Oʼrta Osiyoda dastlabki diniy qarashlar. Bajardi: aktkts 22-30 guruh talabasi xamidova nilufar qabul qildi: Mavzu: Oʼrta Osiyoda dastlabki diniy qarashlar. Reja: Kirish


O`rta Osiyoda diniy tasavvurlarning paydo bo`lishiga doir arxeologik


Download 29.27 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi29.27 Kb.
#1552956
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
REFERAT Oʼrta Osiyoda dastlabki diniy qarashlar.

3. O`rta Osiyoda diniy tasavvurlarning paydo bo`lishiga doir arxeologik

Diniy qarashlarning paydo bo’lishi to’g’risida ko’plab yozma manbalar kamroq, negaki diniy qarashlar yozuv paydo bo’lishidan ancha oldin paydo bo’lgan. Aniq ishonch bilan aytish mumkinki, O’rta Osiyoda xalqlarning ibtidoiy diniy qarashlari so’ngi paleolit davridan boshlab paydo bo’la boshlagan. Mustye davriga oid Teshiktosh g’oridan topilgan neandertal bola qabridan qizil rang – ohira ilarining topilishi va qabirning hayvon shoxlari bilan o’ralishi bu fikrning yaqqol ashyoviy dalili bo’lib hizmat qiladi. Neolit va Eneolit davrida, ya’ni qon – qarindoshchilikga asoslangan urug’chilik jamoasi davrida jamoaning alohida ajratilgan sajdagoh – sig’inish xonalari paydo bo’ladi. Bu davrda butun jamoa uchun bitta umumiy sig’inish xonasining bo’lshi xarakterligi. Huddi shunday xonalar , Pasadiqtepa, Chaqmoqli, Yassitepa, Yalong’och yodgorliklarida o’rganilgan. 1 Neolit davridagi diniy tasavvurlar. Neolit revolutsiyasi odamlarning turmushini, ularning ta’sir etadigan barcha sohalarini tubdan o’zgartirdi. Odam o’simliklarni o’stirish, ozuqa zahilarini hosil qilishni asta sekin o’rgandi. Va bu odamni ot’troq hayot kechirishga majbur etdi. Odam hayvonlarni qo’lga o’rgatgan hamda ular berayotgan maxsulotdan foydalanishni o’rgandi. Bu nafaqat go’sht, balki sut va teridir. Ovqat pishirish bilan tanishish hamda idishlar yasash odamga yangi muhim materiallarni o’zgartirishga majbur etdi. Odam ovqat va ichimliklar saqlash uchun mo’ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanilgan loyni tayyorlashni o’rgandi.


Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkonini berdi. Dehqonlar zich va ko’pchilik dehqonlar bilan o’rnashardi. Tinch va ovqat bilan ta’minlash, tug’ilish va bolalarni tirik qolishi, o’sishiga imkon berar edi. Aholining keskin ko’payishi yangi yerlarni o’zlashtirishga hayot tarzini o’zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratadi.1 Dehqonchilikning ehtiyojlari xosilini uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutish kerakligiga hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, yer shari sikllari – bu hammasi dehqon qabilalarining osmonu yerga quyoshu oyga, yomg’iru shamolga yangi qiziqishni paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu degani qudratli ruhlarga bog’liqlik sezilarli va ko’zga tashlanadigan bo’lib qoldi, iltijo va qurbonlik ularga atalarda ularga ataladi, ammo o’ta tabiiy imkoniyatlar to’g’risidagi tasvirlar keskin o’sar edi. Natijada qadimgi ruhlar animistik sig’inish obyekt asta sekin o’ta qudratlidir hudolarga aylandilar. Ular uchun mikrop hamda cherkovlar tashkil etadilar va ulardan kecha va kunduz dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan mutaxasis hizmatkorlarning – kelajakdagi kohinlar hizmat qilardi. Qadimgi totomistik tasavvurlar ham o’zgarardi dehqonlarni kasbi ov natijasiga bog’liq bo’lmagan holda, hayvonlarni qadirlay boshladi, ammo hayvonlar va totomistik tog’risidagi tasavvur avlodlar hotirasida saqlanib qolavergan. Bu esa tashqi qiyofani biron – bir ko’tarilgan hayvon siymosida o’tmishda aks etgan. Tangrilarni ko’pining ko’rinishi hayvon, Qush baliqlarning yo boshi yo tanasidan bo’lar edi. Mifologik ajdodlarning yuqorida aytib o’tilgan tangriga qarindoshligi saqlanib qolgan2. Fetishizmning sokin va harakteri o’zgardi tangrilarning qudrati butler mehroblar yoki cherkovlar yonida keltirilgan qurbonliklar yirik haykallar shakliga aylanadi.Ilk fetishizmning yuksalishda bu haykal va qurilmalar ibodatxonalarni ramz etadi.
Sig’inish davri ( ko’pincha bahor va kuzda ) iloh hamda ruhlarga atab tantanali diniy marosimlar bilan o’tar edi. Bu diniy marosimlar hamda udumlar faollik timsoli va ramzlari bilan Hoshiyalangan edi. Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, yuqorida aytib o’tilgan timsol va ramzlar erkaklarni urug’lantirish va ayollarni serpushtligiga manosini hamda ijodiy potensiyallarini bog’lashni anglatdi.
Unumdorlik, ko’payish, serpushtlikka sig’inishlar mifologiyalarda o’z aksini topgan. Rivoyatlarda ko’pincha erkak va ayol qiyofasida qudratli ilohlar uchraydi. Ular bir-biri bilan xar xil sarguzashtli, yolg’onli nikoh aloqalariga kirgan. Ayniqsa tangrini ayol bilan bo’lgan aloqasi mifologik syujetda aks etgan. Shu tasavvur etilgan aloqalardan totemizm tasavvurlarining ildizlari kelib chiqadi, unda afsonaviy qaxramonlar dunyoga kelib u yoki bu etnik jamoalarning ajdodlari yoki hukumdorlari bo’lib chiqadi. Neolit davrida yangi mazmunli yana bir eng muhim sig’inishlardan biri marhum ajdodlarga sig’inish yuzaga keldi. Bu sig’inish shu bilan ma’lum ediki bunda o’lganlar dunyoda o’ta tabiiy kuchga ega bo’lib, triklarga ta’sir etishga qodir edi. Neolit davrining boshida bu sig’inish ancha murakkablashdi. Birinchidan, marhumning faqatgina ruhi nargi dunyoga ketmay, balki uning material substansiyasi, ya’ni yerdagi paytida foydalangan buyumlarni ham o’zi bilan olib ketar edi. Bular neolitik dafn marosimlarida aks ettirilgan: Dafn bu o’ziga xos zahiradir, ya’ni dafn ettilayotgan marhum bilan birga uning yoniga kiyimlari, mehnat qurollari, qurol aslahalari, ovqat va ichimliklari bilan birga idishlar, taqinchoqlar va h.k. qo’yilar edi. Bu holatda dafn etishda eng yaxshi kiramikadan bo’lgan hamda murakkab va ritual harakterga ega bo’lgan yozuvli idishlar qo’yilar edi. Ikkinchidan, ijtimoiy holatidan kelib chiqib dafn etilayotgan farqlanadi, ya’ni ibtidoiy neolit dehhqonchiligda ularning roli va uni o’rni marhumlarning tengsizligini ko’rsatadi.
Zarautsoy suratlari Lomayev tomonidan topilgan.Sarmishsoy suratlari Zarautsoy rasimlaridan farqli ravishda urub cho’kichlab ishlangan. 1958 – yil tarix va arxealogiya instituti ilmiy xodimi X.Muhammedov qisman o’rgangan. Sarmishsoy rasmlarining asosiy qismi tog’ darasi toraygan qoyatoshga ancha silliq ishlangan. O’rta Osiyo xalqlarining ko’pchiligi qadimdan mo’jizavi narsalar va jonivorlarga shu jumladan toshga sig’inish odati bo’lgan. Sarmishsoy davri odamlari qadimgi ajdodlar ibodat qilgan, sig’ingan muqaddas dargoh bo’lgan.Ana shu irim sirimlardan biri qoyalarga rasm chizish odati bo’lgan. Ba’zi etnografik ma’lumotlarga qaraganda qoyalarga va xar hil buyumlarga ishlangan rasmlar kishilarga baxt keltiradi, chorva mollari va yovvoyi hayvonlar tuyog’ini ko’paytiradi, ularni xar xil kasalliklardan asraydi deb hisoblaganlar. Sarmishsoydagi turli davrlarga mansub bo’lgan son sanoqsiz rasmlar hilma hil manzaralar xissiy go’zallik uchun yoki bekorchilikdan bezash uchun ishlangan emas. Alohida ishlangan rasmlar ham ayrim voqea hodisalarni ifoda etuvchi manzaralar ham qadimgi davr kishilarining ibtidoiy tushunchalari va diniy e’tiqodlari bilan bog’liq bo’lgan sexrli ma’noni anglatadi. Neolit davri diniy tasavvurlari o’ziga xos ijtimoiy hayot bilan birgalikda kechgan. Ma’lumki neolit davri o’rtoqlashuv jarayonida diniy tasavvurlar dexqonchilik soxasi bilan bog’liqdir.Xetlar oziqalarni o’z navbatida “yemish” deb atalishi va “qurbonlik” tushunchalarini mosligi deyarli bir xildir. Ayniqsa dafn marosimlarida nonni o’rniga termik ishlov berilgan donlar bilan almashtirish e’tiborlidir. Don sochish shuningdek nikoh marosimlari va yangi hayot tug’ilishi bilan ham bog’liq. Barcha tarixiy dinlarga ma’lum jinslar o’rtasidagi aloqalarni tartibga solish va ular buzilgan taqdirda jazolash aynan neolt davriga borib taqaladi. Ammo ajdodlarga bu
kabi e’tibor ular hayotida aks etmay qolmasdi. Ajdodlar qabrlarini qavm yodgorliklarini iloji boricha tiriklarga yaqinlashtirish ular hayotini bir bo’lagiga aylantirish kerak edi. Avlodlar tom ma’noda ota bobolar suyaklari hoki ustida tug’ilishlari kerak edi. Bekorga qabrlarni neolitik uylardagi loy o’tirg’ichlar tirik odamlar o’tirgan va uxlagan uylarni ostidan topishmagan. 1 Yuqori paleolitga xos yerni xomilador ayol timsolida qadrlash neolit davridan saqlanib qolgan va murakkablashgan. Ammo bu ehtiromni tub ma’nosi o’sha –o’sha bu hayot urug’ining asoosi bo’lmish unsurni e’zozlash. Protoneolit va neolet davrida o’simlik u’rug’i don va dukkaklilar insoniyat urug’ini ramziga aylangan. Non ajdodlar va avlodlarni bog’lab turuvchi muqaddas hisoblangan. Ibodatxonalr bizga ma’lumki ilk uylardayoq paydo bo’lgan. Imoratlarda noinsoniy kuchlar borligini belgisi turli tasvir va oddiy predmetlar, hayvonlar haykalchalari ilk bosqichlarda esa ularning boshi va shoxlar hayvon yoki odam ko’rinishidagi idishlar, noodatiy shkaildagi toshlar va boshqa manbalarda namoyon bo’lgan. Erta neolitga xos nasliy ibodatxonaning ustunligi o’ziga xos diniy markaz bilan almashadi. O’troq hayot tarziga o’tish bilan birgalikda odamlarni o’z hayoti haqida tushunchalari o’zgargan. Qavmni muqaddas butunlik deb bilish marhumlarni uylar ostiga ko’mishga ularni chanoqlarini olovxona yainiga qo’yishga undagan. Aynan bu kabi tushuncha uyni muqaddas makonga aylantirgan. Olovxonalarda mexrob atrofida ko’pincha yirik toshlar turgan, lekin ularning ko’pligi va ajdodlar qabrlariga yaqinligi vafot etgan va shu yerda ko’milgan qarindoshlar bilan aloqani ko’rsatadi. Shu yerda duo o’qib ajdodlardan madad so’rashgan. Neolet davri boshlarida marhumni ko’mguncha uni embrion yoki uyqu holatida yotqizishgan. Demak uni uyg’onishiga ishonishgan. Ibtidoiy odamlarda o’limdan keyingi hayot haqida umumiy tushuncha bo’lmagan.
Ibtidoiy odam dafn marosimi uni bajarganlar ongida odam tabiatini ikkilamvhiligi, qabrda chiriydigan tana va o’liklar makoniga ketadigan rux haqida tushuncha bo’lgan.

Erta neoitga xos uylar ostidagi qabrlar mill. Avv. VII – VI ming yillik shaxarlarida ham saqlanib qolgan, lekin bundafaqatgina yosh bolalarning qabrlari uchraydi. Katta yoshlilarni uylarga ko’mmay qo’ygan.


Neandertal va kramonyon kabi neolit odamlari bolalarni o’zga dunyoda ulg’ayadi deb xisoblashgan. Yana bir izohi esa kattalar gunohkor hisoblanishgan. Aynan marhumlar bilan birgalikda uy ro’zg’or anjomlarini birgalikda ko’mish jahon neolit davriga ham oiddir. Bu idishlar marhumni ko’kragi, qo’llari, kamdan – kam hollarda oyog’i va boshi teppasiga qo’yilgan. Marhum qilgan gunohlarini yuvaolmaydi,uning yaqinlari esa yaratuvchi marhamatiga umid qilishlari mumkin. Shuning uv=chun ham shifobaxsh zaytun yog’li idishchalar marhum yoniga qo’yilgan.
Aynan neolit davri diniy e’tiqodlari O’rta Osiyo bilan solishtirilganda Joytun madaniyatining o’ziga xos yangi qirralarini ko’rishimiz mumkin. Bu davrda matrarxar davrining ya’ni ona urug’i davrining ahamiyati ijtimoiylik bilan bog’liq bo’lib ayol xudolar vujudga kelishiga asos bo’lgan. Neolit davri Jaytu madaniyati dehqonchilik munosabatlarida kishilarning diniy ong o’zgarishlari eng yetakchi o’ringa chiqdi. Aynan ona urug’i rahbarligida qon – qarindoshchilikga asoslangan ijtimoiy tuzum ona urug’i atrofida birlashadi va bu birlashuvni ayol ona urug’i butun jamoani o’choq atrofiga birlashtiradi

XULOSA
Har bir xalq o’zining boy o’tmishiga ega bo’lib, O’ziga xos yashash tarsi urf-odati, an’ana va marosimlariga egadir. Xalqlarning bugungi kuni va kelajagi o’tmishdagi ma’naviy va madaniy meros tasirida shakllanadi va rivojlanadi. O’rta osiyo xalqlarining diniy tasavvurlari haqida guvohlik beruvchi birinchi arxeologik manbalarni o’rganishda birinchi navbatda Turonu Zamin xalqlari madaniyatlari, urf-odatlari asosan bir biriga naqadar yaqin va o’xshashligini ko’rish mumkin. Bu o’xshashlikni ko’proq dafn marosimlari misolida ko’rish mumkin. Dafn marosimlarining mukammal bo’lishi asosan, dafn marosimlariga e’tibor qaratilishi xalqda insonning qadri ulug’ligidan xabar beradi. Dissertatsiyada ko’proq e’tibor asosan insoniyat hayot tarzining bir qismiga aylangan diniy tasavvurlarning vujudga kelishi, ularda birinchi navbatda insoniyat ong shuuriga din tushunchasini vujudga keltirgan tabiat va ijtimoiy hayot munosabatlari qay ta’riqa ta’sir ko’rsatganligini ko’rish mumkin. Diniy tasavvurlarning rivojlanish bosqichlarida xuxusan, “Yangi tosh” davridan boshlab, katta qadamlar qo’yildi. Negaki endi bu diniy ong shaklini o’sishi insoniyatning xo’jalik turmush tarziga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Yangi tosh davri diniy munosabatlari O’rta osiyo va jahon Neolit davri manzilgohlari bilan solishtirildi, va o’ziga xos o’xshashlik mavjudligi aniqlandi. Dastlabki metal mis davrida diniy qarashlarda xususan dafn jarayonlarida yangi qirralari ochib beriladi. Bronza davrida esa diniy ong shakllarida tub o’zgarishlar tahlil qilinadi. Negaki, bu o’zgarishlar jamiyatda dinni alohida mavqeyini
belgilab berib, keyinchalik davlatning vujudga kelishida muhim ahamiyat kasb etganligi asoslab berilgan. Masalan. Diniy munosabatlardan guvohlik beruvchi dafn marosimlari orqali ulardagi inventarlarning o’xshashligi, bir xildagi xo’jalik buyumlarining topilishi bunga asosdir.

Download 29.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling