1-mavzu: Ma’naviyat – beqiyos kuch


Insonning yaratilishi to`g`risida diniy qarashlar


Download 1.33 Mb.
bet10/59
Sana28.12.2022
Hajmi1.33 Mb.
#1013453
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59
Bog'liq
1-mavzu Ma’naviyat – beqiyos kuch

Insonning yaratilishi to`g`risida diniy qarashlar


Qur`oni Karimda bu jarayon quyidagicha ifodalangan: “… biz insonni loyning sarasidan yaratdik. So`ngra uni (inson naslini) mustahkam qarorgoh (bachadon)dagi maniy qildik. So`ngra maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go`sht qilib yaratdik, bas, parcha go`shtni suyaklar qilib yaratib,suyaklarga go`sht qopladik, so`ngra (unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay boshqacha bir vujudni paydo qildik) ”

Nasroniylikning muqaddas kitobi “Injil”da aytilishicha “…Yana xudo: o`z suratimizga ko`ra, o`zimizga o`xshash odamni yarataylik. U dengizdagi baliqlar, ko`k yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun yer yuzi va yerda harakat qiluvchi barcha maxluqlar ustidan hokimlik qilsin ”, - dedi. Shunday qilib xudo o`z suratida, ilohiy suratda yaratdi. Ularni erkak va xotin qilib yaratdi.o`sha paytda Xudovandi Karim yerning tuprog`idan odamni yasab, uning dimog`iga hayot nafasini pufladi. Shu yo`sinda odam tirik jon bo`ldi.

Buddaviylik dinida ta`kidlanishicha, voqelik nomoddiy zarracha hisoblangan draxma harakatidan iborat. Bunda har bir alohida mavjudotga doim harakatda bo`lgan kuchlarning o`tkinchi yig`indisi sifatida qaraladi. Jumladan, hayot ham abadiy qonunlarga ko`ra va ularga bog`liqlikda paydo bo`lib yana yo`qolib turadi.


4-ilova
Nazorat uchun savollar?
1. Jahoniy dinlarda inson kelib chiqishi talqinining umumiy va xususiy jihatlarini tushuntirib bering.
2. Inson paydo bo`lishining fizik-ximik konsepsiyasi qanday asoslarga suyanadi?
3.Shaxsning shakillanishida diniy tarbiya va diniy tasavvurlarni izohlang?

4.Jamiyat rivojiga insonlarning o’rni.




5-ilova
Amaliy mashg’ulot:


Sinf kichik guruhlarga bo’linib har bir qator alohida 1-qarot islom dinida, 2-qator nasroniylik dinida, 3-qator buddaviylik dinida.
Insonning ma’naviyati to’g’risidagi diniy qarashlar haqida ma’lumot yozing..



Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling