O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNALOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI
UNIVERSITETI
SAMARQAND FILILALI
O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN
REFERAT
MAVZU: Oʼrta Osiyoda dastlabki diniy qarashlar.
BAJARDI: AKTKTS 22-30 guruh talabasi
XAMIDOVA NILUFAR
QABUL QILDI: ______________________
Mavzu: Oʼrta Osiyoda dastlabki diniy qarashlar.
Reja:
Kirish
1.Diniy qarashlarning xilma-xilligi.
2.O’rta Osiyoda diniy tasavvurlarning shakllanishida jonivor va qushlarga sig’inish.
3. O’rta Osiyoda diniy tasavvurlarning paydo bo’lishiga doir arxeologik manbalar.
Xulosa
Foydalingan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
O’rta Osiyo xalqlarining ko’pchiligi qadimdan mo’jizavi narsalar va jonivorlarga shu jumladan toshga sig’inish odati bo’lgan. Sarmishsoy davri odamlari qadimgi ajdodlar ibodat qilgan, sig’ingan muqaddas dargoh bo’lgan.Ana shu irim sirimlardan biri qoyalarga rasm chizish odati bo’lgan. Ba’zi etnografik ma’lumotlarga qaraganda qoyalarga va xar hil buyumlarga ishlangan rasmlar kishilarga baxt keltiradi, chorva mollari va yovvoyi hayvonlar tuyog’ini ko’paytiradi, ularni xar xil kasalliklardan asraydi deb hisoblaganlar. Sarmishsoydagi turli davrlarga mansub bo’lgan son sanoqsiz rasmlar hilma hil manzaralar xissiy go’zallik uchun yoki bekorchilikdan bezash uchun ishlangan emas. Alohida ishlangan rasmlar ham ayrim voqea hodisalarni ifoda etuvchi manzaralar ham qadimgi davr kishilarining ibtidoiy tushunchalari va diniy e’tiqodlari bilan bog’liq bo’lgan sexrli ma’noni anglatadi. Neolit davri diniy tasavvurlari o’ziga xos ijtimoiy hayot bilan birgalikda kechgan. Ma’lumki neolit davri o’rtoqlashuv jarayonida diniy tasavvurlar dexqonchilik soxasi bilan bog’liqdir.Xetlar oziqalarni o’z navbatida “yemish” deb atalishi va “qurbonlik” tushunchalarini mosligi deyarli bir xildir. Ayniqsa dafn marosimlarida nonni o’rniga termik ishlov berilgan donlar bilan almashtirish e’tiborlidir. Don sochish shuningdek nikoh marosimlari va yangi hayot tug’ilishi bilan ham bog’liq. Barcha tarixiy dinlarga ma’lum jinslar o’rtasidagi aloqalarni tartibga solish va ular buzilgan taqdirda jazolash aynan neolt davriga borib taqaladi. Ammo ajdodlarga bu
kabi e’tibor ular hayotida aks etmay qolmasdi. Ajdodlar qabrlarini qavm yodgorliklarini iloji boricha tiriklarga yaqinlashtirish ular hayotini bir bo’lagiga aylantirish kerak edi. Avlodlar tom ma’noda ota bobolar suyaklari hoki ustida tug’ilishlari kerak edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |