1-Mavzu. “Makroiqtisodiyot”faniga kirish. Makroiqtisodiyot va chegaralangan resurslar. Reja


Download 101.08 Kb.
bet1/4
Sana08.05.2023
Hajmi101.08 Kb.
#1443306
  1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliyot (2)


1-Mavzu. “Makroiqtisodiyot”faniga kirish. Makroiqtisodiyot va chegaralangan resurslar.
Reja

    1. Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va obyekti.

1.2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari.
1.3. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –xarajatlar”ning
doiraviy oqimi modeli.



1.1.“Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va obyekti.

Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo’yilgan edi.


. J.M. Keyns esa o’zining “Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga yetkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi.
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo’limi hisoblanib, unda milliy xo’jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko’rinishi o’zaro farqlanadi:
a) pozitiv makroiqtisodiyot;
b) normativ makroiqtisoiyot.
Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o’sishini, resurslarning to’liq bandliligini, inflyasiyaning past sur’atlarini va to’lov balansining muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o’rganadi.
makroiqtisodiyot predmetida o’zaro bog’liq uch jihatni ajratib ko’rsatish mumkin. Bular:

  1. milliy iqtisodiyot;

  2. davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish;

3) jahon xo’jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti bilan o’zaro munosabatlari masalasi.


1.2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari.


Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy abstraksiya, analiz va sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish usullari va boshqalar kiradi.

Download 101.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling