1-mavzu mashinasozlik sanoati va uning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Download 125.04 Kb.
|
Маъруза дарслари
1-MAVZU MASHINASOZLIK SANOATI VA UNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI Reja Umumiy ma`lumot Mashina bu ishlab chiqarish ob`ekti Sanoat va mashinasozlikni tarixiy rivojlanish yuli. Umumiy ma`lumot Loyihalashni keskin rivojlanishi va zamonaviy texnologiyalarni kiritilishi, metall kesuvchi stanoklarni ishlab chiqarish, mexanizatsiyalashtirish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish keng ko’lamda o’sishiga, detallarni normativlashga va kerakli aniqlikda ishlab chiqarishga olib keldi. Bu yo’nalish haqiqatdan ham stanoksozlik rivojlanishini ta`minladi. Ishlab chiqarish sanoatida avtomatlashtirilgan va mukammal agregatli stanoklarga talab oshdi. Stanoklarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirilishi stanoksozlik sanoatidagi muhim yo’nalishlardan bo’lib qoldi, bular vaqtdan tejashga va ish mahsulini oshirishga sabab bo’ldi. Ishlab chiqarish sanoatida stanoklarning yutuqlari shundan iboratki, ularni avtomat chiziqlarga quyib bo’linishidir. Stanoklarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirilishi bilan birga ularning ishlov berish aniqligi ham ortdi. Bu ularni keng ko’lamda ko’plab ishlab chiqarishga sabab buldi. Bundan tashkari texnikani rivojlanishi metall kesuvchi stanoklarni raqamli tizimda boshqarilishi ham paydo bo’ldi. Raqamli tizim amaliy yechim uskunaga asoslangan, u murakkabday, lekin amaliyotda u bir qancha yuksakliklarni o’z ichiga olgan. Bunday stanoklar nomenklaturalari har xil bo’lgan detallarga ishlov berishda, stanokga boshqa buyruq berib uni boshqa xildagi detalga ishlov berishga sozlash juda tez amalga oshiriladi. Bu borada universal stanok “avtomat” xisoblanadi. Shu bilan birga sistemani tekshirish ishlarini ham rivojlantirishda ish olib borishmoqda, qaysiki dastur asosida ishlab kerakli real talablarga javob bersa, masalan: detalni yetarlicha qattiqligini aniqlash. Bunday tizimlar uzini to’g’irlovchi deb nom olgan. Hozirgi kunda ishlab chikariladigan metall kesuvchi stanoklar instrumentlari avtomatik ravishda maxsus dastur asosida almashtiriladi. Bu stanoklar ko’p operatsiyali bo’lib, korpuslarga, teshikli detallarga qolaversa, richak, plita, kronshteyn kabi detallarga ishlov berish uchun qilingan. Stanokning muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki u magazinda joylashgan ishchi instrumentlarni avtomatik ravishda almashtiradi (magazinda 100 dan ziyod instrument ham bo’lishi mumkin). Download 125.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling