1-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari va vazifalari (2 soat).
Amaliy mashg‘ulotni olib borish moduli
Vaqt – 80 daqiqa
|
Tinglovchilar soni: 25
|
Mashg‘ulot shakli
|
Amaliy
|
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
|
Kirish.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish
Maktabgacha ta’lim tashkilotining huquq va majburiyatlari
Xulosa.
|
Ta’lim metodlari:
|
Ma’ruza, taqdimot, aqliy hujum, test.
|
Ta’lim vositalari:
|
Ma’ruzalar matni, xattaxta, tarqatma materiallar, qog‘ozlar.
|
Ta’lim shakli:
|
Jamoaviy ish.
|
O‘qitish shart-sharoitlari:
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan va jamoaviy ishlashga mo‘ljallangan auditoriya.
|
Monitoring va baholash:
|
Nazorat savollari, test.
|
Kalitso‘zlar: Maktabgacha ta’lim tashkiloti, maqsad, vazifa, imkoniyat, innovatsiya, ma’ruza, tarbiya, davlat, qonun, mashg’ulot, bola, rivojlanish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsad va vazifalari
|
Maqsadlar:
Ta`limiy: Tinglovchilarga MTTning bolalar ta’lim tarbiyasidagi roli haqida ma`lumot berish.
Tarbiyaviy: Tinglovchilar orasida o‘zaro do‘stona munosabatni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Tinglovchilarning Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari va vazifalariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
|
Vazifalar:
Ta`limiy savol: MTTning bolalar ta’lim tarbiyasidagi roli qanday ahamiyatga ega?
Tarbiyaviy savol: MTT da tarbiyalanuvchilarni bir-birini hurmat qilishga erishishda qaysi usullardan foydalanish mumkin? Rivojlantiruvchi savol: MTTda tarbiyalanuvchilarning og‘zaki nutqi qanday rivojlantiriladi?
|
Kutilayotgan natijalar:
|
Dars yakunida tinglovchi biladi (Bilim): MTTning maqsad va vazifalari , MTTga qo‘yilgan zamonaviy talablar, tarbiyalanuvchilarni har tomonlama rivojlantirishda MTTning roli, mashg'ulot turlari va ularni qo‘llash usullari.
|
Qaysi savollar beriladi:
MTT da o’tkaziladigan mashg’ulotlarga qanday talablar qo‘yilgan?
|
Dars yakunida tinglovchi tushunadi (Ko‘nikma): MTT ning tarbiyalanuvchilar rivojlanishida kata ahamiyatga ega ekanligi .
|
Qaysi savollar beriladi:
MTTda bolalar faoliyatini qanday qilib faollashtirish mumkin?
|
Dars yakunida tinglovchi bajara oladi (Malaka): Tinglovchilar turli mashg’ulotlar o’tkazishga doir malaka hosil qiladilar.
|
Qanday topshiriqlar beriladi:
Mashg’ulot o’tkazishga namunaviy reja yozib kelish.
|
Amaliy mashg‘ulotning texnologik xaritasi
( 1– mashg‘ulot)
Ish jarayonlari vaqti
|
Faoliyatning mazmuni
|
Tarbiyachi
|
Tinglovchilar
|
I. Kirish bosqichi.
(10 minut)
|
1.1. Amaliy mashg‘ulotining mavzusi, maqsadi va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi. Amaliy mashg‘ulotning rejasi bilan tanishtiradi.
|
Tinglaydilar.
|
1.2. Tinglovchilarga, “MTTning bolalar ta’lim tarbiyasidagi roli qanday ahamiyatga ega?” degan savol bilan murojaat qiladi.
|
O‘z fikrlarini erkin bildiradilar.
|
1.3. Tinglovchilarning fikrini umumlashtiradi.
|
Tinglaydilar.
|
II. Asosiy bosqich
(60 minut)
|
2.1. Tinglovchilarga yangi mavzuni reja asosida bayon qiladi.
|
Tinglaydilar.
|
2.2. Guruhlarga “Aqliy hujum” uslubidan foydalanilgan holda “MTTda bolalar faoliyatini qanday qilib faollashtirish mumkin?” deb savol bilan murojaat qiladi.
|
Erkin fikrlarini namoyon etgan holda munozarada qatnashadilar.
|
2.3. Tinglovchilarga “MTT da o’tkaziladigan mashg’ulotlarga qanday talablar qo‘yilgan?” degan savol beriladi.
|
O‘z fikrlarini bildiradilar.
|
III.
Yakuniy bosqich
(10 minut)
|
3.1. Tinglovchilar fikrlarini umumlashtiradi.
|
Eshitadilar.
|
3.2. Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi: Mashg’ulot o’tkazishga namunaviy reja yozib kelish.
|
Yozib oladilar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |