1-Mavzu. Manbashunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja


Amaliy manbashunoslik (yo`nalishi)


Download 28.31 Kb.
bet4/5
Sana14.12.2022
Hajmi28.31 Kb.
#1002471
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

Amaliy manbashunoslik (yo`nalishi) bevosita yozma manbalarni nazariy manbashunoslik tavsiyasiga binoan o`rganish, izlab topish, tavsif etish va o`zi topgan, mavzu uchun yangi va kerakli ma`lumotlarni ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi.
Amaliy manbashunoslikda tadkikotchi o`zi uchun tanlab olgan biror mavzuga oid manbalarni tanlab olgandan keyin ularning xar birini tashki yoki moddiy –texnik belgilari va ichki mazmuniga ko`ra guruxlarga ajratib ilmiy taxlil etishi lozim.


Manbalarni tashki belgilari moddiy-texnik ma`lumotlariga karab taxlil etish
Manbalarni tashki belgilari yoki moddiy-texnik ma`lumotlari deganda ko`lyozma kitob yoxud xujjat bitilgan kogozning o`lchami, kogozi, varaklar soni, mukovasi,matn o`lchami, xati, siyoxi, xattoti, asar nomi, muallifi, kitobat tarixi, joyi kabi ma`lumotlar nazarda tutiladi. Bu ma`lumotlar asar yozilish sabablari, uning yozilgan joyi va o`sha vaktdagi texnik tarakkiyot va ijtimoiy-sisiy muxitni o`rganishda muxim axamiyatga ega. Bu ma`lumotlarni aniklamay turib, asarda bayon etilgan vokealar xakida, umuman asar xakida to`gri va to`la tasavvurga ega bo`lish, uning xususida fikr bildirish mumkin emas.
Ko`lyozma kitoblarning muallifi, asar nomi, yozilgan vakti va joyini aniklash kiyin. Chunki kadimgi ko`lyozmalarda bugungi kundagi kitoblardagi kabi mukovaning o`zidayok asar nomi, muallif nomi, kitob boshlanishi va oxiridagi kabi zaruriy ma`lumotlar keltirilmagan. Ba`zi xollarda asar oxiri-xotimada uning ko`chirilgan vakti va joyi xamda kotibning nomi kayd etiladi, xalos.
Ma`lumotlar keltirilmagan takdirda, asarning matni, yozilish va kitobati tarixi, kogozi, xati xamda tili va til uslubiga karab taxminan aniklanadi. Bunday ma`lumotlarni aniklash tadkikotchidan katta xayotiy tajriba va yuksak malakani talab kiladi va bu ancha kiyin va mas`uliyatli ishdir. Bunday masalalarni mashxur kitob bilimdoni Ibodulla Odilov, Abdukodir Murodov, Abdulla Nosirov kabi yuksak malakali mutaxassislargina bir necha yozma manbalarni solishtirish, kiyoslash asosida xal kilishi mumkin.
Asar muallifi va uning shaxsini aniklash ko`lyozma kitobning ilmiy taxlil etishda katta axamiyatga ega. Bu asarning yaratilish tarixi va uning yozilishiga sabab bo`lgan ijtimoiy-siyosiy muxitni aniklab olish uchun xam zururdir.
Odatda, kadimgi ko`lyozma asarlarda ko`p xollarda muallifning ismi ma`lum va ko`zga tashlanadigan joyda, masalan, asarning boshi yoki oxirida kayd etilmaydi. Ba`zan u mukaddima kismida, yoki asar o`rtasida, vokealar bayoni orasida biron masala yuzasidan tilga olinadi. Ko`p xollarda esa muallif o`zining xakikiy ismini aytmay, “fakiru xakir”, “ojiz va xoksor”, “bu garib banda” deb atash bilangina kifoyalanadi. Bunday xollarda asar varakma-varak, satrma-satr, aloxida e`tibor va sinchkovlik bilan o`rganilishi lozim. Shunday xam bo`ladiki, asarning biron erida muallif o`zi, otasi yoki yakinlari xakida bir-ikki kalima aytib o`tadi. Yoki bayon etilayotgan vlkeaga o`zining munosabatini (masalan, “Abdullaxon taxtga o`tirgan vaktda kamina Xofizi Tanish ibn Mir Muxammad 33 yoshda edim”) bildiradi.

Download 28.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling