1-mavzu mashinasozlik sanoati va uning xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Mashina bu ishlab chiqarish ob`ekti
Download 125.04 Kb.
|
Маъруза дарслари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish tsikli
Mashina bu ishlab chiqarish ob`ekti
“Mashina” termini ostida asosan mexanizm yoki mexanizmlar birligi yotadi va ma`lum bir vazifali harakatlarni amalga oshiruvchi, energiyani qayta ishlab foydali ishga aylantirib beradigan qurilmadir. Vazifasiga ko’ra mashina 2 sinfga ajratiladi: dvigatel mashinalar - bir turdagi energiyani boshqa bir energiyaga almashtirish uchun ishchi mashinalar – ular yordamida shakllarni o’zgartirish, xususiyat va holatlarni o’zgartiriladi. Mashinalar, ularning detallari va uzellari ishlab chiqarish jarayonida mashinasozlik sanoatida tayyor xom ashyo xisoblanadi. Xom ashyoni ishlatilish turiga qarab asosiy va yordamchi guruhlarga ajratiladi. Asosiy xom ashyo keng ko’lamda ishlab chiqarishga, yordamchi kerakli ehtiyojlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. Standart orqali tayyor xom ashyolar o’rnatilgan: detal, yig’ish jinslari (uzellar) yig’ish komplektlari, agregatlar. Detal – bu tayyor bulinmas materialdan tayyorlangan xom ashyo. Detallar xar xil kurinishda bo’lishi mumkin. misol, yuza qismi tsilindrik, konus, tekis yoki shakldor bo’lishi mumkin. Uzel (qism) – bu tayyor maxsulotning bir qismi bo’lib, bu qismlarning yig’ilishi natijasida yaxlit bir moslama xosil qilinishidir. Yig’ma kompleks – bu tayyor maxsulot qismlarining yig’indisi. Ishlab chiqarish jarayoni. Insonlar xarakati ostida kerakli zagotovkalardan va ishlab chiqarish uchun kerakli asbob va stanoklardan foydalanilgan xolda, zagotovkadan predriyatiyadan uzel, detal yoki tayyor maxsulot ishlab chiqarish tushuniladi. Ishlab chiqarish tsikli – bu ishlab chikarilayotgan maxsulotini tayyorlash jarayonida to uni talab qilingan joygacha berish vaqti tushuniladi. Texnologik jarayon – bu kursatilgan texnik talablar asosida xossalari, o’lchamlari, kurinishi va detalning olinish usullari ketma-ketligi tushuniladi. Texnologik jarayonni tatbiq etishda asosan ikki masala echiladi: 1. Ehtiyojga qarab mahsulot tayyorlash talabini qoniqtirish; 2. Kam mehnat sarflab, qisqa vaqt ichida sifatli va arzon mahsulot-buyum tayyorlash. Mashinalarni loyihalash va tayyorlash bitta jarayonning ikkita bosqichidan iboratdir. Bu bosqichlar o’zaro uzluksiz bog’lanishdadir. Loyihalash jarayonini koncnruktsiyaning texnologiyabopligini hisobga olmasdan tasavvur qilib bo’lmaydi. Texnologiyabopgina koncnruktsiya mehnat harajatlarini tejash, aniqlikni oshirish, yuqori unumli jihozlar, moslama va asboblarni qo’llash, energiya’ni va vaqtni tejash imkonini beradi. Konstruktsiya qancha texnologiyabop bo’lsa, uni ishlab chiqarish shuncha takomillashgan va arzon bo’ladi. Mashinani tayyorlash bosqichida asosiy diqqat e’tibor uning sifatiga beriladi va uning eng muhim ko’rsatkichi – aniqlikka. O’tgan yuz yillik ichida detallarni tayyorlash aniqligi deyarli 2000 marta oshdi. Bunaqa ortish hech bir mashinaninig xizmat qilish tavsifida kuzatilgan emas. Ba’zi bir ishlab chiqarishlarda bu, ya’ni detallarni mikrometr va mikrometrning qismi aniqligida tayyorlash norma tusini olgan. “Aniqlik” tushunchasi nafaqat o’lchamga tegishli, balki shaklga, sirtlarning o’zaro joylashishiga, detallarning fizik-mexaniqaviy tavsiflariga va ularni tayyorlash muhitiga ham tegishlidir. Ishlab chiqarish sharoitida berilgan sifatda mashinalarni yaratish, mashinasozlik texnologiyasining ilmiy asoslariga tayanadi. Mashinalarni sifatli tayyorlash jarayoni (tanavorlarni tanlash, ularga ishlov berish va detallarni yig’ish) mashinasozlik texnologiyasining qonuniyatlarini qo’llash bilan amalga oshirilishi kuzatiladi. Mashinasozlik texnologiyasi fanining rivojlanishi bir necha bosqichlardan o’tgan. Bu bosqichlar quyidagilar: birinchi bosqich ishlab chiqarish sanoati tashkil topgandan boshlab, uni oyoqqa turg’azib tubdan yangilangunga qadar bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi (1930 y. gacha). Download 125.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling