1-mavzu: Ma’naviyat – beqiyos kuch


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 52-modda


Download 1.33 Mb.
bet50/59
Sana28.12.2022
Hajmi1.33 Mb.
#1013453
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59
Bog'liq
1-mavzu Ma’naviyat – beqiyos kuch

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 52-modda
1. Fuqarolik jamiyatining faol a’zosi sifatida biz nimaga daxldor bo‘lishimiz kerak?
2. Bizning mas’uliyatimiz nimalardan iborat?
3. Daxldorlik nima? U qachon vujudga keladi? Burch, majburiyat va daxldorlik bir-biridan nima bilan farq qiladi?
4. Fuqarolik daxldorligi, fuqarolik mas’uliyati iborasi bilan ushbu rasmlar o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
5. 1, 4- va 5-rasmlarda tasvirlangan insonlar o‘rtasida qanday daxldorlik mavjud?
6. 2, 3- va 6-rasmlarda tasvirlangan insonlarning 1-rasmda tasvirlangan insonlar oldidagi burchlari va mas’uliyatlarini e’tiborga olib, ular o‘rtasidagi daxldorlik munosabatlarini izohlang.
7-Moddiy va ma’naviy hayot uyg’unligi .
Reja:

  1. Moddiy hayot nima ?

  2. Ma’naviy hayot nima?

Insonning kundalik hayoti va faoliyatida moddiy va ma’naviy asoslar bir –biriga nisbatan qanday o’rin tutishi ,ularning qaysi biri ustuvorlik kasb etishi haqida turli –tuman , ba;zan esa ziddiyatli fikr va qarashlar mavjud. Antik davr faylasuflari bo’lmish Suqrot , Epikur ,
Aflotun , xitoy donishmandi Konfutsiy va boshqa allomalarning ayrimlari bu boradagi nazariy qarashlarida ruhiy olamni asosiy o’ringa qo’yadi.
Biz har kuni uch yoki to’rt mahal ovqatlanamiz. Fasllarga qarab kiyinamiz. Shuningdek, o’zimizga qiziqarli bo’lgan filmlarni ,ko’rsatuvlarni tomosha qilamiz. Moddiy va ma’naviy hayotning uyg;unligi – inson va jamiyat hayotida moddiy hamda ma’naviy asoslarning bir –biriga mosligi , o’zaro aloqadorligiga bog’liq .
8-Mavzu: FUQAROLIK MA’SULIYATI VA DAXLDORLIK.
Reja:


1.Fuqarolik ma’suliyati.
2Fuqarolik jamiyatining faol a’zosi sifatida biz nimaga daxldor bo‘lishimiz kerak.

Tadbirkor sharbat ishlab chiqaradi. U mas’uliyatni his qilgan holda odamlarning sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan, sara mahsulotlardan foydalanadi. Insonlar sog‘lig‘ini o‘ylab barcha sanitariya gigiyena va boshqa tartib-qoidalarga rioya qiladi. Yaroqlilik muddatini ham qo‘yadi. To‘g‘ri, bu vazifalarini nazorat qilib turadigan davlat tashkilotlari ham bor, ammo tadbirkor o‘zining jamiyat oldidagi mas’uliyatini his qilgan holda o‘z ishiga sidqidildan, vijdonan yondashadi.


Fuqaro mas’uliyati — jamiyatning axloqiy talablarini kundalik faoliyatida qo‘llay bilish, ularga rioya etish yoki etmaslik tushuniladi. Bu tushuncha fuqarolar huquq va majburiyatlarining o‘zaro uyg‘unligini ifodalaydi. Inson o‘z burchini anglagani sari uning zimmasida mas’uliyat hissi ortib boradi. Qachonki inson oilasi oldidagi burchni anglab yetsa, u jamiyat oldida mas’ulligini tushunadi. Qachon inson jamiyat oldidagi burchini anglasa, unda shaxsiy daxldorlik hissi paydo bo‘ladi. Fuqaro daxldorligi — biror-bir faoliyatga, jarayonga aloqadorlik, sheriklikdir. Har bir fuqaro Vatan taqdiriga shaxsiy daxldorlik tuyg‘usi bilan yashasa, uning jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati ham kuchayib boradi. Daxldorlik hissi insonlarni birlashtiradi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, O‘zbekistonda 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Mamlakatimizni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida beshta ustuvor yo‘nalish belgilab berildi. Bular:
— Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
— Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini
yanada isloh qilish;
— Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
— Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan,
o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish kabi masalalarni qamrab olgan.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling