1-mavzu. Marketingning ijtimoiy – iqtisodiy asoslari


Download 72.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana09.05.2023
Hajmi72.13 Kb.
#1449578
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 mavzu Marketing

ikkinchidan, boshqarish tizimida marketingdan foydalanish maqsadlari, xususiyatlari, 
miqyosiga qarab, undagi tashkiliy qismlarning ahamiyati va boshqaruv tizimidagi 
ahamiyati o‘zgarib boradi. Bundan tashqari, mutaxassislar marketingni biznes xizmati va 
falsafasi tarzida baholaydilar. Xizmat sifatida marketing ishlab chiqarish, savdo, reklama, 
texnika xizmati ko‘rsatish va boshqa sohadagi tadbirlar majmuidan iborat. Falsafa sifatida 
esa marketing - bu jamiyat ishlab chiqarish munosabatlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy 
konsepsiyadir. 
 
 
1.1-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari 
 
 
 
«Marketing» tushunchasini murakkabligi uni falsafiy, iqtisodiy, boshqaruv va 
yuridik jihatlarini ko‘rish zarurligiga olib keldi.
Marketing falsafiy ma’noda fikrlash tarzini mujassamlashtiradi. 
Umuman olganda marketingga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Marketing - 
ehtiyoj va muhtojlikni ayriboshlash orqali qondirishga qaratilgan inson faoliyatining 
turidir. Marketing vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu ishlab chiqarish 
hajmining ortib borishi, yangi tarmoqlarning vujudga kelishi, tovar turlarining ko‘payishi 
va tadbirkorlar o‘rtasida mahsulotni sotish muammosining vujudga kelishidir. 
2. Marketingni vujudga kelishi va uni rivojlanishini asosiy bosqichlari 
Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadqiq qilish va tahlil etish, 
narxni tuzilishi tamoyili; servis siyosati – (1809-1884) Sayrus Makkormek nomi bilan 
bog‘lanadi. 1902 yildan boshlab AQSHning (Michigan, Kaliforniya, Illinoys) 
universitetlarida marketing muammolari bo‘yicha («Tovarlar marketingi», «Marketing 
uslublari» fanlari va boshqalar) fanlar kiritilib, ma’ruzalar o‘qitila boshladi. 
1926 yilda AQSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi
keyinchalik uning negizida Amerika Marketing jamiyati barpo etildi, bu jamiyat 1973 yilda 
Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinroq bunday uyushma va 
tashkilotlar G‘arbiy Evropa mamlakatlari va YAponiyada ham paydo bo‘ldi. Xalqaro 
marketing tashkilotlari - Evropa marketing va ijtimoiy fikr tadqiqotlari jamiyati, Xalqaro 
Marketing Federatsiyasi, Evropa Akademiyasi va shunga o‘xshashlar yuzaga keldi. 
Bular haqida 1.1-jadvalda to‘liq tanishib chiqish mumkin. 

Download 72.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling