’ldi. 



Download 313.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling