8-9-mavzu: Induksiya, deduksiya va analogiya metodlari. Mashg’ulot maqsadi


Download 0.76 Mb.
Sana09.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1695865
Bog'liq
8-9-mavzu




8-9-mavzu: Induksiya, deduksiya va analogiya metodlari.
Mashg’ulot maqsadi: Induksiya, deduksiya va analogiya metodlarini bir biridan farqlash.
Mashg’ulot jihozi: darslik, daftar, tarqatma materiallar, proyektor, doska, bo‘r, marker va vizual tarqatmalar va boshqalar.
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar:
Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.
Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
Keys uchun vaziyat.


Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.

INDUKSIYA, DEDUKSIYA, ANALOGIYA


Bu uch metod yangi bilimlarni egallashning asosida yotuvchi xulosalarning xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qilinadi.
Induksiya metodi bilishning shunday yo‘liki, bunda o‘quvchimng fikri birlikdan umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosaga olib boradi. Induktiv xulosa - xususiydan umumiyga qarab boradigan xulosadir. Bu metoddan foydalanib biror qonuniyatni ochish yoki qoidani chiqarish uchun o‘qituvchi misollar, masalalar, ko‘rsatmali materiallarni puxtalik bilan tanlaydi.
Boshlang‘ich sinflarda induksiya metodi bilan uzviy bog‘liq holda deduksiya metodidan ham 'keng foydalaniladi. Boshlang‘ich sinflarning yangi o‘qitish dasturi talablariga o‘tishi munosabati bilan deduksiya metodidan foydalanish chegaralari ancha kengaydi.
Deduksiya metodi bilishning shunday yo‘liki, bu yo‘l umumiyroq bilimlar asosida yangi xususiy bilimlarni olishdan iboratdir.
1 + 2 = 3 3 – 2 = 1 3 – 1 =2
Deduksiya bu, umumiy qoidalardan xususiy misollarga va konkret qoidalarga o‘tishdir.
Analogiya - shunday xulosaki, bunda predmetlar ba'zi belgilarining o‘xshashligi bo‘yicha bu predmetlar boshqa belgilari bo‘yicha ham o‘xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi. Analogiya "xususiydan xususiyga boradigan", bir konkret faktdan boshqa konkret faktlarga boradigan xulosadir. Masalan, uch xonali sonlarni qo‘shish va ayirishning yozma usullarini ko‘p xonali sonlarni qo‘shish va ayirishda analogiya usulini qo‘llashga asoslangan. Shu maqsadda metodik adabiyotlarda ko‘p xonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirish bilan tanishtirishda shunday misollarni yechish tavsiya qilinadiki, bunda har bir navbatdagi misolda qo‘llanigan qoidalar oldingisidagidek takrorlanadi. Masalan:
126 3562 44822 947 98347 55347
+172 +2746 +36425 -535 -51425 - 32125

Bunday misollarni yechgandan keyin o‘quvchilarning o‘zlari ko‘p xonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirish uch xonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirishdek bajariladi, deb xulosa chiqaradillar.
Mavzuga doir didaktik topshiriqlar:

Keys uchun vaziyat.
2-B sinfda matematika darsida Nodir doskada yozilgan misollarni ko’chirishga ulgurmadi. O’rtog’i Farhoddan daftarini berib turishini so’radi. Farhod esa bermasligiga qaramay Nodir daftarni tortdi va ikkalasi daftarni yirtib qo’ydi. Natijada Farhod xonadan chiqib ketdi. O’qituvchining gapini ham tinglamadi. Farhod onasini yetaklab keldi .Farhodning onasi o’qituvchiga bu yerda dars tugaguncha bolalarga siz javob berasiz. O’quvchilarga bergan tarbiyangiz shumi ,o’g’limning mehnatini suiste’mol qildi dedi.Farhodning onasi deriktor o’rinbosariga o’qituvchi ustidan shikoyat qildi va o’qituvchini befarqlikda aybladi. Bu o’qituvchiga farzandimni qanday ishonib topshiray dedi.
SAVOL.
1.Vaziyatga baho bering?
2.O’qituvchining o’rnida bo’lsangiz nima qilasiz?
3.Bu yerdda kim haq?
4.Dars ishlanmasini tuzish.
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling