1-mavzu. Matematik statistikaning asosiy tushunchalari Reja


Download 36.84 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi36.84 Kb.
#1561832
1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу

Nominal shkala – nomlar bo’yicha tasniflash imkonini beradigan shkala: nomen (lot.) – nom, ism. Nomning o’zi miqdoriy o’lchanmaydi, u faqatgina bir ob’ektni boshqa ob’ektdan, yoki bir sub’ektni boshqa sub’ektdan farqlash imkonini beradi xolos. Boshqacha qilib aytsak, u yoki bu narsani ifodalash uchun foydalaniladigan sonlar, raqamlar nominal shkala orqali o’z ifodasini topgan bo’ladi. Nominal shkala orqali berilgan ma’lumotlar miqdoriy xossalarga ega emas. Nominal shkalalar ma’lumotlari bilan qilishimiz mumkin bo’lgan yagona statistik amal – ular necha marotaba paydo bo’lishini sanab chiqish (28 raqam ostida necha kishi maydonda to’p surayapti). Nominal shkala bu ob’ektlar yoki sub’ektlarni tasniflash yacheykalari bo’yicha taqsimlashdan iborat tasniflash usulidir3.
Nominal shkalaning eng soda ko’rinishi bu ikki yacheykadan iborat dixotomik shkaladir, masalan, «opa-ukalari bor – oiladagi yagona farzand»; «ajnabiy - vatandosh» va h.k.
Dixotomik shkala bo’yicha o’lchanayotgan xossa muqobil yoki alternativ deb ataladi. U faqatgina ikki ko’rsatkichga ega bo’lishi mumkin.
Tartib shkalasi – bu «katta-kichik» tamoyili bo’yicha tasniflovchi shkaladir. Agar nominal shkalada tasniflash yacheykalarini qay tartibda joylashtirishning ahamiyati bo’lmagan bo’lsa, tartib shkalasida ular muayyan bir qonuniy izchillikdan iborat bo’ladi («eng kichik qiymat» yacheykasidan «eng katta qiymat» yacheykasiga qarab yoki buning teskarisi). Ushbu vaziyatda yacheykalarni sinf deyish o’rinli hisoblanadi. Chunki aynan sinflarga nisbatan «past», «o’rta», «yuqori» yoki 1-nchi, 2-nchi, 3-nchi sinf kabi so’zlarni ishlatish mumkin. Boshqacha qilib aytsak, tartibga solinishi mumkin bo’lgan qiymatlar tartib shkalasida o’rin olgan bo’ladi. Kurash musobaqasida g’olib bo’lganga 1-raqami beriladi, ikkinchi o’rin olganga 2 raqami va uchinchi o’ringa erishganga 3 raqami beriladi. Ushbu raqamlarga qarab bizlar 1-nchi o’rin sohibi 2-nchi o’rin sohibidan kuchliroq ekanini bilamiz, biroq qanchalar kuchli ekani xususida biron bir tayinli fikr bildira olmaymiz. 1-nchi va 2-nchi o’rin sohiblarini 10 ball ajratib turgan bir paytda, 2-nchi va 3-nchi o’rin sohiblarini atiga 0,5 ball farqlashi mumkin.
Tartib shkalasida yo’q deganda uch sinf bo’lishi kerak, masalan, «ijobiy reaktsiya – neytral reaktsiya – salbiy reaktsiya» singari.

Download 36.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling