1-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning kompyuter savodxonligi Reja: «Bolalar bog‘chasida boshlang‘ich kompyuter savodxonligi»


Download 0.82 Mb.
bet1/4
Sana29.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1307328
  1   2   3   4
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarning kompyuter savodxonligi


1-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning kompyuter savodxonligi


Reja:

  1. «Bolalar bog‘chasida boshlang‘ich kompyuter savodxonligi» predmeti haqida tushuncha.

  2. Kompyuter bilan ishlashda texnika xavfsizligi va sanitariya-gigiyena qoidalari

  3. Hisoblash texnikasining yaratilishi va rivojlanish tarixi


Kirish
Hozirgi zamonda biror-bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo‘lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar, o‘z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «Kadrlar tayyorlash tizim va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi» deb belgilab qo‘yilgan.
Ta’lim tizimi butunlay yangi kasb etayotgan hozirgi davrda har bir fanning mazmunini qayta tahlildan o‘tkazish ta’lim bosqichlari bo‘yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash asosida tubdan isloh qilish va hayot bilan bog‘lash nuqtai nazaridan yondashuv zarur bo‘ladi.
Ushbu matn ma’ruzada kompyuterning ish usuli, ShKning asosiy va tashqi qurilmalari, axborot saqlovchi qurilmalar va internet bilan ishlash mavzulari keng yoritib berilgan.


Tayanch iboralar: Perfokartalar, elektr lampalar, tranzistorlar, integral sxemalar.

Hozirgi vaqtda kompyuter savodi, kompyuter texnologiyalarini bilish zamon talabidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Kelgusida kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish» haqidagi qarorida shunday deyiladi: «Kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini xalq xo‘jaligi, boshqaruv, fan taraqqiyoti, tadbirkorlik va ta’lim sohasida qo‘llash eng muhim vazifalaridan biridir». Darhaqiqat, hozirgi kunda jamiyatni har bir sohasini rivojlanishida kompyuterning ahamiyati katta. Kompyuterlar korxona, ofis, tashkilotlarda bo‘lishi bilan birga, oilalarga ham kirib bormoqda. Albatta, kompyuter bolalarni ham befarq qoldirmaydi.


«Bolalar bog‘chasida boshlang‘ich kompyuter savodxonligi» pred­meti maktabgacha ta’lim muassasalarining bo‘lajak tarbiyachilari uchun mo‘ljallangan. Ularning maqsadi kompyuter o‘yinlari, didaktik o‘yinlar va hokazolar yordamida bolalarda kompyuterda ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish, oddiy mashg‘ulotlar yordamida kompyuter va kompyuter texnologiyalari to‘g‘risida tushuncha berishdan iborat.
«Bolalar bog‘chasida boshlang‘ich kompyuter savodxonligi» predmetining vazifasi bo‘lajak tarbiyachilarga maktabgacha ta’lim muassasalarida turli yosh guruhlarida kompyuter bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tish uchun kerakli bilimlarni berishdan iborat.
«Bolalar bog‘chasida boshlang‘ich kompyuter savodxonligi» predmetini o‘rganish orqali o‘quvchilaming kompyuterdagi mavjud dasturlardan foydalanib, bolalarning yoshiga mos materiallar tayyorlay olish, bog‘chada o‘tiladigan turli mashg‘ulotlar uchun didaktik o‘yinlar yarata olish, elektron darsliklardan foydalana olish, internet tarmog‘idan kasbiy sohaga mos ma’lumotlarni olib foydalana olish ko‘nikmalari rivojlanadi. Bundan tashqari qo‘shimcha texnik vositalar, ularning turlari, ulardan mashg‘ulot o‘tishda foydalana olish usullari va mashg‘ulot o‘tish uchun kerakli grafik, animatsiya yaratishga mo‘ljallangan dasturlar va ularda ishlash qoidalari o‘rgatiladi.
Xulosa qilib aytganda «Bolalar bog‘chasida boshlang‘ich kompyuter savodxonligi» predmetini o‘rganish orqali o‘quvchilar informatika kursida to‘liq o‘rganilmagan, bolalar bog‘chasida mashg‘ulot o‘tish uchun kerakli bilimlarni oladilar.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling